Mavzu: Informatika darslarida bilimni tekshirish usullari


Download 8.91 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi8.91 Kb.
#1533950
Bog'liq
Informatika darslarida bilimni tekshirish usullari


Mavzu: Informatika darslarida bilimni tekshirish usullari
pTa’lim to‘g‘risidagi qonunning 5-moddasi “Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi” deb nomlanib, “Kim pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin?” degan savolga javob beradi.
Pedagog xodimlarni oliy o‘quv yurtlariga ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlagan Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi. Ta’lim beruvchi o‘qituvchi bevosita pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanadi.
Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan, bolalarga ta’lim-tarbiya berish uchun maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir. Pedagogik faoliyat o‘z mohiyatiga ko‘ra ijodiy xarakterga ega. Ma’lumki, inson oldida biror muammo turgandagina ijodkorlikka ehtiyoj tug‘iladi. Pedagogik faoliyat kishi shaxsini uning dunyoqarashini, e’tiqodini, ongi, xulq-atvorini shakllantirishdek umumiy maqsadga bo‘ysungan son-sanoqsiz pedagogik masalalarni yechish jarayonidir. Bunday jarayonni ijodkorliksiz, pedagogik mahoratsiz amalga oshirib bo‘lmaydi.
Pedagogik mahorat – bu o‘quv jarayonining barcha shakllarini eng maqbul va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo‘naltirish, o‘quvchilarda dunyoqarashni shakllantirish, qobiliyatni rivojlantirish, ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan faoliyatga moyillik uyg‘otish jarayonidir. Shuningdek, pedagogik mahorat shaxsning kompleks xususiyati bo‘lib, u o‘zida insonparvarlik va pedagogik qobiliyatlarni mujassamlashtirgan holda kasbiy pedagogik faoliyatni tashkil qilish, pedagogik texnika va mutaxasislikni o‘qitish usullarini mukammal egallashni talab etadi.
Zamonaviy pedagogi va axborot texnologiyalari(AT)ning ta’lim jarayoniga shiddat bilan kirib kelayotganligini hisobga olsak, pedagogning zamonaviy bo‘lmoqlik sharti bu bevosita pedagogik faoliyat jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishini hisobga olishimiz mumkin.
Birinchi Prezidentimizning “Ta’lim tizimini isloh qilish vazifalari muvaffaqiyatli hal etilsa, ijtimoiy siyosiy iqlim keskin o‘zgaradi, odamlar ongida demokratik qadriyatlar qaror topadi. Inson jamiyatdagi o‘rnini ongli ravishda o‘zi belgilaydi” degan fikrlari buning yaqqol namunasidir. Shunday ekan, ta’lim muassasalarida innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) integratsiyasi muhitini joriy etish va uning asosida ta’lim-tarbiya tizimida samarali natijalarni qo‘lga kiritishimiz lozim bo‘ladi.
Pedagogik faoliyat turlari. Pedagogik faoliyat – bu pedagogning maxsus kasbiy tayyorgarligi va shaxsiy xulq-atvori qoidalariga amal qilgan holda ta’lim oluvchilarni har tomonlama rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiya berish jarayonidir.
Pedagogik faoliyat o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro birgalikdagi faoliyati bo‘lib, ushbu faoliyat natijasida o‘qituvchi o‘quvchiga hissiy, axloqiy, intellektual va kasbiy jihatdan ta’sir etadi. O‘qituvchining pedagogik faoliyati o‘quvchining uch tomonlama rivojlanishiga olib kelishi lozim. Ular:

  • nazariy jihatdan fanning asosiy tushuncha, qoida, qonunlarni o‘rganishi va xulosalar chiqara olishi;

  • amaliy jihatdan o‘rganilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash qobiliyati va ko‘nikmalarini, shuningdek, ijodiy faoliyat usullarini shakllantirish;

  • mafkuraviy, axloqiy, estetik g‘oyalarni tushunishi, dunyoqarashning shakllanishi va h.k.

Innovatsiya (inglizcha innovation-in-kiritish, novation-yangilik, yangilik kiritish)-maqsadga qaratilgan o‘zgarishlar bo‘lib, alohida olingan bir tizimni sifat jihati bo‘yicha bir holatdan boshqa yangi holatga o‘tkazish, uni tubdan takomillashtirish, degan ma’noni anglatadi.
Download 8.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling