Mavzu; Inflyatsion targetlash rejimi va uning amalga oshirilishi


Download 114.71 Kb.
bet1/6
Sana27.10.2023
Hajmi114.71 Kb.
#1727512
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Inflyatsion targetlash rejimi


Mavzu; Inflyatsion targetlash rejimi va uning amalga oshirilishi
Kirish
Reja:

  1. Inflyatsion targetlash rejimi paydo bo’lish sabablari.

  2. Inflyatsiyaga qarshi kurashish Inflyatsiyaning iqtisodiyuotdagi tasiri

Xulosa

KIRISH

Inflyatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda sotsial va iqtisodiy jihatdan qarama qarshiliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun davlat inflyatsiyaning oldini olish, chora tadbirlari ishlab chiqiladi.


Tarix haqiqatda ham bu so’zning har tomonlama havfli ekanligini ko’rsatadi. Chunki inflyatsiya qandaydir aloxida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar narxining o’sishidagina iborat bo’lmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflyatsiya so’zining iqtisodiy ma’nosi muomalada mavjud bo’lgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan ko’p pul chiqarish degan ma’noni anglatadi.
Oxirigi yillarda inflyatsiya tez-tez turadigan jarayon bo’lib sifati ham uzgarib bormoqda. Buning sababi shundaki hozirgi kundagi inflyatsiya : birinchidan uzluksiz baholarning oshishiga, ikkinchidan pul muomalasining qonunning buzilishi natijasida umumxo’jalik mexanizmining ishdan chiqishiga olib keladi.
Inflyatsiyaning asosiy sababi bu xalq xo’jaligining turli sohalari ustida vujudga kelgan nomutanosiblikdir. Bu avvalam bor jamg’arma va iste’mol o’rtasidagi ta’lab va taklif, davlatning daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi muomaladagi pul massasi va xo’jaliklarning naqd pulga bo’lgan talabi o’rtasidagi nomutanosibliklardan iborat. Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi omillarga qarab uning sabablarini ichki va tashqi sabablarga bo’lish mumkin. Inflyatsiyaning ichki omillari monetary pul siyosati bilan va xo’jalik faoliyati bilan bog’liq turlariga bo’linadi. Inflyatsiyaning tashqi omillariga jahon iqtisodiyotida bo’lgan krizislar , (xomashyo yo’qligi valyuta bo’yicha ) davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan tashqi iqtisodiy faoliyati oltin va valyuta zaxiralari bilan bo’ladigan noqonuniy operatsiylar va boshqalar bo’lishi mumkin.
Inflyatsiya pul muomalasi sohasida AQSH ning shimoliy va janubiy shtatlari o’rtasida fuqarolar urushi bo’lganda muomalaga juda ko’p miqdorda (450 mln. Grin bek) qog’oz dollar chiqarilgan vaqtdan boshlab qollanila boshlagan. Ularning sotib olish qobiliyati ikki yildan keyin 50% gacha tushib ketgan. Agar tarixga etibor beradigan bo’lsak urush va boshqa ofatlar sabablidavlat harajatlarining oshib ketishi inflyatsiya bilan uzviy bog’liq. Masalan Angliyada kuchli inflyatsiya XIX asrning boshida napoleon bilan urush davrida, Fransiyada – fransuz revolutsiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning o’rtalarida namoyon bo’lgan. Germaniyada juda yuqori sur’atdagi inflyatsiya 1923 – yillarda bo’lib muomaladagi pul 496 kvintillion markagacha yetgan va pul birligi trillion marta qadrsizlangan. Bu tarixiy misollar ko’rsadiki inflyatsiya hozirgi davr jarayoni bo’lmasdan tarixan mavjud bo’lgan.
Inflyatsiya tushunchai muomalada pul xaqiqiy pullardan, yani oltin va kumush tangalardan foydalanilgan davrda ahamiyat kasb etmagan. Inflyatsiya tushunchasi faqat kredit pullarga tegishlidir.
Davlat o’z xarajatlarini o’z daromadi hisobidan qoplay olmay qolgan holatda muomalaga qo’shimcha pul chiqarish orqali qoplaydi. Natijada muomalada tovar va hizmatlar bilan ta’minlanmagan pul paydo bo’ladi bu esa o’z navbatida pulning qadrsizlanishiga olib keladi.
Ishlab chiqarishning qisqarishi. Ishlab chiqarish pasayganda muomaladagi pul kamayadi, tovarlar miqdori ham kamayadi, natijada narx oshadi pulni qadri pasayadi.
Mamlakatga chetdan keltirilgan (import) tovarlar narxinig ko’tarilishi. Bu o’z navbatida mamlakatda ishlab chiqarilgan o’xshash va o’rinbosar tovarlar narxini oshiradi.
Kreditning haddan tashqari rivojlanib ketishi. Moddiy nematlar yaratish bilan bog’liq bo’lmagan sohalarga berilgan kreditlarning tez ur’atlar bilan o’sishi muomaladagi pul massasining ko’payishiga olib keladi.
Pulga nisbatan xalq ishonchining uo’qolishi bozorda talabga javob bermaydigan tovarlarning ko’payib ketishi, mamlakat to’lov balansi va boshqalar.
Suzib yuruvchi inflyatsiya. Bu yillik inflyatsiya suratlari 10% dan 100% gacha bo’ladi. Mamlakatda narx navo tezroq o’sa boshlaydi iqtisodiy o’sish suratlari pasayadi ishsizlik ko’paya boshlaydi. Bunday inflyatsiya rivojlangan mamlakatlaga xosdir. Masalan Rossiya inflyatsiya – 18% ni O’zbekistonda esa – 24% ni tashkil etgan. O’zbekistonda 2002 – yilda inflyatsiya darajasi ancha pasaydi, o’rtacha oylik miqdori1.6% dan iborat bo’ldi.



Giperinflyatsiya. Bu haddan tashqari kuchaygan inflyatsiya bo’lib uning yillik o’sish suratlari 100% dan ko’p bo’lib, ayrim hollarda 1000% dan ham ortadi. Narx navo shiddat bilan o’sadi, pul qadri g’yat tez pasayadi, pul topishga intilish eng past darajaga keladi. Giperinflyatsiya sharoitida korxonalar va axoli nima qilib bo’lsa xam, chet el valyutasini yig’ishga xarakat qiladi. Narx navoni umuman tartibga solib bo’lmay qoladi, narxlar oyiga 50% dan o’sadi. Tovarlarni soyib olishda barter usulida foydalanish vujudga keladi. Pul muomalasi izdan chiqib ketadi.





  1. Download 114.71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling