Mavzu; Inflyatsion targetlash rejimi va uning amalga oshirilishi
Inflyatsiyaning iqtisodiyuotdagi tasiri
Download 114.71 Kb.
|
Inflyatsion targetlash rejimi
Inflyatsiyaning iqtisodiyuotdagi tasiri
Markaziy bank hisob kitoblariga ko’ra inflyatsiyaning eng yuqori darajasi joriy yilning ikkinchi choragida kuzatilishi mumkin. Ayni vaqtda 2020 yilning ikkinchi yarmida ta’riflar o’sishining inflyatsiyaga ta’siri pasayib boradi va yil oxirida inflyatsiya darajasi prognoz koridorinig yuqori chegarasiga yaqinlashadi. O’tgan yillardagi inflyatsiya xususiyatining taxlili shuni ko’rsatadiki, davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlar va xizmatlar narxlarining muntazam tizimli ravishda oshirilib kelinishi inflyatsiyaning asosiy omillaridan bo’lgan. Bu o’z navbatida, qo’shimcha inflatsion bosimni yaratishda davom etadi va 2023 yilga kelib inflyatsiya bo’yicha maqsadli ko’rsatgichga targetga erishishni qiyinlashtiradi. Inflyatsiya va inflyatsion qutilmalar. 2020 yilning fevral oyida yillik inflyatsiya yanvar oyiga (14,3 foiz) nisbatan 0,8 foiz bandga va 2019 yilning dekabr 15,2 foiz oyiga nisbatan 1.7 foiz bandga pasayib 13,5 foizni tash qildi. Inflyatsiya darajasini pasaytirishga, birinchi navbatda fundamental omillar jumladan, iqtisodiyotni kreditlash xajmi va byudjet xarajatlarining o’sish sur’atlarining sekinlashuvi, shuningdek, 2019 yilda yuzaga kelgan bir martalik omillar (o’tgan yil yanvar oyida QQSga tortiladigan bazaning kengayishini, avgust oyida milliy valyuta kursining devalvatsiya xamda energiya resurslari narxining oshishi, oktyabr oyida un va non narxining erkinlashtirilishi) ta’sirining qisqarishi sabab bo’ldi. Mavsumiy tebranishlarning ta’sirining kamayishi joriy yilning yanvar fevral-oylarida oziq ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorlashishiga xizmat qildi va ushbu guruh narxlarining o’sishi 2,4 foizni tashkil qildi (2019 yilning yanvar fevral oylarida 4,9 foiz).
Unga muvofiq, markaziy bank operatsion mexanizmni rivojlantirish soxasida: Asosiy foiz stavkasi va foiz koridori, pul kredit siyosati operatsion mexanizmlarning samarali ishlashini ta’minlovchi bozor instrumentlari to’plami, shu jumladan, kredit va deposit auksionlarni, overnayt deposit va kreditlar joriy etiladi hamda zarur hallarda markaziy bank obligatsiyalari muomalaga chiqariladi; Ichki valyuta bozorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish ko’zda tutilgan bo’lib, bunda tijorat banklarining valyuta kursi shakllanishida market va meyker sifatidagi ro’lini bosqichma bosqich oshirib borish, valyuta intervensiyalarini o’tkazishga bo’lgan yondashuvni takomillashtirish , shuningdek xosilaviy instrumentlarni (svop, opsion va fyucherslar) joriy etish masalalari inobatga olingan; Imtiyozli kreditlash amaliyotini bozor tamoyillari asosida qayta ko’rib chiqish orqli kredit bozoridagi segmentatsiya darajasi pasayib boradi; Taxliliy prognozlash salohiyatini oshirish soxasida: Makroiqtisodiy taxlil va prognozlashtirish yizimi (FPAS) va zamonaviy modellashtirish instrumentlari joriy etiladi; Axoli va tadbirkorlik subyektlarining inflatsion qutilmalari va inflyatsiya omillarini empitik modellar asosida doimiy o’rganib boorish uslublarini ishlab chiqadi.
Download 114.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling