Mavzu: Individual ta’lim har bir o’quvchining qobiliyatlari bilan bog’liqlikda olib boriladi Reja
Ichki differentsatsiyaning ijobiy va salbiy jihatlari
Download 22.19 Kb.
|
Individual ta’lim har bir o’quvchining qobiliyatlari bilan bog’liqlikda olib boriladi
4. Ichki differentsatsiyaning ijobiy va salbiy jihatlari.
Ichki differentsatsiyaning ijobiy jihatlari: * Bilim olish uchun motivatsiya darajasi hosil bo'ladi; * Kuchli va bo'sh talabaga yordam berish darajasini aniqlash imkoniyati hosil bo'ladi; * O’quv jarayoniga to’liq yo'naltira ololmagan ta'lim oluvchilar bilan samarali ishlash imkoni paydo bo'ladi; * Kuchli talabaning tezroq va chuqurroq bilim olish ishtiyoqining amalga oshishi; * Men-kontseptsiya darajasining oshishi: kuchlilar o'z qobiliyatlarini namoyon etadilar, bo'sh talabalar o’qishda muvaffaqqiyatga erishishga va o'zidagi kamchiliklarni bartaraf etish imkoniga ega bo'ladilar; * Kuchli guruhlarda bilim olish motivatsiyasi darajasi kuchayadi; * Guruhda bir xil xususiyatga ega bo'lgan talabalarga o’qish osonroq bo'ladi; * O'rtamiyona bo'lgan ta'lim oluvchilarga bilim berish munosabati barataraf etiladi. Ichki differentsatsiyaning salbiy jihatlari: * Ta'lim oluvchilarni rivojlanish darajasi bo'yicha tabaqalash insoniylikka to’g’ri kelmaydi; * Ijtimoiy-iqtisodiy notenglik yaqqol sezilib qolinadi; * Bo'sh talabalar kuchli ta'lim oluvchilarga ergashish imkonidan mahrum bo'ladilar; * O'rtamiyona talabalar guruhiga o'tkazilishi ta'lim oluvchilar tomonidan ularning himmatiga og’ir botadi; * Diagnostikaning to’liq takomillashmagani natijasida ayrim hollarda o'rtamiyona talabalar qatoriga kuchli talabalar tushib qoladi; * Men-kontseptsiya darajasi pasayadi, ayrim guruhlarda –«men yulduzman» yoki hudbinlik kasalligiga duchor bo'lishi, boshqa guruhlarda esa – o'z-o'ziga baho berish darajasi pasayishi kuzatiladi; * Bo'sh talabalar yig’ilgan guruhlarda o’qishga bo'lgan qiziqishi va motivatsiyasi susayishi; * Talabalarning har xil guruhlarga tarqalib ketishi auditoriyadagi birdamlikni yo'qolishiga sabab bo'ladi. O’qituvchi quyidagi qiyinchiliklarga duch keladi: * Har bir ta'lim oluvchining intellektual va psixologik xususiyatlarini o'rganish; * Ta'lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holga vazifalar tuzishi, bu vazifalarning qiziharli bo'lishi va qaytarilmasligi; * O’quv materialni chuqur tahlil qilishi, kuchli va bo'sh talabalarga mos ravishda o’quv materialining tanlab olinishi; * Tabaqalashgan guruhlarni har yo'nalishda «dasturlash» (har bir talaba idealida); * Ko'z nigohida hamma talabalarni ushlab turishi; * Operativ samarali qayta aloqani amalga oshirish mahorati; * Talabalarni har xil vaziyatda o'zining fikr-mulohazalarini erkin bayon etish qobiliyatini rivojlantirish. Dasturlashgan differentsial nima? Dastur asosida ta'lim berishdan maqsad ta'lim jarayonining asosiy qonuniyatlariga tayanib ta'lim berish va bu ishni boshqarish uchun eng qulay shart – sharoit yaratishdir. Ta'lim jarayoni individuallashtiriladi. Har bir talaba o'z individual imkoniyatlariga yarasha mustaqil ish olib boradi. Ta'lim mazmuni, bilim berish va uni uqib olish, malaka hamda ko'nikmalar hosil qilish jarayonlari dasturlashtiriladi. Ta'limni dasturlashtirishda avvalo talabalar mazkur mavzuni o'rganish natijasida qanday bilim, malaka va ko'nikmalar hosil qilishlari kerakligini, mazkur mavzu materiallarini o’qib olish uchun talabalar ilgari olgan bilimlari hamda hosil qilgan malaka va ko'nikmalaridan qaysi biri bevosita mazkur fanni va aralash boshqa fanlarni o'rganish uchun zarur bo'lishini aniq belgilab olish nazarda tutiladi. Mana shundan kelib chiqib, mavzu mazmuni qismlarga taqsimlanadi, bu qismlardan har biri uqib olish va nazorat qilishni taqozo etadigan yangi materialning tugallangan bir bo'lagi hisoblanadi. Bilim hosil qilish va malakalar tarkib toptirish jarayonini dasturlashtirishda o’quv materialini o’qib olish uchun talabaning qanday aqliy va jismoniy ishlar qilishi lozimligini belgilab olish nazarda tutiladi. Buni ishlab chiharish ta'limiga tadbiq etish – mehnat usullari, operatsiya va jarayonlar, mashqlarni bajarish metodikasi talablariga rioya qilinganholga tanlangan va bajariladigan jarayonlar, shuningdek, o'z oldiga qo’yilgan savollarga javob topish, javoblarni ta'riflab berish uchun talaba bajaradigan taqqoslash, analiz, turli hisoblash – o'lchash singari bilim olish bilan bog’liq bo'lgan harakatlar Yuqorida aytib o'tilgan aqliy va jismoniy harakatlar jumlasiga kiradi. Qo’yilgan masalalar o'rganilayotgan mehnat usullari, operatsiyalar va jarayonlarning taxminiy negizini talabalar tomonidan faol ravishda va to'la o’qib olinishini ta'minlash kerak. Har bir elementning o'qib olinishi ustidan nazorat o'rnatish va bundan avvalgi elementni muvaffaqiyat bilan bilib olgandan keyingina navbatdagi element ustida ishlashga kirishish – dastur asosida ta'lim berishning eng zarur tarkibiy qismidir. Download 22.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling