Mavzu: Informatika fanlarini o‘qitishda rivojlantiruvchi ta’lim
Jamiyatni kompyuterlashtirish
Download 49.83 Kb.
|
2-ma\'ruza. Rivojlantiruvchi ta\'lim
Tanqidiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyalari asosidagi dars an’anaviy darsdan farq qiladi. Darsda o‘quvchilar passiv bo‘lmaydilar, balki, asosiy faoliyat yurituvchilar bo‘lib, o‘qiydilar, o‘ylaydilar, izlanadilar, kerak bo‘lganda yozadilar, o‘qiganlarini bir-birlari bilan muhokama, tahlil, munozara, himoya qiladilar. Bunda o‘qituvchining roli boshqaruvchi va muvofiqlashtiruvchilikdan iborat bo‘ladi. Informatikani o‘qitishda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish o‘quvchilarda quyidagi natijalarni beradi: axborotlarni qabul qilish va idrok etish(to‘g‘ri, noto‘g‘ri, yaxshi, yomon va h.k.)ni takomillashtiradi; o‘rganilayotgan o‘quv materiali va o‘quv jarayoniga qiziqishni oshiradi; tanqidiy fikrlash jarayonini rivojlantiradi; tengdoshlari bilan hamkorlikda ishlash qobiliyatini shakllantiradi; o‘quvchilarni sifatli ta’lim olishlarini ta’minlaydi. darsda ochiqlik, oshkoralik va mas’uliyatli hamkorlik muhitini yaratishga erishiladi; o‘quv jarayonida tanqidiy fikrlash, mustaqillikka hissa qo‘shadgan metodlardan foydalanish qobiliyatinishakllantiradi boshqa pedagoglar uchun qimmatli manbani yaratishga hissa qo‘shadi. Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi metodlarga “Insert”, “Klaster”, “Baliq skleti”, “Bilar edim / Bilib oldim / Bilishni xohlayman/”, “T texnologiya”, “Plyus va minus” va boshqalar kiradi [42]. Download 49.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling