Mavzu: imom al-buxoriy buyuk muhandis alloma


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori


Download 73 Kb.
bet3/4
Sana21.11.2023
Hajmi73 Kb.
#1790633
1   2   3   4
Bog'liq
al buxoriy

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori
Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvimi bo'yicha 1225 yilligini nishonlash to'g'risida
29 aprel, 1997 yil, 217, Toshkent shahri
Hadis ilmining ravnag'iga ulkan hissa qo'shgan yirik alloma, buyuk vatandoshimiz Imom al-Buxoriy ilmiy-diniy merosini xalqimiz ma'naviy-ruhiy hayotidagi beqiyos o'rnini va mamlakat keng jamoatchiligining takliflarini hisobga olib hamda ushbu merosni avaylab-asrash, qadrlash va jamiyatning barkamol kishilarini tarbiyalashda undan oqilona foydalanishga shart-sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1998 yilda Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo'yicha 1225 yilligi mamlakatimizda keng nishonlansin. Ushbu sanaga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha respublika tashkiliy qo'mitasi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin. Tashkiliy qo'mita o'n besh kun muddatda tegishli vazirliklar va idoralar, Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklarining takliflari asosida o'z tadbirlarini ishlab chiqsin va ularni bajarishga kirishsin.
2.Samarqand viloyatidagi Imom al-Buxoriy maqbarasi va masjidini ta'mirlash hamda bu yerda qadimiy milliy me'morchilik an'analari bilan uyg'unlashgan zamonaviy inshootlardan iborat betakror muhtasham yodgorlik majmuini barpo etish uchun loyihaviy takliflarni tayyorlovchi komissiya 2-ilovaga muvofiq tashkil etilsin. Komissiya ikki oy muddat ichida YUNESKO ekspertlarini va xalqaro tashkilotlarning, jumladan shahzoda Charlz Uelskiyning Me'morchilik instituti va Oksford islom tadqiqotlari markazi (Buyuk Britaniya) mutaxassislarini jalb qilgan holda tegishli takliflarni tayyorlasin va tasdiqlashga kiritsin.
3. O'zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Fanlar akademiyasi, O'zbekiston musulmonlari idorasi, Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda mamlakat hududida Imom al-Buxoriy nomi va davri bilan bog'liq qadamjolar, obidalar ro'yxatini aniqlansin va ularni ta'mirlash-konservatsiyalash bo'yicha belgilangan tartibda taklif tayyorlansin.
4.Samarqand viloyati hokimligi va O'zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlar vazirligi Imom al-Buxoriy maqbarasi majmuidagi ishlarini 1998 yilning avgust oyigacha tugallashni ta'minlasin. O'zistiqbolstat Davlat qo'mitasi Imom al-Buxoriy maqbarasi majmuidagi yangi inshootlar qurilishini 1998 yilgi investisiya dasturida belgilangan tartibda inobatga olsin.
5. O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, YUNESKO ishlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi, Din ishlari bo'yicha qo'mita, O'zbekiston musulmonlari idorasi va Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda va YUNESKOning xalqaro tadbirlari doirasida 1998 yil sentyabr oyida Samarqand shahrida Imom al-Buxoriy va uning dunyo madaniyatida tutgan o'rni mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'tkazsin.
6. O'zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo'mitasi 1997-1998 yillarda Imom al-Buxoriy asarlari hamda uning hayoti va ijodiga oid nashrlarni o'zbek, arab, rus va ingliz tillarida chop etishni nashriyotlarning rejasiga kiritsin.
7. O'zbekkino davlat aksionerlik kompaniyasi 1998 yilda Imom al-Buxoriy merosining mohiyatini va bugungi kundagi ahamiyatini ochib beruvchi ikki qismli hujjatli ilmiy-ommabop filmni yaratsin va uni xorijiy tillarga dublyaj qilinishini ta'minlasin.
8. O'zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligiga bag'ishlangan pochta markalari, otkritkalar, xatjildlar chiqarsin.
9. O'zbekiston teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari Imom al-Buxoriy hayoti va ilmiy faoliyatini, yubileyga tayyorgarlikning borishini keng yoritsinlar.
10. Ushbu qarorda ko'rsatilgan tadbirlarni va tashkiliy qo'mita tasdiqlaydigan ishlarni amalga oshirish xarajatlari teng ulushlarda respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar hisobidan qoplanishi belgilab qo'yilsin. Bu ishga O'zbekiston musulmonlari idorasi, homiylar, shu jumladan xorijiy homiylarning o'z ulushlarini qo'shish haqidagi taklif-istaklari qo'llab-quvvatlansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o'rinbosari I. Jo'rabekov zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasi Raisi I. Karimov



Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling