Mavzu: Ingichka skarn konining gеologik tuzilishi va sanoatdagi ahamiyati


Download 8.22 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi8.22 Kb.
#1528514
Bog'liq
sherzod


Mirzo Ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy univetsiteti Geologiya va Geoinformatsion tizimlar fakulteti geofizika yoʻnalishi Foydali qazilmalar geologiyasi fanidan
Mustaqil ish
Bajardi:Julliyev Sherzod
Qabul qildi: Ziyayeva F.
Mavzu:Ingichka skarn konining gеologik tuzilishi va sanoatdagi ahamiyati.
1. Skarn tipidagi konlar.
2. Ingichka volfram koni.
3. Geologik tuzilishi.
4. Sanoatdagi ahamiyati.
Reja:
SKARN KONLARI.
«Skarn» so‘zi Shvetsiyadagi Skarn tog‘i nomidan olingan. Magmatik tog‘ jinslarining (granit, granodiorit) karbonatli tog‘ jinslari (ohaktosh, dolomit) bilan kontaktida (chegarasida) gaz va gidrotermal eritmalar ta’sirida hosil bo‘lgan tog‘ jinsiga skarn deyiladi. Skarnlar tarkibi granatlar, epidot va amfibollardan iborat. Kontakt – metasomatik jarayon tog‘ jinslari kontaktida gidrotermal eritma bilan keltirilgan kimyoviy elementlar yordamida amalga oshiriladi.
Bunda magmatik jinslar bilan karbonatli jinslar o‘rtasida modda almashish reaksiyasi ketadi. Natijada tog‘ jinslari butunlay yoki qisman o‘zgaradi: avval skarn minerallari, so‘ng ma’danli minerallar, ya’ni magnetit, gematit, xalkopirit, bornit, sheelit, sof oltin, galenit, sfalerit kabi minerallar paydo bo‘ladi. Skarn konlari ana shu tariqa vujudga keladi. Skarn konlari uchun xos xususiyatlardan biri – intruziv va karbonat jinslar kontaktida o‘zgargan jinslarning hosil bo‘lishidir. Kontakt qanchalik yotiq bo‘lsa, ma’dan hosil bo‘lish ehtimoli shunchalik katta bo‘ladi. Bundan tashqari skarn jarayoni kechgan joylarda skarn minerallari hisoblanmish piroksen, granat, vollastonit, epidot, amfibol kabilarning hamda magnetit, gematit, xalkopirit, bornit, sheelit, galenit,sfalerit va bo‘r minerallarining uchrashi skarn konlarini aniqlashga ishora qiluvchi muhim geologik belgilar sanaladi.
Ingichka volfram koni. Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahridan janubiy sharqida Zirabuloq togʻlarida joylashgan kon. Kon 1941-yilda A.M.Yengaichov va M.M.Bespalov tomonidan ochilgan. Ingichkasoy nomi bilan atalgan. Kon 1943-yilda ishga tushirilgan. Zaxirasi 1000 metr chuqurlikgacha aniqlangan. Asosiy ma’dan sheelit hisoblanadi. Ingichka volfram konining istiqbolini aniqlash va razvedka qilishda H. M. Abdullayev, A. V. Korolev, N. V. Litsenmayer, I. H. Hamroboyev, N. D. Ushakovlar qatnashgan. Ingichka volfram koni skarn tipidagi konlar turiga kiradi.
Ingichka volfram konining geologik tuzilishida yuqori karbon — quyi perm davri otqindi va yuqori silur davri metamorfik jinslari ishtirok etgan. Otqindi jinslar biotitli granodiorit, granit va lamprofir, aplit daykalari, pegmatitlardan iborat. Choʻkindi metamorfik jinslar marmarlashgan ohaqtosh, slyudali slanetslar va turli tarkibli rogoviklardan tuzilgan. Ingichka volfram konidagi volfram rudasi (sheyelit) yuqori silur davri marmarlarining granodiorit va granitlar bilan tutashgan joylarida hosil boʻlgan.
Karyerning eski chiqindixonalariga umumiy nuqtasi
Sheyelit (K.V. Sheyele nomi bilan atalgan) — volframatlar sinfiga mansub mineral.Rangsiz, oq, och sariq, yashil, sargʻish, kulrang, qoʻngʻir, qora turlari bor. Yaltirashi olmosdek, yogʻsimon. Moʻrt. Qattikdigi 3—5, zichligi 5,5— 6,1 g/sm3. Yirik uyumlari skarnlarda uchraydi. Granat, piroksen, plagioklaz, amfibol, kvars, molibdenit va boshqalar bilan assotsiatsiyada boʻladi.
Sheyelit 2—3 sm kattalikdagi kristall va baʼzan yertomirchalar holida uchraydi. Sheyelitdan tashqari konda pirrotin, pirit, xalkopirit, kassiterit, molibdenit va b. minerallar ham bor. Volframli skarnlarning kalinligi 5—10 sm dan 15—20 m gacha, uz. 100—600 m, baʼzan 1,5—2 km gacha, chuq. 800 m. Volfram rudasi massasining 90% qatlamsimon skarnlarda, 10% chasi skarnli tomirlarda va alyaskitlarda, qolgan 1% chasi choʻkindi jinslarining qatlamlari orasida joylashgan.
Rossiya Federatsiyasi, KXDR, AQShda shahrining yirik konlari bor. Sheyelit Oʻzbekistonda keng tarqalgan boʻlib, Chatqol, Qurama togʻlaridagi mis, molibden va vismut konlarida koʻp uchraydi. Ayniqsa, Oʻzbekistonning gʻarbiy qismida sanoat ahamiyatidagi konlari mavjud (Ingichka, Langar, Qoʻytosh, Qoratepa, Yaxton va boshqalar konlar).Ingichka volfram koni tufayli Ingichka shaharchasi barpo etilgan.
Sanoatdagi ahamiyati.
Dunyoda yangi konlarni ishga tushirish taklif etilishiga qaramay, ruda zaxiralarining ko‘payishi sanoatning o‘sib borayotgan ehtiyojlaridan orqada qoladi. Buning natijasida nafaqat konlardan foydalanish darajasini maksimal darajada oshirishga, balki ikkilamchi xom ashyo, texnogen konlarni, shuningdek, ruda zaxiralarini o‘zlashtirishga ham katta e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston metallurgiya sanoatini rivojlantirish konsepsiyasida ham texnogen ikkilamchi xom ashyolardan qimmatli mahsulotlarni qazib olish imkonini beruvchi innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 3 fevraldagi topshirig‘iga asosan, Samarqand viloyatida joylashgan “Ingichka koni"Olmaliq KMK" AJ tasarrufiga o‘tkazildi.
Ayni vaqtda kombinat tomonidan “Ingichka” volfram konining texnogen chiqindilarini qayta ishlash, volfram konsentratini ajratib olish hisobiga yangi turdagi yuqori qo‘shilgan qiymatli eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish ishlari bo‘yicha bir qator ishlar olib borilmoqda.
Dasturga muvofiq, volfram konsentrati kombinatning "Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha" Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiga yetkazib beriladi. Bu korxonada esa mahalliy mahsulotlar asosida volfram ishlab chiqarishni tiklash imkoniyati yaratiladi.
Kombinat mutaxassislari ishlab chiqqan yangi texnologiya 80-83% gacha volfram III oksidini o‘z ichiga olgan sof konsentrat olish imkonini beradi. Joylarda ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash yo‘lga qo‘yilib, 100-150 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi."Ingichka" konining o‘zida yangi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi ham ko‘plab ijtimoiy muammolarni hal qiladi.
“Olmaliq KMK" AJ “Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi“ning rivojlanish dasturiga asosan "Ingichka" konining qoldiqlaridan yiliga 150 tonna quvvatga ega volfram konsentratini 35% WO3 bilan boyitish rejalashtirilgan. Keyinchalik, "Ingichka" konining qoldiqlari ishlab chiqarishga to‘liq jalb qilinganda yiliga 100 tonna volfram metalli olinadi.
E'tiboringiz uchun rahmat
Download 8.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling