Mavzu: Import qilinadigan dorivor maxsulotlarni standart talabi. Reja


Dorivor maxsulotlarni standart holatiga keltirish usullari


Download 27.96 Kb.
bet2/4
Sana28.02.2023
Hajmi27.96 Kb.
#1236676
1   2   3   4
Bog'liq
Import qilinadigan dorivor maxsulotlarni standart talabi

Dorivor maxsulotlarni standart holatiga keltirish usullari

Dorivor mahsulotlar qabul punktlariga tayyorlov idoralari, 
jamoalar va ayrim shaxslar tomonidan turli ko‘rinishda, ya’ni standart talabiga javob bermaydigan holatda kelishi mumkin. SHuning uchun mahsulotlarni idishlarga joylashtirib 
(qadoqlab), omborlarga jo‘natishdan oldin ularni ma’lum talablarga javob beradigan holdakeltirish zarur. Dorivormahsulotlarni standart holiga keltirish uchun quyidagi ish lar bajariladi: 
1. Aralashmalardan tozalash. Tayyorlovchilarning tajribasizligi yoki shoshilib va palapartish ishlashlari sababli qabul punkt lariga topshirilgan dorivor mahsulotlar tarkibida turli aralashma lar bo‘lishi mumkin. Ular organik va mineral aralashmalarga bo‘li nadi.
Organik aralashmalarga dorivor o‘simlikka o‘xshagan yoki uning yonida o‘sadigan boshqa o‘simliklar qismlari, xashak, somon, ko‘mir va boshqalar hamda shu dorivor o‘simlikning mahsulot bo‘lmagan qismi kiradi. Mineral aralashmalar odat da kesak, tosh, tuproq, qum hamadashisha, sopol, chinni bo‘lak chalaridan iborat bo‘ladi. 
Mahsulotni standart holatga keltirish uchun uni aralashmalaridan tozalash kerak. 
Buning uchun u mashinalar yordamida yoki qo‘lda elanib, aralashmalardan tozalanadi va navlapga ajratiladi, ayrim hollarda esa (o‘simlikning er ustki qismidan gul va barglarning aralashmasini ajratib olish uchun) mahsulot avval mashinalarda 
yanchilib, so‘ngra elanadi, poya va shoxlar ajratib tashlanadi.
2. Mahsulotning nuqsonli qismlarini ajratish. Agarda dorivor mahsulot yomg‘ir yog‘ib turgan vaqtda, yomg‘ir yog‘ib o‘tgan, lekin o‘simlik hali havodaqurimagan va,namlik ko‘p vaqtda, 
o‘simlikdan ertalabki shudring hali ko‘tarilmaganda tayyorlansa, 
u quritish paytida sarg‘ayib yoki qorayib qolishi mumkin. 
 Mahsulot to‘g‘ri, havo quruq vaqtda tayyorlansa, lekin noto‘g’ri quritilsa ham ular sarg‘ayib yoki qorayib qolishi mumkin. Bu nuqsonlar tegishli GOST larda ma’lum miqdorda ruhsat etiladi. 
Agar ular ko‘rsatilgan miqdordan ortiq bulsa, bu mahsulot sifatiga ta’sir kiladi. 
SHuning uchun dorivor mahsulot navlarga ajratilib, qoraygan va sarg‘aygan qismlardan tozalanadi.
3. Mahsulotni maydalangan qismdan tozalash. Dorivor mahsulot tarkibida maydalangan qismning miqdori tegishli GOST da chegaralangan bo‘ladi. CHunki mahsulotni tarkibida maydalangan qismi me’yoridan ortiqcha bo‘lsa, uning sifati past 
hisoblanadi. 
Shu sababli dorivor mahsulotni standart talabiga javob beradigan qilish maqsadida uni mayda qismidan tozalanadi. Buning uchun mahsulot tegishli GOST talabiga,binoan kerakli teshikli elaklarda,elanadi. 
4. Mahsulotni qayta quritish. Qabul punktlarida qabul qilib olingan mahsulotlar, ko‘pincha, etarli darajada quritilmagan bo‘ladi. Bundan tashqari, bu mahsulotlar (ayniqsa gigroskopik mahsulotlar) saqlash davrida (tayyorlovchilar zudlik bilan qabul 
punktlariga topshirmaganlarida) va qabul punktlariga olib ketilayotgan vaqtda sharoitga qarab bir oz namlanib qolishi mumkin. Xatto, keyinchalik ham, bu mahsulotlar omborlarda yoki dorixona va laboratoriyalarda saqlanish davrida 
mog‘orlab, sarg‘ayib yoki qorayib o‘z sifatini yo‘qotadi.
5Mahsulotning qimmatini saqlab qolish uchun tegishli GOSTdako‘rsatilgan namlik qolguniga qadar qayta quritila maydalangan (mayda bo‘laklarga qirqilgan yoki kukun,poroshok) holda yuboriladi. Mahsulotlar faqat omborlarda tezda buzilib, o‘z sifatini yo‘qotmasligi uchun butunligicha, maydalanmasdan saqlanadi. 
Mahsulotlarni maydalash (barglarni qirqish, er ustki qismini yanchish, ildiz va ildizpoyalarni kubsimon qilib qirqish, kukunporoshok holiga keltirish) mashinalaryordamida amalga oshiriladi. Har bir mahsulotni qay darajada maydalash kerakligi 
tegishli standartlar (GOST) da ko‘rsatilgan bo‘lib, bu ishlar markazlashtirilgan va moslangan qabul punktlarida,bajariladi. 


Download 27.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling