Reja: - Mamlakatda iqtisodiy noosoyishtalik tushunchasi, unga ta’sir etuvchi omillar.
2. Inflyatsiya, uni keltirib chiqaruvchi sabablar. 3. Inflyatsiya turlari. Inflyatsiya - bu pulning keragidan ortiq muomilaga chiqarilishi natijasida narxlarning to’xtovsiz o’sishi va pul qadrining pasayib borishidir - Inflyatsiya lotincha “inflatio” so’zidan olingan bo’lib”shish”, “bo’rtish”, “ko’pchish” ma’nolarini anglatadi.Bu so’z XIX asrning o’rtalaridan boshlab iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy termin sifatida ishlatilgunga qadar u tibbiyotda xavfli o’sma kasalini ifodalashda ishlatilgan.
Inflyatsiyani quyidagi sabab lar keltirib chiqarishi mumkin: - davlat o’z xarajatlarini o’z daromadlari xisobidan qoplay olmay qolgan xolatda muomilaga qo’shimcha pul chiqarish orqali qoplaydi natijada tovar va xizmatlar bilan ta’minlanmagan pul paydo bo’ladi; - ishlab chiqarishning qisqarishi bunda muomiladagi mavjud pul miqdori kamaymaydi ammo unga nisbatan tovarlar miqdori kamayadi narx oshadi pul qadri pasayadi; - mamlakatda import qilingan tovarla narxining ko’tarilishi natijada mamlakat ichida o’rinbosar tovarlar narxi ko’tarilib ketadi; - pulga nisbatan xalq ishonchining yo’qoloshi bozorda talabga javob bermaydigan tovarlarning ko’payib ketishi. Inflyatsiya sodir bo’lgan sharoitda : - Muomilada keragidan ortiqcha pul paydo bo’ladi
- Tovarlar bahosi va xizmatlar xaqi to’xtovsiz o’sib boradi
- Pulning qadr qimmati va xarid qobiliyati pasayadi
- Ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarishni kengaytirishdan manfaat ko’rmay qo’yadilar chunki sarflagan pullari qaytib kelgunga qadar o’z qadrini yo’qotadi va xok.
Inflyatsiya kelib chiqish sabalariga ko’ra - Bu holat aholiningqo’lidagi pulning ko’pligidan kelib chiqadi. Ishlab chiqarish sohasi aholinig talabini to’la qondira olmaydi, natijada tovarlar bahosi oshadi. Kam miqdordagi tovarlarga ko’p pul massasi to’g’ri keladi. Boshqacha aytganda bir qop tovarga ikki qop pul kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |