Mavzu: Injenerlik geodeziyasi fani haqida tushuncha
Reja:
1. Injenerlik geodeziyasi fani, uning vazifalari, xalq xo’jaligidagi ahamiyati
2. Injenerlik geoeziyasi fanining tarixi
3. Injenerlik geoeziyasining boshqa fanlar bilan aloqasi
4. Injenerlik geoeziyasining xalq xo’jaligidagi ahamiyati
5. Geodeziyada qo’llaniladigan koordinatalar va balandliklar tizimi
1. Injenerlik geodeziyasi fani, uning vazifalari, xalq xo’jaligidagi ahamiyati
Injenerlik geodeziyasi, geodeziya fanining tarkibiy qismi bo`lib, turli xil injenerlik ishlarini bajarishda qo`llaniladi. Geodeziya - yunoncha, geo - yer, deziya - o’lchash, bo’lish ma’nolarini bildiradi. Geoeziya - yerning shakli va o’lchamlarini aniqlash, yer sirtini plan va kartalarda tasvirlash hamda xar-xil injenerlik masala- larini echishda bajariladigan o’lchash usullari to’g`risidagi fandir.
Geodezik o’lchashlar yer sirtida, dengizlarda, koinotda va yer ostida burchak, masofa va balandliklarni ulchash asboblari yordamida olib bori- ladi. Jamiyat taraqqiyotiga ko’ra geoeziya fani ham rivojlanib bir necha mustaqil fanlarga bo’lindi:
Oliy geoeziya - butun yer sirtini yoki uning katta qismlarini shakli va o’lchamlarini aniqlash, yer sirtida ayrim nuqtalar koordinatalari va balandliklarini yagona tizimda topish, yer qobig`ining gorizontal (yotik) va vertikal siljishini o’rganish kabi masalalarni xal qiladi.
Topografiya - yer sirtining katta bo’lmagan bo’laklarining karta va planlarini tuzish, hamda nuqtalarni balandliklarini aniqlash, ularning pro- fili (vertikal kesimi)ni tasvirlash usullari bilan shug`ullanadi.
Injenerlik geoeziyasi - injenerli inshootlarni qidiruv, loyihalash, qurish va foydalanishda bajariladigan geodezik ishlar usullarini o’rganishi bilan shug`ullanadi.
Fototopografiya yoki aerofoto geoeziya – yer sirtini suratga olish va topografik karta, planlarni yerning foto va aerosuratlari orqali tuzish usullarini ishlab chiqish bilan shug`ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |