Mavzu: Injektorlar ishini tekshirish


Download 0.73 Mb.
Sana25.01.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1122876
Bog'liq
TVEJET LABAR 5

Andijon mashinasozlik instituti, transport va logistika fakulteti, TVM yo’nalishi K 28-20 guruh talabasi MAVLONOV AZIMJONning Transport vositalarini elektr jixozlari va elektron tizimlar fanidan tayyorlagan LABARATORIYA MASHG’ULOTI.


Mavzu: Injektorlar ishini tekshirish.
  • Ishni bajarishdan maqsad:

  • Injektorlarining vazifasi, ish rejimlari va tuzilishini ohrganish.Injektorlar ishlashi bo`yicha taxlil natijalarini aniqlash, amaliy kohnikmalar hosil qilish.Injektorlarga texnik xizmat ko’rsatish va sinash bo’yicha amaliy kohnikmalar hosil qilish.

II. Ishni bajarish uchun zarur bo`lgan qisqacha nazariy ma’lumotlar Hozirgi kunda yonilg`i purkash tizimlari Yonilg`i uzatish joyiga qarab 3 turga bo’linadi: markaziy bir nuqtali, taqsimlangan ko’p nuqtali va bevosita yonish kamerasiga purkash tizimlari. Yonilg`ini bevosita yonish kamerasiga purkash tizimi ishlatilishi zarur bo`lgan jihozlarning juda murakkabligi tufayli amalda ishlatilmaydi.
Zamonaviy avtomobil dvigatellarida asosan bir nuqtali va taqsimlangan ko’p nuqtali purkash tizimlari ishlatiladi. Har ikkala tizimda ham yonilg`i dvigatel silindrlarining kirish yohliga purkaladi.Yonilg`i purkash tizimlari ma’lum rivojlanish bosqichlarini bosib o`tdi. 1949 yilda BOSCH (Germaniya) firmasi yaratgan to’la mexanik purkash tizimi K-Jetronic nomi bilan mashhur bo’ldi. Keyinchalik bu tizim ancha takomillashtirildi, u qisman elektron blok yordamida boshqarildi (KE-Jetronic). Yonilg`i purkash tizimlari taraqqiyotining keyingi bosqichlari ularda elektron va mikroprotsessorli boshqarish usullarini juda keng ko’lamda joriy qilinishi bilan tavsiflanadi.
Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling