Mavzu: Innovatsion faoliyatning tashkiliy shakllarini tanlash
Download 58.21 Kb.
|
Mavzu Innovatsi 2
Mavzu: Innovatsion faoliyatning tashkiliy shakllarini tanlash Reja: Kirish Innovatsion faoliyat yonalishlari Innovatsion faoliyatni tashkil etish shakllari Innovatsion faoliyatning tashkiliy shakllarini tanlash mezonlari "BYD" korxonasining innovatsion faoliyati taxlili Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Bugungi kunda ko`plab riyojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o`rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so`zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o`zgartirish va diyersifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal riyojlanishini ta`minlash, faoliyat yuritayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Ilm-fan va texnika yutuqlarini keng qo’llagan holda iqtisodiyot tarmoqlariga, ijtimoiy va boshqa sohalarga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni tezkor joriy etish O’zbekiston Respublikasi jadal riyojlanishining muhim sharti hisoblanadi. Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan riyojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda. Harakatlar strategiyasida eksportga mo‘ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport-logistika infratuzilmasini, tadbirkorlikni riyojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini riyojlantirish, shuningdek turizm industriyasini jadal riyojlantirish nazarda tutilgan. Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan riyojlanayotgani islohotlarni mamlakatimizning jahon siyilizatsiyasi yetakchilari qatoriga kirish yo’lida tez va sifatli ilgarilanishini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion g’oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi. Innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsion jarayon va shu kabi tushunchalar bizning har kungi hayotimizda, korxona faoliyatida va iqtisodiyot tarmoqlarining turli jabhalarida mustahkam o`rnashib olmoqda. Riyojlangan mamlakatlarda korxonalarning raqobatdoshliligini oshirishda, bozorda mavqeini mustahkamlashda va xaridorgir maxsulot ishlab chiqarishda innovatsiyalar muhim omillardan biri hisoblanadi.Innovatsion faoliyat - bu ishlab chiqarishda yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot turini o`zlashtirish, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonni amaliyotga joriy etish, iste`molchilar uchun yoki maxsulot raqobatdoshliligini oshiruvchi yanada sifatli tarkibga ega bo`lgan maxsulotlar ishlab chiqarish jarayonidir. Innovatsion faoliyatni boshqarish mexanizmi u yoki bu sub`ektning innovatsion riyojlanish maqsadi yo`nalishidan kelib chiqib, o`zida turli usul va vositalar yig’indisini mujassamlashtiradi. Innovatsion sohadagi boshqaruv qarorlarining natijaviy tayyor maxsulotga aylanishini ta`minlovchi samarali mexanizmni ishlab chiqish milliy korxonalarimizning bugungi kundagi dolzarb masalalaridan biridir. Innovatsion jarayon innovatsion o’zgarishlarni tayyorlash va amalga oshirishdan iborat bo’ladi va yagona, majmuaviy butunlikni tashkil qiluvchi o’zaro bog’langan bosqichlardan vujudga keladi. Bu jarayon natijasida amalga oshirilgan, foydalanilgan o’zgarish - innovatsiya paydo bo’ladi. Zamonaviy innovatsion jarayonlar murakkab bo’lib, ularning riyojlanishi qonuniyatlari tahlil qilinishi lozim. Buning uchun yangilik kiritish har xil tashkiliy – iqtisodiy jihatlari bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar innovatsion menejerlar talab etiladi.Chunki bozor iqtisodiyoti rahbarlar va mutaxassislarga jiddiy talablar qo’yadi. Bu talablar tashkilotlarni riyojlantirishning samarali strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish zaruruyati bilan bog’liq bo’lib, bunday muammolarni faqatgina boshqaruv munosabatlarini tushunuvchi mutaxassislargina hal qilishadi. "Kadrlari menejmenti" ta’lim yo’nalishi bo’yicha tayyorlanayotgan bo’lajak mutaxassislar uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda innovatsion menejment tizimini tashkil etish va riyojlantirish, unga ta’sir etuvchi omillarni aniq baholay olish, innovatsion menejment tizimining boshqa tizimlar bilan o’zaro aloqasini ta’minlash, innovatsion loyihalarni tuzish va amalga oshirish, xodimlar tomonidan innovatsiyalarning qo’llab-quvvatlanishiga erishish va boshqa shu kabilarni o’rganishda “Innovatsion menejment” fanining ahamiyati kattadir. “Innovatsion menejment” fanining maqsadi talabalarga innovasion faoliyat tajribalari, yangiliklar, ixtirolarni boshqarish haqida tushuncha berib, ishlab chiqarish kollektiyi boshqarishning obyekti va subyekti sifatida, rahbar mehnat jamoasining asosiy boshqaruvchisi, bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat jamoalarining boshqarishda mehnatkashlarning o’z-o’zini boshqarishdagi innovatsion munosabatlari, hozirgi davrda innovatsiyalarni moddiy rag’batlashtirishning aspektlari, mehnat jamoasida innovatsion iqlimni boshqarish, innovatsion menejmentning chet el tajribasini o’rgatishdan iborat. Bugungi yangi xo’jalik yuritish sharoitida yangiliklar (innovatsiyalar) ni boshqarish aspektlari, boshqaruv tizimida innovatsiyalarni prognozlash va rejalashtirish, innovatsion boshqaruvda qarorlarni ishlab chiqish va tadbiq etish usullari, innovatsion boshqaruv jarayonini axborot bilan ta’minlash, innovatsion boshqaruvda ilmiy tadqiqotlarning roli, jamiyatda innovatsion boshqaruvning nazariyasi va boshqalarni talabalarga o’rgatish “Innovatsion menejment” fanining asosiy vazifasi hisoblanadi. Ushbu o’quv qo’llanma Davlat oliy ta’lim standarti talablariga muvofiq Toshkent Davlat Iqtisodiyot Uniyersitetida “Innovatsion menejment” fani bo’yicha ishlab chiqilgan va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2015 yil 8 iyulda tasdiqlangan va 2015 yil 1 iyulda No BD 5230200- 2.10 bilan ro’yxatga olingan O’quv fan dasturiga muvofiq tayyorlangan “Kadrlar menejmenti” ta’lim yo’nalishi o’quv rejasiga muvofiq “Innovatsion menejment” fani shu yo’nalaishdagi 2-kurs talabalari uchun iy semestrida 34 soat ma’ruza va 34 soat amaliy mashg’ulotlar shaklida o’tiladi. O’quv qo’llanmada innovatsion menejmentning nazariy asoslari va xorij tajribasi, innovatsiyalarni boshqarishning ilmiy asoslari, tashkilot xodimlarini boshqarish, investitsion loyihalarni baholash va innovatsion jarayon vositalari tavsiflangan fundamental va amaliy tadqiqotlar ish dasturlarini tayyorlash shuningdek, innovatsion faoliyat dasturini shakllantirish hamda innovatsion loyihalarga talablari bayon etilgan.Har bir mavzu so’ngida nazorat va muhokama uchun savollar berilgan. “Innovatsion menejment” fani boshqaruvchi-mutaxassislar bilimini shakllantiruvchi bazaviy fanlardan biri hisoblanadi va “Menejment”, “Iqtisodiy nazariya”, “Marketing”, “Mikroiqtisodiyot”, “Tadbirkorlik asoslari” kabi umumiqtisodiy fanlar bilan uzviy bog’liqlikda o’rganiladi. Mеnеjmеnt mazmuniy nuqtai nazardan – bu boshqarish, rahbarlik qilish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish usuli, mеhnat sarmoyalar va boshqalar kabi rеsurslardan kattaroq samaradorlik bilan foydalanish. Shunday nuqtai nazar asosida innovatsion mеnеjmеnt – bu innovatsion faoliyat, uning rеsurslari, yangiliklarini ishlab chiqish va tadbiq etishda ijtimoiy – iqtisodiy riyojlanishning eng muhim omili sifatida innovatsiyalarning kattaroq samaradorligiga erishish maqsadida ishtirok etayotgan odamlarni boshqarishning maqsadga qaratilgan tizimidir. Innovatsion faoliyat yonalishlari Download 58.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling