Mavzu: Import qilinadigan dorivor maxsulotlarni standart talabi. Reja
Yog‘ochdan GOST 5959;80 bo‘yicha yasalgan yashiklar
Download 27.96 Kb.
|
Import qilinadigan dorivor maxsulotlarni standart talabi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kartondan GOST 15629;83 bo‘yicha yasalgan yashiklar
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Yog‘ochdan GOST 5959;80 bo‘yicha yasalgan yashiklar.
Yashiklar ichiga tegishli GOST larda ko‘rsatilgan B.markali qog‘oz (GOST 8273-75) yoki qop tikiladigan qog‘oz (GOST 2228-81) solib, so‘ngra dorivor mahsulot bilan to‘ldiriladi. YOg‘och yashiklarga 30 kg gacha og‘irlikda dorivor mahsulot solinadi.Keyin uning qopqog‘i mixlanadi. Kartondan GOST 15629;83 bo‘yicha yasalgan yashiklar Bu yashiklarni dorivor mahsulotlar bilan to‘ldirishdan avval ularni ichiga tegishli qog‘ozlar solinadi. Oxirida karton yashiklar ustiga maxsus elim qog‘oz lentalar yopishtiriladi yoki ikki yeridan po‘lat sim bilan o‘raladi , (GOST 32822-74)Karton yashiklarga,solingan dorivor maxsulot og‘irligi 25 kg dan oshmasligi lozim. Dorivor mahsulotlarni joylash uchun kerakli bo‘lgan idishlar bu mahsulotlarning turiga va hususiyatiga qarab tegishli GOST ga binoan tanlanadi. Masalan: - o‘simliklarning er ustki qismi, bargi, po‘stlog‘I, ba’zan gullari,ildizi va,ildizpoyalarini odatda oldin preslab, so‘ngra maxsus toylaydigan yashiklarga solinadi. Bu usul qopga yoki yashiklarga solib, joylashtirishga nisbatan arzon tushadi hamda tashish yoki saqlash davrida dorivor mahsulotni issiqdan, namlikdan va quyosh ta’siridan yaxshi himoy qiladi. - quritilgan xo‘l mevalar, shoxkuya hamda ayrim qimmatbaho va og‘ir mahsulotlar ikki qavat qilib tikilgan qoplarda saqlanadi. - toylab bo‘lmaydigan engil dorivor mahsulotlar ikki qavatli katta qoplarga, tez maydalanib ketadigan moychechak, marvaridgul gullari, qarag‘aykurtagi va,boshqalar ichiga zich qilib bir necha qavat qog‘oz solingan yashiklarga joylashtiriladi. Dorivor mahsulotlarni aholiga sotish uchun qadoqlashda qog‘ozdan (kartondan) yasalgan qutichalar, qog‘oz va polietilen xaltachalar va boshqalardan foydalaniladi. Qanday idishlarga va qanchadan dorivor mahsulot qadoqlanishi, xuddi shuningdek xaltachalar,va qutichalar,og‘zi qanday elim bilan elimlanishi,dorixona va omborlarga jo‘natish uchun yashiklarga qancha xaltacha va qutichalar joylashtirilishi kerakligi tegishli me’yoriy-texnik hujjatlarda,ko‘rsatiladi: Dorivor mahsulot idishlarga joylashtirib bo‘lingandan so‘ng, ular joylashtirilgan idish ustiga shu mahsulot to‘g‘risida to‘liq ma’lumot yoziladi (tamg‘alanadi) yoki tegishli yorliq osiladi. Sotish uchun dorixonalarga chiqariladigan dorivor mahsulotlar idishi (karton quticha, polietilen xaltacha,yashik,va boshqalar)ustiga,GOST1776880 ga binoan quyidagilar,yozilgan bo‘lishi kerak: - vazirlik, tayyorlagan korxona va uni tovar belgisi; mahsulotning lotin, rus va o‘zbek tilidagi nomi; namlikni eng ko‘p ruhsat etiladigan holatidagi mahsulot og‘irligi, ishlatish usuli, saqlash sharoiti, hisobga olingan nomeri, seriya nomeri, saqlash muddati va bahosi. XULOSA Mahsulotlarni import qilish O'zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar o'rtasida mahsulotlarni olib kelish to'g'risidagi tuzilgan shartnoma (kontrakt)lar, kelishuvlar va boshqa hujjatlar asosida am alga oshiriladi. Mahsulotni import qilishda korxona va tashkilotlar tomonidan berilgan sifat muvofiqligi sertifikatlarida o'zaro tan olish yoki ushbu mahsulotlarni O'zbekiston Respublikasining miBiy tizimi bo'yicha majburiy sertifikatlashdan o'tkazish to'g'risida ma'lumotlar keltiriladi (kelishib olinadi). Shu sababli O'zbekiston Respublikasining milliy sertifikatlashtirish tizimi talablariga mos keluvchi chet mamlakat sertifikatlashtirish tizimi tomonidan berilgan sertifikatlar yoki boshqa muvofiqlik guvohnomalari respublikamizga keltirilayotgan chet el mahsulotlarining xavfsizligini tasdiqlovchi asos bo'lib xizmat qiladi. Sertifikatlashtirish zarur bo'lgan mahsulotlar ro'yxati Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va boshqa davlat tashkilotlari bilan kelishiladi va O'zdavstandart tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu tasdiqlangan ro'yxat har yili respublika Bojxona qo'mitasiga beriladi. Bu ro'yxatda mahsulotni atrof-muhitga, xaridor salomatligi va hayotiga bezararligi haqidagi talablarga mos kelishi hamda qaysi bir me'yoriy hujjatlar talablari asosida sinalishi zarurligi ko'rsatiladi. Sertifikatlashtirish idoralari tomonidan chet el mahsulotlarining sertifikatlari yoki boshqa guvohnomalari O'zbekistonda tan olinishi uchun chet ellik so'rovnoma egasi O'zdavstandart tegishli idoralariga ariza berishi kerak. Arizaga xalqaro sertifikatlash tizimining mavjud qoidalari yoki sertifikatlashtirish to'g'risidagi kelishuvlari asosida rasmiylashtirilgan sertifikatning yoki boshqa hujjatlar (materiallar)ning notarius orqali tasdiqlangan nusxasi ilova qilinadi. Zaruriy hollarda ariza beruvchi so'rovnoma bilan birga, O'zbekiston Respublikasi 8 - 634 113 sertifikatlashtirish tizimining me'yoriy hujjatlarida aks ettirilgan qo'shimcha talablarga mahsulotning mos keJishi haqidagi sinov bayonnomasini ko' rsatadi. Olingan hujjatlar va materialIar tahlili asosida bir turdagi mahsulotni sertifikatlashtirish idorasi berilgan sertifikatni tan olish yoki olmaslik haqida tegishli qaror qabul qiJadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR I.O'zbekiston Respublikasining standartlashtirish,Davlat tizimi. 2. O'zbekiston Respublikasining sertifIkatJashtirish milliy tizimi. Asosiy atamalar va ta'riflar. O'zRST 5.5-93. 3. Texnik shartlarni ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi. O'zRST 1.2-92. Download 27.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling