Mavzu: Informatika va axborot texnalogiyalari bo’yicha o’quv jarayonini
Download 36.41 Kb. Pdf ko'rish
|
Qilichev O
1 Mavzu: Informatika va axborot texnalogiyalari bo’yicha o’quv jarayonini rejalaslash tizimi. Reja: 1. Informatika fanidan o‘quv mashg’ulotlarini tashkil qilish ishlari mazmuni 2. Informatika mavzular bo’yicha tematik rejasini tuzish. 3. Enternetda ma’lumot izlash. 4. Elektron raqamli imzo va undan foydalanish texnalogiyalari. Informatika fanidan o‘quv jarayonini tashkil qilish uchun fan uchun ta’lim muassasalariga mo‘ljallangan DTS va o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, yillik ishchi o‘quv dasturlar va rejalar, bir soatlik dars rejasi va dars ishlanmalari, kompyuter sinfi va axborot texnologiyalar vositalari, ko‘rgazmali vos italar kerak bo‘ladi. Har bir informatika o‘qituvchisi dars o‘tishi uchun yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan uslubiy vositalardan foydalana olishi va kerakli hujjatlarni tayyorlay olishi kerak. Informatika fani bo‘yicha har bir ta’lim bosqichi uchun alohida DTS, o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv-uslubiy vositalar yaratilgan. Oliy ta’lim uchun DTS lariga aoslanib tayanch oliy o‘quv yurtlarida namunaviy o‘quv dasturlari tayyorlananadi va amaliyotga joriy qilinadi. Oliy o‘quv yurtlarida namunaviy o‘quv dasturlari asosida ishchi o‘quv dasturlari va kalendar tematik rejalar tuziladi. Ishchi o‘quv dasturlari va kalendar tematik rejalar fan o‘qituvchisi tomonidan tuziladi, ishchi o‘quv dastur kafedra yig’ilishida ko‘rib chiqiladi va oliy o‘quv yurti Ilmiy Metodik kengashi tomonidan tasdiqlanadi, kalendar tematik reja esa kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Taqvim mavzuli rejani tayyorlayotganda quyidagilarga e’tibor berish kerak: Bo‘lim va mavzular nomi degan grafada dasturning hajmiga binoan ketma-ketlik saqlangan holda, asosiy masalalar bo‘yicha 2-4 soat qilib belgilanadi. 2 va 3 grafalar tahlil qilinadi. Shu grafalar darslarni tayyorlash, mavzu bo‘yicha o‘quvchilar uchun yozma va nazorat ishlari belgilanadi. 4 grafada darsning tipi va turlari (nazariya, amaliyot, ma’ruza yoki laboratoriya ishlari va hakozo). 5 grafa o‘quv mashg’uloti uchun eng zarur ko‘rgazmali qurollar ko‘rsatiladi. Darsga tayyorgarlik jarayonida o‘qituvchi 4-5 grafalarga ma’lum darajalarda qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritishi mumkin. 6 grafa o‘quvchilar uchun mustaqil bajaradigan ishlar. 7 grafada mavzu bo‘yicha o‘quvchi tomonidan uy vazifaning mazmuni va hajmi belgilanadi. 8 grafada fanlararo integratsiya bo‘yicha fan va mavzular ko‘rsatiladi. Darslarning aniq taqsimlanishi o‘quvchining bandligining aniq maromini belgilashga sharoit yaratadi. Taqvim – mavzu reja har semestrda alohida tuziladi va o‘quv ishlari bo‘yicha 2 direktor muovini tomonidan tasdiqlanadi. Taqvim – mavzu rejasiga kiritiladigan o‘zgarishlar fan texnikaning rivojlanishi nazariyasining o‘zgarishi va hokazolar kafedra hay’ati tomonidan muhokama qilinishi kerak. Ta’lim muassasalarida Informatika fanidan darslar tashkil qilish shakllari guruhli, yakka tartibli va uyga vazifalardan iborat bo‘ladi. Dars jarayonida mashg’ulotlarningma’ruza, seminar, amaliy mashg’ulot va laboratoriya mashg’ulotlari kabi turlaridan foydalaniladi. Darsdan tashqari mashg’ulot turlariga mustaqil ish, mustaqil ta’lim, sayohat, to‘garaklar, olimpiada va hokazolarni kiritish mumkin. Informatika fanidan mashg’ulotlar olib borishda kompyuter texnologiyasidan unumli foydalanilsa dars jarayoni samaraliroq bo‘lishi tajribalardan ma’lum bo‘lmoqda. Nazariy mashg’ulotlarni munozarali va muammoli vaziyatlar hosil qiladigan har xil muammoli masalalar asosida ko‘rgazmali vositalardan keng foydalangan holda tashkil qilish hozirgi kunning talablaridan biridir. Nazariy mashg’ulotlarni tashkil qilishda ta’limning zamonaviy usullaridan foydalanish, ta’lim oluvchilarning bilim darajasini aniqlashda tabaqalashtirish usullaridan foydalanish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. O‘quvchilarning bilim darajasini tabaqalashtirish uchun nazariy mashg’ulotlarda topshiriqlarni 4 xil darajada berishga erishish kerak. Topshiriqlarning 1 – chi va 2- chi darajasi davlat ta’lim standartlariga mos kelishi 3 – chi va 4 – chi darajasi esa ijodiy xarakterdagi topshiriqlar ko‘rinishda tavsiya qilish kerak. Har bir mavzu o‘tilganda mashg’ulot uchun tanlangan nazorat topshiriqlari 4 xil darajaga bo‘lganda 40 % - i 1–chi darajali, 30 % - i 2 – chi darajali, 20 % - i 3 - chi darajali va 10 % - i 4 – chi darajali topshiriqlardan iborat bo‘lishi kerak. 1 – 3 chi va 2 – chi darajali topshiriqlar davlat ta’lim standartlariga mos kelib, barcha o‘quvchilar uchun bajarish majburiy hisoblanadi. 3 – chi va 4 – chi darajali topshiriqlar ijodiy xarakterdagi topshiriqbo‘lgani uchun yetarlicha qobiliyat va iqtidor talab qiladi. Natijada o‘quvchilar bilimi tabaqalanishiga olib keladi. O‘quvchilar bilimining tabaqalashishi natijasida ta’limga bo‘lgan e’tibor ortib, o‘quvchilarning rivojlanishida ijobiy o‘zgarishlar kuzatiladi. Bahs va munozaralar shakllanib ta’limga, rivojlanishga bo‘lgan talab kuchayib boradi. Nazariy mashg’ulot yuqoridagi talab darajasida berilgandan so‘ng mavzularga mos ravishda amaliy mashg’ulotlar taklif qilinadi. Informatika fanining tushunchalari va iboralarini o‘zlashtirishda amaliy mashg’ulotlarning o‘rni beqiyosdir. Amaliy mashg’ulotlarni turli ko‘rinishlarda olib borish mumkin. Amaliy mashg’ulotlarni mavzuga mos ravishda mashqlar bajarish, o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarish, o‘quvchilar tomonidan mustaqil bajariladigan laboratoriya ishlaridan iborat bo‘lishi mumkin. Amaliy mashg’ulotlarning bir ko‘rinishi bo‘lgan laboratoriya mashg’ulotlarida o‘quvchilarga beriladigan mustaqil topshiriqlar ham tabaqalashgan holatda oddiydan murakkabga qarab taklif qilinishi maqsadga muvofiq. Amaliy mashg’ulotlarni Oliy va o‘rta maxsus o‘quv muassasalarida mavjud yo‘nalishlarni e’tiborga olib o‘tkazish ijobiy natijalar berishi tajribalardan ma’lum bo‘lmokda. Masalan, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishga ega bo‘lgan o‘quv muassasalarda har xil matnli ma’lumotlarni qayta ishlashga doir topshiriqlar; aniq fanlar va iqtisodiyot yo‘nalishli o‘quv muassasalariga qo‘shimcha qilib hisoblash, turli jarayonlarni dasturlashga doir topshiriqlar tavsiya qilish maqsadga muvofiq. O‘quv yurtlarida informatika fanidan laboratoriya ishlarini o‘tkazish, amaliy mashg’ulotlarning vazifasi quyidagilardan iborat: 1. Ta’lim oluvchilarda quyidagi amallarni bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish; - kompyuterni ishga tayyorlash; - kompyuterga dastur kiritish va uni rostlash; - ixtiyoriy amaliy dastur bilan ishlash; - kompyuterning matn va grafik muharrirlari vositasidan foydalanish; - kompyuterning boshqa imkoniyatlari bilan tanishish; - ma’lumotlar, dasturlarning nusxalarini olish va ko‘paytirish va boshqalar. 2. O‘quvchilarda mashqlar bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish; - kompyuterda masala yechish bosqichlari; - mashqlar bajarish jarayonida nazariy bilimlarni masala yechishga tadbiq qilish; - mashqlar bajarish jarayonida ta’lim oluvchilar ijobiy fikrlash masalalarini 4 rivojlantirish. Informatikadan amaliy mashg’ulotlar uchun tanlangan topshiriqlar mazmuni ixtiyoriy kasb egasiga zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikma va malakaga asoslangan bili mlar minimumi darajasida bo‘lishi kerak. Laboratoriya ishlarini o‘tkazishda kompyuter texnologiyasidan foydalanganda ish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: 1. Laboratoriya ishlari topshiriqlarini bajarish bilan tanishish –bunda laboratoriya ishi mazmuni, uning nazariy qismi ekranga chiqariladi, o‘quvchilar tanishib keyingi bosqichga o‘tadi. 2. Laboratoriya ishlari topshiriqlarining tanlanishi – bunda laboratoriya ishi topshiriqlarini berishdan oldin, ularning bilim darajasini aniqlash uchun oddiy va murakkab shaklda tuzilgan savollar beriladi, o‘quvchilarning savollarga bergan javoblarini tahlil qilib keyingi bosqichga o‘tadi. 3. Laboratoriya ishlari topshiriqlarining berilishi – bunda o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga mos topshiriqlar berish ta’minlanadi. Download 36.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling