Mavzu: Informatika fanlarini o‘qitishda rivojlantiruvchi ta’lim


Download 49.83 Kb.
bet2/4
Sana20.09.2023
Hajmi49.83 Kb.
#1682382
1   2   3   4
Bog'liq
2-ma\'ruza. Rivojlantiruvchi ta\'lim

Tizim xususiyati

An’anaviy ta’lim

Rivojlantiruvchi ta’lim

Ta’limning maqsadi

Bilim, ko‘nikma va malakalarni berish

Qobiliyatlarni rivojlantirish. Mavjud sharoitda mavzuni o‘rganish orqali o‘zini-o‘zi o‘zgartira oladigan qobiliyatlarni shakllantirish.

Ta’limni mazmuni

O‘qituvchi rejalashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalar

O‘quvchilarni izlanishi va amaliy ko‘nikmalarini mazmunli bo‘lishini ta’minlaydigan ilmiy tushunchalar tizimi

O‘qitish metodlari

Tushuntirish-namoyish etish metodi. Katta hajmdagi o‘quv axborotlarini aytib berish

O‘quv materiallarini o‘rganish uchun guruhlarga taqsimlash, topshiriqlar berish, topshiriqni bajarish jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi dialog

Integrallashgan nom

Xotira maktabi

Fikrlash maktabi, ochiq pedagogika

Pedagog shiori

Men kabi bajar

Qanday bajarishni o‘yla va bajar!

O‘qituvchi aqidasi

Men sizdan yuqoridamen

Men siz bilan birgamen

O‘qituvchi roli

Axborot tashuvchi, bilimlarni, urf-odatlar targ‘ibotchisi

O‘quv jarayonining boshqaruvchisi, maslahatchi, o‘quv jarayonini hamkorlikda tashkil etuvchisi

Pedagog vazifasi

Bilimlarni yetkazish

Shaxsni “o‘stirish”, rivojlantirish

O‘qitish usuli

Avtoritar

Demokratik

O‘qituvchi va o‘quvchining hamkorlik usuli

O‘qituvchi tomonidan monolog

Dialog-ikki tomonlama



O‘qitish metodini ustunligi

Axborotli

Muammoli-qidiruv

O‘quvchilar faoliyatini ustunligi

Eshitish, suhbatga qatnashish, yodlash, algoritm bo‘yicha ishlash

Mustaqil izlanuvchi, , ma’lumot beruvchi, turli ko‘rinishdagi ijodiy faoliyat

O‘quvchi vaziyati

Qiziqishi kam nisbatan passiv

Faol, tashabbuskor, qiziqishi yuqori

O‘qishga nisbatan motiv

Vaqti-vaqti bilan vujudga keltiriladi

Maqsadli, doimo vujudga keltiriladi

Darsning psixologik
faollik holati

Ba’zida, “o‘z-o‘zidan” faollik

Maqsadli, doimo faollik shakllantiriladi

Shunday qilib rivojlantiruvchi ta’lim o‘quvchilarni umumiy va maxsus rivojlanishga olib keladigan shunday ta’limki, unda maxsus pedagogik vositalar yordamida o‘quvchilarning fikrlash qobiliyati va bilish ehtiyojini shakllantirishga yo‘naltirilib boriladi.


7.2. Informatika fanlarini o‘qitishda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyalari. Pedagogikada tanqidiy tafakkur ni rivojlantirish texnologiyasi XX asrning 90-yillarida amerikalik psixologlar D.Stil, K.Meredit va CH Templlar tomonidan taklif etilib, “tanqidiy tafakkur” atamasi axborotlar bilan samarali ishlashga imkon beradigan shaxsning aqliy xususiyati va kommunikativ fazilatlar tizimi tushuniladi .
Tanqidiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyalarining maqsadi o‘quvchilarda o‘quv jarayonida va kundalik turmushda ham zarur aqliy qobiliyatlarni rivojlantirishdir. Shuningdek shaxsiy qarorlarni qabul qilish uchun axborotlarni yig‘ish, ular ustida ishlash, axborot va hodisalarni turli tomondan (yaxshi-yomon, foydali-zarari, ijobiy-salbiy, to‘g‘ri-noto‘g‘ri va h.k.) tahlil qilishdir. Tanqidiy tafakkurning rivojlanishi natijasida o‘quvchilar kundalik turmushda ro‘y beradigan voqea-hodisalarni ham har tomonlama ijobiy va salbiy, foydali va zararli tomondan tahlil qila oladilar.
Amerikalik olim J.Dyuining fikricha: «O‘quvchilar muayyan muammoni yechish bilan shug‘ullana boshlasalargina, ularda tanqidiy fikrlash paydo bo‘ladi. Shu sababli, o‘quv jarayonining boshlang‘ich nuqtasida mavzuga mos qandaydir muammoni vujudga keltirish, muammoli topshiriq yoki savollar berish kerak bo‘lib, o‘quvchining faqatgina muayyan muammo bilan kurashib, murakkab vaziyatdan chiqish uchun o‘zining shaxsiy yo‘lini izlagandagina, o‘quvchi haqiqatan ham fikrlaydi». Masalan, o‘qituvchi chiziqli dasturga doir bitta masala dasturini tuzish yo‘liga ko‘rsatma bersa, o‘quvchi shu dasturni tuzib shunga o‘xshash masalalarni o‘zi izlab topishi, uning dasturini tuzib, yechimni olishi va yechimni masaladagi o‘zgaruvchi o‘rniga qo‘yib to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida o‘z qarorlarini chiqarishini misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin.
Misol. Jamiyatni kompyuterlashtirishning ijobiy va salbiy tomonlarini quyidagi jadvalga to‘ldiring!


Download 49.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling