Ikkinchi davr —sotish kontseptsiyasi” nomini oldi. Bunda firmaning mahsulotini —mana tovar tayyor, kelavering va savdolashing” shiori bilan sotishni mo’ljallash birinchi o‘ringa chiqadi.
Marketingni ishlab chiqarishni boshqarish va bozor yo‘nalishidagi savdo sotiqning yagona bir tizimi sifatida ikki jihatdan qarab chiqish zarur.
Birinchisi - boshkaruv marketingi korxonani boshqarishdagi muayyan tafakkur tarzidan iborat.
Ikkinchi jihat - marketing bozorida bevosita olib boriladigan faoliyat deb qaraladi. Agar marketing ishlab chiqarishni boshqarish tizimi sifatida —korxonaning tafakkur tarzi” hisoblansa, bozordagi bevosita faoliyatdan iborat bo‘lgan marketing korxonaning —harakat tarzini” shakllantiradi, marketingning turli usul va vositalaridan tashkil topadi va jamlanib, marketing-—miks”ni vujudga keltiradi. Uning asosida —5p” formulasi turadi: 1 - narx (price); 2 - mahsulot (product); 3 - o’rin-joy (place); 4 - siljitish (promotion), 5-inson (people).
Do'stlaringiz bilan baham: |