Mavzu: Informatika xonasida o’quv-tarbiya ishlarini tashkil etish. Reja


O‘quv kursining strukturasini ishlab chiqish


Download 21.51 Kb.
bet4/6
Sana24.02.2023
Hajmi21.51 Kb.
#1226510
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5 Informatika xonasida o\'quv tarbiya ishlarini tashkil etish

6.O‘quv kursining strukturasini ishlab chiqish.

O‘quv kursining konsepsiyasi ishlab chiqilganidan va amalga oshirish tahlili o‘tkazilganidan keyin o‘quv kursining strukturasini yaratishga kirishish mumkin. Bu bosqich loyihalashtirish bosqichi deb ataladi. Bu eng murakkab va mas’uliyatli bosqich bo‘lib, unda talaba nimani bilishi va qanday ko‘nikmalarni olishi kerakligini aniqlash zarur. Bu bosqichda vazifaning yoyilgan mazmunli qo‘yilishi shakllantiriladi, ishlarni o‘tkazish uchun to‘liq texnik topshiriq tuziladi. Quyidagilar loyihalashtirish natijasi hisoblanadi: dastlabki materiallarni tayyorlash uchun spetsifikatsiya, multimediali kursning reja-sxemasi, ishlarning batafsil reja-grafigi.


O‘quv kursining strukturasi dasturiy ta’minotni tanlashga bog‘liq, uning yordamida o‘quv kursi yaratiladi. Bu kitobda Distance Learning Studio dasturi yordamida o‘quv kursini yaratish jarayoni ko‘rib chiqiladi, shuning uchun ishlab chiqilayotgan struktura dastur taklif qilayotgan o‘quv kursiga to‘liq mos kelishi kerak. Distance Learning Studio dasturi yordamida yaratilgan o‘quv kursi uchta bo‘limdan iborat:
- mavzularga birlashtiriladigan ma’ruzalardan;
- atamalar va ularning ta’riflaridan iborat lug‘atdan;
- talabani o‘zini-o‘zi tekshirishi uchun savollardan iborat testlardan.
Ma’ruzalar va savollar rasmlar, videoparchalar bilan birga kelishi, shuningdek ovoz kuzatuvida bo‘lishi kerak. Kursni ishlab chiquvchi axborot materiali nuqtai nazaridan kursning har bir tarkibiy birligini aniq tasvirlab berishi kerak. Shuningdek, axborot resurslari har bir turi (matn, ovoz, video, grafika)ning ro‘yxatlarini tuzishi kerak, ular keyinchalik ishlab chiqishda ishlatiladi.
Har qanday axborot ilovasini, shu jumladan, o‘quv distansion kursini yaratishda, nafaqat kursning multimediali tashkil etuvchilarini tayyorlash, balki kursdagi ularning joylashgan o‘rnini va asosiy tarkibiy birliklarga tegishliligini aniq belgilash zarur. Bu maqsad uchun maxsus jadvallar xizmat qiladi.
Mualliflar tomonidan turli xildagi multimediali ilovalarni, shu jumladan, bir necha o‘quv kurslarini yaratishda olingan tajriba asosida namunali jadvallar ishlab chiqildi. Shunga qaramay, har bir mualliflik jamoasi o‘quv kurslarini yaratish ustidagi ish jarayonida ularni tuzatishi, o‘zi uchun eng qulay bo‘lgan jadvallarning turini hamda ularning funksionalligini ishlab chiqishi mumkin.
Shuni qayd qilish kerakki, jadvallar ma’lumotlaridan almashuv buferi orqali ko‘chirish uchun o‘quv kursini kayta qilishda foydalanish mumkin. Bu Distance Learning Studio dasturida o‘quv kursini yig‘ish davomiyligini qisqartirishga olib kelishi mumkin.
Tarkibiy birliklar jadvallari Distance Learning Studio dasturi yordamida tayyorlangan materiallarni yig‘ish jarayonini tezlashtirish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, yaratilgan o‘quv kursida kamchiliklar va xatolarni aniqlashni soddalashtirish hisobiga testlash bosqichini qisqartirishga imkon beradi. Jadvallar kursning har bir tarkibiy birligi ishlab chiqishda mualliflik jamoasi tomonidan tuziladi. Tarkibiy birliklar jadvallari uch turdagi jadvallarni o‘z ichiga oladi:
- ma’ruzalar jadvali;
- savollar jadvali;
- atamalar jadvali.
Axborot resurslarining jadvallari o‘quv kursining mazmun bilan to‘ldirish uchun axborot materiallarini yaratish va tayyorlash bo‘yicha ishlarning ko‘lamlari to‘g‘risida aniq tasavvur olishga hamda testlash bosqichini qisqartirishga yordam beradi. Axborot resurslarining jadvallari to‘rtta turdagi jadvallarni o‘z ichiga oladi:
- matnlar jadvali;
- grafika jadvali;
- ovoz jadvali;
- video jadvali.



Download 21.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling