Mavzu: innovatsion strategiyani shakllantirish va turizm sohasida innovatsion g’oyalarni amalga oshirish
Download 70.03 Kb.
|
diplom ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malakaviy ishining tarkibi Beti
- INNOVATSION RIVOJLANISH STRATEGIYASINI AMALGA OSHIRISHNING USTUVOR SEKTORLARI
- II BOB O’ZBEKISTONDA INNOVATSION G’OYA SIFATIDA “XAVFSIZ TURIZM”NING YANGI TIZIMINI YO’LGA QO’YILISHI
- III BOB QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASIDAGI TARIXIY JOYLARDA INNOVATSION G’OYALARNI AMALGA OSHIRISH
- XULOSA VA TAKLIFLAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
MAVZU: INNOVATSION STRATEGIYANI SHAKLLANTIRISH VA TURIZM SOHASIDA INNOVATSION G’OYALARNI AMALGA OSHIRISH
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi vaqtida turizm sohasi ko‘plab rivojlanayotgan davlatlarning asos daromad manbai sifatida xizmat qilmoqda. Turistik mahsulotlar va xizmatlarni eksport qilish qilish milliy iqtisodiyotda qo'shimcha talab yuzaga keltirib, aholi bandligi darajasini oshishini va horijiy valyuta tushumini ko'payishini ta'minlaydi. Shunga ko’ra, turizm sohasi ijtimoiy –iqtisodiy rivojlanish va barqarorlikni ta’minlashda muhim ro’l o’ynaydi. Jahonda globallashuv jarayoning chuqurlashuvi va ilmni ko’p talab qiluvchi texnologiylarga asoslangan ishlab chiqarishning ustuvor rivojlanishi har qanday mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va turmush sifati oshishining zaruriy sharti bo’lmish innovatsion faollik bilan belgilanadi. Innovatsion faollik, o’z navbatida, davlatning iqtisodiy va ilmiy-texnik imkoniyatlari, uning innovatsiyaga oid siyosati va salohiyati, shuningdek, jamiyatning ma’naviy holatiga bog’liq. Turizm sohasida innovatsion faoliyat fan texnika taraqqiyot yo’nalishlari, ijodiy va amaliy ishlanmalar hamda tadqiqot natijalarini bevo- sita amaliyotga joriy qilishga yo’naltirilgan jarayon sifatida namoyon bo’ladi. Sohada innovatsion faoliyat keng ko'lamli bo'lib, nafaqat ilmiy-texnikaviy, texnologik yangiliklar va ishlanmalardan amaliyotda foydalanishni o'z ichiga oladi, turistik xizmatlar raqobatbardoshligini oshirish, mehnat jarayoni, marketing, turistik faoliyatni tashkil etish hamda boshqaruv jarayonidagi oʻzgarishlarni ham qamrab oladi hamda turizm va rekreatsiya sohasini intensiv rivojlanishiga olib keladi. Turizm sohasini rivojlantirish,ushbu sohada iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish omillari va xususiyiyatlariga bag’ishlangan ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilgan bo’lib, ularda turistik tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilish jarayonlari bo’yicha turlicha yondashuvlar ishlab chiqilgan.1 Shunga ko’ra, turizm xizmatlari bozorida talab va taklif o‘rtasida bozor muvozanatiga erishish muhim ahamiyatga ega. XXI asr innovatsion iqtisodiyot – yangi turdagi iqtisodiyotning shakllanishi bilan tavsiflanadi. Zamonaviy dunyoda raqobat muhitida innovatsionlar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning rivojlanishida ham, milliy raqobatbardoshlikni ta'minlashda, aholi farovonligini oshirishda, turmush sifatini yaxshilashda ham asosiy o’rin tutadi. Respublikamiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi, uning raqobatbardoshligi va intensivligini oshirish uchun innovatsion jarayonlarni faollashtirishga o’tish zarur. Buning uchun innovatsiya va innovatsion faoliyatni davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlash talab etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6 iyuldagi «2022-2026 yillarda O'zbekiston Respublikasining Innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash strategysi toʻgʻrisida»gi PF165son Farmoniga muvofiq so’nggi besh yillik islohotlar natijasida respublikada talim sifati va qamrovini oshirish hamda rivojlantirish, kadrlar tayorlash tizimining iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashuvchanligini ta'minlash, ilmiy-innovatsion faoliyatni har tomonlama qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish, mamlakatning innovatsion salohiyatini shakllantirish va yanada takomillashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo'yicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqishga qaratilgan normativ huquqiy asoslar ishlab chiqildi va tubdan yangilanadi.2 Shuni ta'kidlash kerakki, axborot tizimlarining rivojlanib borayotganiga qaramay, mamlakatimizning turizm sohasida mobil innovatsion texnologiyalardan foydalanish yetarli darajada emas. Turizm salohiyati yuqori bo‘lgan xorijiy mamlakatlarda axborot va mobil texnologiyalar sohaning ajralmas qismi hisoblanadi. Turistik salohiyatni oshirish maqsadida IT dasturchilari tomonidan biznesni rivojlantirishda mobil texnologiyalarni moslashtirish va yaratish bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda. Jumladan, “2019 — 2025 yillarda’’ O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasida turizm sohasini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan yangi xizmat turlarini innovatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirish vazifasi belgilangan. Yuqoridagi fikirlar bitiruv malakaviy ish uchun tanlangan mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Download 70.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling