Mavzu: imom al-buxoriy buyuk muhandis alloma
Download 73 Kb.
|
al buxoriy
MAVZU: IMOM AL-BUXORIY – BUYUK MUHANDIS ALLOMA. REJA: Imom al-Buxoriy hayoti va ijodi. 2. Imom al Buxoriy hadis ilmining sultoni. 3. Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui. Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy) (810.21.7, Buxoro — 870.31.8, Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘i) — islom olamining yirik mutafakkiri, buyuk muhaddis. Muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni deb ham yuritiladi. Otasi Ismoil o‘z davrining yetuk muhaddislaridan, Molik ibn Anasning shogirdi va yaqinlaridan biri bo‘lib, tijorat ishlari bilan shug‘ullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, oqila ayol edi. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5—6 yoshidan islomiy ilmlarni, Muhammad (sav)ning hadislarini o‘rganishga va yodlashga kirishadi. Taniqli muhaddislar — al-Doxiliy, Muhammad ibn Salom al-Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf al-Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad al-Masnadiy va boshqalardan saboq olgan. Azaldan muhaddislar safarga chiqishdan oldin o‘z yurtidagi roviylardan birorta ham hadis qoldirmasdan yozib olgan bo‘lishi va shundan keyingina boshqa shahar yoki mamlakatga safarga otlanishi mumkin edi. Buxoriy 16 yoshga yetguncha, o‘z yurtidagi mashoyixlardan hadis eshitib, yozib olib, xalifalikning turli viloyatlari tomon yo‘l oladi. 825 yili Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Makkaga kelib, haj ibodatini ado etadi. Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, o‘zi Makkada qoladi. Bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan mashoyixlarning ilmiy yig‘inida qatnashadi. 827 yili Madinaga boradi. Madinadagi mashhur ulamolardan Ibrohim ibn al-Munzir, Mutrif ibn Abdulloh, Ibrohim ibn Hamza va boshqalar bilan muloqotda bo‘lib, ulardan hadislar bo‘yicha saboq oladi. Bu vaqtda Rasulullohning sahobalari, sahobalarning izdoshlari turli mamlakatga tarqab ketgan edilar. Shunday sharoitda Muhammad(as)ning hadislarini to‘plash turli shahar va mamlakatlarga borishni taqozo qilar edi. Bir necha tarixchilarning ta’kidlashicha, Buxoriy Hijoz, Makka, Madina, Toif, Jiddaga qilgan rihlati 6 yil davom etgan. So‘ng Basra, Kufa va Bag‘dodga safar qiladi. Shom va Misrga o‘tadi. Bundan tashqari Xuroson, Marv, Balx, Hirot, Nishopur, Ray, Jibol kabi shaharlarda bo‘lib, bu shaharlardagi olimlardan saboq oldi va hadislar to‘pladi. Xorijiy yurtlardagi safardan keyin Buxoroga qaytgach, hadis ilmini targ‘ib etishga kirishadi. Ul zotning bu sa’yu ko‘shishlari bu vaqtda Buxoroda hukmdorlik qilgan Holid ibn Ahmad az-Zuhliyga xush kelmaydi. Shu sababli Buxoriy Buxoroni tark etib, Poykendga, keyin esa Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘iga kelib yashashga majbur bo‘ladi va shu yerda vafot etadi. Buxoriy butun faoliyati davomida ilm kishilarini ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan. Tijorat kilganda topgan daromadidan oyiga besh yuz dirhamdan faqiru miskinlarga, ilm toliblariga sarflagan. Shaxsiy hayotida ortiqcha dabdaba va sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘ymagan. Buxoriy umr bo‘yi hadislarni to‘plash va tizimga solish bilan shug‘ullangan, ularni sahih (to‘g‘ri, ishonchli) va g‘ayri sahih (xato, zaif)ga ajratgan. Bu ishni hadis roviylarining maishiy hayotlari, yashash joylari, tug‘ilgan va vafot etgan sanalari, bir-birlari bilan qilgan o‘zaro muloqotlarini o‘rganish bilan bog‘liq holda olib borgan. Buxoriy jami 600 mingga yaqin hadis to‘plagan bo‘lib, shundan 100 ming «sahih» va 200 ming «g‘ayri sahih» hadisni yoddan bilgan. Buxoriy o‘zining noyob qobiliyati, iqtidori, quvvai hofizasining o‘ta kuchliligi bilan ilm ahllarini lol qoldirgan. Hadis ilmiga o‘ta fidoyilik, aql-zakovatini baxshida etish Buxoriyga shon-sharaf keltirdi, uni islom dunyosining eng buyuk allomalaridan biri sifatida tanitdi. Buxoriy 20 dan ortiq kitob tasnif etgan. Ulardan ayrimlari bizgacha yetib kelgan. Buxoriyning «Al-Jomi’ as-sahih» («Ishonchli to‘plam») deb nomlangan 4 jild (juz) dan iborat hadislar to‘plami islom olamidagi boshqa muhaddislar tuzgan hadis to‘plamlari orasida eng ishonarli va mukammalidir. Asar bir qancha xorijiy tillarga tarjima qilingan. Shu jumladan o‘zbek tiliga ham tarjima qilinib, 1991—96 ylarda 4 jildda nashr etildi. Buxoriy yaratgan «Al-Adab al-mufrad» («Adab durdonalari») asari katta tarbiyaviy ahamiyatga molik benazir to‘plamdir. 1322 hadis va xabar jamlangan bu asar Turkiya va Misrda bir necha marta chop etilgan. Uning o‘zbekcha tarjimasi 1990 yili Toshkentda nashr qilingan. Roviylarning kunyalariga bag‘ishlangan «Kitob al-kuna» («Kunyalar haqida kitob») 1940 yili Hindistonda chop etilgan. Buxoriyning «At-Ta’rix al-kabiyr» («Katta tarix») kitobi esa Turkiyada 9 jildda nashr qilingan. Asar qo‘lyozmasining ba’zi qismlari Haydarobod kutubxonasida saqlanadi. Shuningdek «At-ta’rix as-sag‘iyr» («Kichik tarix») ham hadis tarixiga oid qimmatli asar hisoblanadi. Bu asar Hindiston va Qohirada chop etilgan. Buxoriy yaratgan «Kitob al-favoid» («Foydali ashyolar haqida kitob»), «Al-Jomi’ al-kabiyr» («Katta tayanch»), «Xalq af’ol al-ibod», («Alloh bandalari ishlarining tabiati»), «Al-Musnad al-kabiyr» («Katta tayanch»), «At-tafsir al-kabiyr» («Katta tafsir»), «Kitob al-hiba» («Xayr-ehson haqida kitob») va boshqa asarlarning ba’zilari bizgacha yetib kelmagan, ba’zilari jahonning turli mamlakatlari kutubxonalarida saqlanayotganligi haqida ma’lumotlar bor. Buxoriyning boshqa asarlari orasida «Tafsir al-Qur’on» («Qur’on tafsiri») kitobini ham alohida ta’kidlash kerak. Buxoriy asarlari musulmon dunyosining barcha madrasa va dorilfununlarida payg‘ambar (as) sunnatlari bo‘yicha asosiy darslik, qo‘llanma hisoblanadi. Jamoat arboblari, olimu ulamolar va din peshvolari Buxoriy asarlariga tayanib ish tutadilar. Istiqlol sharofati bilan Buxoriyning o‘lmas merosi elyurti bag‘riga qaytdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori (1997 yil 29 aprel) asosida Buxoriyning ilmiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish, xotirasini abadiylashtirish borasida katta ishlar qilindi. 1998 yil 23 oktyabrda Samarqandda yubiley to‘ytantanalari bo‘lib o‘tdi. Alloma abadiy qo‘nim topgan Chelak tumanidagi Xartang qishlog‘ida ulkan yodgorlik majmui ochildi. Buxoriyning boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi bilan Imom al-Buxoriy xalqaro jamg‘armasi tuzildi (1998 yil 4 noyabr; raisi Zohidillo Munavvarov). Jamg‘armaning asosiy vazifasi Qur’oni karim va Buxoriyning «al-Jomi’ as-sahih»i tarjimalarining akademik nashrlarini tayyorlash, buyuk islomshunoslar ilmiy merosini tadqiq etish, diniy-falsafiy mavzularda ilmiy anjumanlar o‘tkazish va shular yordamida yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat. 2000 yildan boshlab mazkur jamg‘arma o‘zining ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-adabiy «Imom al-Buxoriy saboqlari» jurnalini nashr eta boshladi. Jurnal xalqimizni milliy-ma’naviy merosimizdan bahramand etish, milliy, diniy qadriyatlarning sog‘lom idrok etilishiga yordam berishni uz oldiga maksad qilib qo‘ygan. O‘zbekistonda Buxoriyning xotirasi munosib tarzda abadiylashtirilgan. Toshkent Islom institutiga Buxoriy nomi berilgan. Buxoriyning hayoti va ijodiga bag‘ishlab bir necha tillarda kitob-albom, 2 qismli film (1995), «Hadis ilmining sultoni» 4 qismli kinoqissa (1998) yaratilgan. Imom al - Buxoriy nafaqat yirik olim, balki o'zining go'zal xulq-atvori, muruvvatliligi, himmatliligi va beqiyos saxovatliligi bilan boshqalardan tamomila ajralib turgan Imom al - Buxoriy nafaqat yirik olim, balki o'zining go'zal xulq-atvori, muruvvatliligi, himmatliligi va beqiyos saxovatliligi bilan boshqalardan tamomila ajralib turgan. U zehni o'tkirligi va yodlash qobiliyatining kuchliligi bilan ham xalq orasida g'oyat shuhrat qozongan. Manbalarda al - Buxoriyning 600 mingga yaqin hadisni yod bilgani qayd qilingan. Imom al -Buxoriy xorijdan qaytgach, o'z vatani Buxoroda ko'plab shogirdlar va ulamolarga hadis ilmidan saboq berish bilan mashg'ul bo'ladi. Ko'pchilik uni hurmat qilgan, ammo ba'zi hasadgo'y, qora niyatli kishilar al -Buxoriyni ko'rolmas edilar, natijada hasadgo'ylarning hatti -harakati tufayli Buxoro amiri Xolid ibn Ahmad az -Zuhaliy bilan al - Buxoriyning aloqasi buzilib qoladi. Bunga sabab, amir olimdan huzuriga kelib «Al jome' as -sahih», «At -ta'rix» kitoblarini o'qib berishni talab qiladi. Lekin al -Buxoriy «Men ilmni xor qilib, uni hokimlar eshigi oldiga olib bormayman, kimga ilm kerak bo'lsa, o'zi izlasin. Lekin Alloh oxirat kuni ilmni yashirmay uni toliblarga sarf qilgan uchun meni kechiradi», degan javobni aytadi. Amirga javob yoqmay, fitnachi, bo'htonkor shaxslarning gapiga kirib al -Buxoriyga shaharni tark etishni buyuradi. Shundan keyin al -Buxoriy Samarqandga qarab yo'l oladi va birmuncha Xartang qishlog'ida o'z shogirdlari va qarindosh -urug'larinikiida yashagandan keyin og'ir kasalga chalinib, hijriy 256- yil (melodiy 870- yil 1 sentyabr) 60 yoshida vafot etadi va shu yerda dafn qilinadi. Imom al -Buxoriy avlodlarga boy va qimmatli ilmiy meros qoldirgan bo'lib, u yozgan asarlarning soni yigirmadan ortiqdir. Ulardan «Al-jome' as -sahih», «Al -adab al -mufrad», «At -ta'rix as -sag'iy», «At - ta'rix al -avsot», «At -ta'rix al -kabir», «Kitob al -kuna» va boshqalarni ko'rsatish mumkin. Buyuk allomaning eng muhim asari, shubhasiz, «Al - jome' as -sahih»dir. Bu asar «Sahiyh al -Buxoriy» nomi bilan ham mashhur. «Al -adab al -mufrad»da boshqa mualliflarning asarlarida uchramaydigan bir qancha hadis va xabarlar bor. Tanqidchi muhaddislardan ba'zilarining so'ziga qaraganda «Al -adab al - mufrad»dagi hadislarning isnodlari e'timod jihatidan muallifning «Al - jome' as -sahih»laridagi hadislarning isnodiga yaqinroq bo'lib, «Olti kitob»dagi hadislar isnodidan yuqori hisoblanadi. «Al -adab al -mufrad» kitobi 1889-yili Hindistonning Bixar viloyatidagi «Al -xaliliy» matbaasida, ikki marta Konstantinada va 1930- yili Qohiradagi «Al -g'oziya» matbaasida chop etilgan. Bundan tashqari ko'p mamlakatlarda uning qo'lyozma nusxalari ham saqlangan, lekin, afsuski, bu qimmatli asarga sharh, hoshiya yoki taliqalar yozishga deyarli e'tibor berilmagan. Hadislarning mavzu qamrovi nihoyatda keng. Ular Muhammad payg'ambarning hayoti va faoliyati bilan bog'liq hadislar talqini, o'zaro insoniy munosabatlar, do'stlik, ahillik, saxovat, ota -onalarga va qarindosh -urug'larga munosabat, halollik, poklik, adolat, insof, diyonat, hasad, xiyonat, rostgo'ylik, yolg'onchilik, fitna -fasod va boshqa insoniy fazilatlar va nuqsonlar ustida bahs yuritadi. Muhimi, ularda yuksak insoniy fazilatlar ulug'lanadi, kishilarda shunday xislatlarnng bo'lishi ma'qullanadi va targ'ib qilinadi, aksincha, yomon fel -atvor va xususiyatlarning kishilik jamiyati uchun kulfat va azoblar keltirishi qayta -qayta ta'kidlanadi. Ilm - ma'rifat borasida ham ko'plab hadislar mavjud. Masalan, ularning birida «Garchi Xitoyda bo'lsa ham, ilmga intilinglar, chunki ilm olishga harakat qilish har bir mo'minga farzdir», deyiladi. Bunda kishilarni ilm olishga undash, o'z bilimini chuqurlashtiishga da’vat ochiq ko'rinib turibdi. Vatan va vatanparvarlik bilan bog'liq hadislar ham anchagina. Tabiiyki, ular orasida «Vatanni sevmoq iymondandir» hadisi mashhurdir. Hadislar hayot hodisalari haqidagi o'gitnomalardir. Aslida dinning o'zida ham bu xislat mavjud. «Din — nasihatdan iborat» degan hadis bejiz emas. Umuman, kishilarni ahillik, hamjihatlik, ittifoq bilan yashashga undash, buning oqibati xayrli va barakali natijalar bilan yakunlanishini ko'rsatish, aks holda esa parokandalik, fayzsizlik sodir bo'lishi bu o'gitnomalarda ko'rinib turadi. Hadislar insonni samimiyatga, pokdomonlikka, mustahkam iymon va sobit e'tiqod egasi bo'lishga undaydi: «Savobli ish qilganingizda xursand bo'lsangiz, gunoh ish qilganingizda esa xafa bo'lsangiz, demak, siz haqiqiy mo'mindirsiz». Hadislarda ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj bo'lgan kishilarga alohida e'tibor berilgan: «Qalbing muloyim, hojating ravo bo'lishini xohlaysanmi? Xohlasang, yetimlarga mehribon bo'l, ularning boshini sila, o'z taomingni ularga yedir. Shunda diling yumshab, hojating ravo bo'lur». Ammo yetimlar haqqini yeyishdan tiyilmoq shart, hatto u harom qilinadi: «Ikki zaif toifa, ya'ni yetim va ayol haqqini yemoqlikni sizlarga harom qilaman». Odamiylik ham hadislarda tez - tez tilga olingan mavzulardan. Bundagi asosiy e'tibor barcha insonlarni teng tutib, hurmat qilishga, barchaga mehr - muhabbat bilan qarashga tortiladi. Jumladan, «O'zingga yoqqan narsani boshqalarga ham ravo ko`r!» deyilgan. Shuningdek, hadislarda qo'li ochiqlik, saxovat, xayr - ehson, boshqalar dardiga sherik bo'lishning ulug'langan. Download 73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling