Mavzu: innovatsion strategiyani shakllantirish va turizm sohasida innovatsion g’oyalarni amalga oshirish


II- BOB O’ZBEKISTONDA INNOVATSION G’OYA SIFATIDA “XAVFSIZ TURIM”NING YANGI TIZIMINI YO’LGA QO’YILISHI


Download 70.03 Kb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi70.03 Kb.
#1564481
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
diplom ishi

II- BOB O’ZBEKISTONDA INNOVATSION G’OYA SIFATIDA “XAVFSIZ TURIM”NING YANGI TIZIMINI YO’LGA QO’YILISHI
2.1 “Xavfsiz turizm”- turizmni rivojlantirishning asosiy omili
О‘zbekistonda turizmni rivojlatirish va uni yangi bosqichlarga kо‘tarish borasida, avvalo kо‘hna madaniy va arxitektura yodgorliklariga boy bо‘lgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Marg‘ilon kabi shaharlar muhim ahamiyatga ega. Bu shaharlarda jahon ahlini hayratga soluvchi va lol qoldiruvchi qadimgi tarixiy yodgorliklar beqiyos kо‘p. Yer yuzining turli mamlakatlarida istiqomat qiluvchi har bir inson bu shaharlarni о‘z kо‘zlari bilan kо‘rish orzusida yashaydilar. Kо‘p mamlakatlarda О‘zbekiston о‘zining ana shu shaharlari bilan mashhurdir. О‘zbekistonning ana shu tarixiy shaharlarini bemalol “Sharqning javohirlari” deb atash mumkin. О‘zbekistonda mintaqaviy turizmni rivojlantirishda viloyatlardagi imkoniyatlarni о‘rganish alohida ahamiyat kasb etadi.
Qoraqolpog`iston mazkur turistik mintaqaning ikkinchi ajralmas qismidir, yohud bu hududdagi mungli qal’alar hozirgi davr va qadim o’tmishni bog’lovchi tirik rishtadir. Bu yerda joylashgan Ayozqal’a, Tuproqqal’a, Guldursinqal’a, Katqal’a, Shilpiqqal’a, Yanboshqal’a, Hozlimxon-Suluv tarixiy yodgorliklari hamda Sulton Uvays maqbarasi, shuningdek Nukus shahridagi Savetskiy nomidagi muzey mahalliy va chet ellik sayyohlarnio’ziga jalb qilib kelmoqda.
Hozirgi paytda, О‘zbekistonda tarixiy-madaniy, arxitektura va arxeologik ahamiyatga ega 7 mingdan ortiq turistik obektlar mavjud va ularning aksariyati YUNESKOning Butun-jahon merosi rо‘yxatiga kiritilgan. Dunyodagi sayyohlik va tarixiy obidalarning kо‘pligi bо‘yicha О‘zbekiston yetakchi о‘nta mamlakat qatoriga kiradi. Statistika ma’lumotlariga asosan ulardan 545 tasi arxitektura, 578 tasi tarixiy, 1457 tasi san’at yodgorliklari va 5500 dan ortig‘I arxeologik ahamiyatga ega obektlardir. Undan tashqari, Respublikamizda 300 dan ortiq muzeylar, 1200 ta xalq ijodiyoti tashkilotlari mavjud.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. 28 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan yangi Farmon turizm bozori ishtirokchilarini qo‘llab quvvatlashga yo‘naltirilgan muhim imtiyoz va choralarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
«Turizm xavfsizligi» keng ma’noli tushuncha bo‘lib, turizmda xavfsizlik turist va uning yuklarining xavfsizligi, turistlik muhit qatnashchilarining muhim hayotiy qiziqishlarini ichki va tashqi xavflardan, hamda turizm rivojlanishida atrof-muhitni salbiy omillardan himoyalanganligi tushuniladi. Turizmdagi xavfsizlik – bu turist hayoti va sog‘lig‘ini saqlash maqsadida, hamda unga va atrof–muhitga (jamoaga, jamiyatga, davlatga, tabiatga) yetkazilgan zararlarni minimallashtirishga qaratilgan majmuali tadbirlardir. Dunyoda bo‘lib o‘tayotgan voqea hodisalar xavfsizlik masalasi qanchalik muhimligini ko‘rsatmoqda va bu yerda nafaqat mamlakat ichki tartibi, balki xalqaro darajada muvofiqlashtirish talab etiladi. Turizmda xavfsizlikni ta’minlash borasidagi qarorlar turistlik faoliyat sohasidagi qonunlarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.
Turizmda xavfsizlik 5 tamoyillar asosida ta’minlanadi:
1. Milliy qonunlar, xalqaro huquqlar asosida turistlarni jo‘natuvchi yoki qabul qiluvchi davlat ularni himoya qilishi, panohiga olishi shart. Mamlakatda xorijiy turistlar kelishini nazorat qiluvchi, shaxsiy mulkini shaxsiyatini himoya qiluvchi, joriy-qidiruv ishlarini olib borish, sug‘urta to‘lovlarini to‘lash, valyuta ayriboshlash, madaniy qiymatga ega buyumlarni olib chiqish, axborot olishga imkoniyat, diplomatik va advokat ko‘magi va boshqa masalalarga tegishli huquqiy – me’yoriy aktlar qabul qilinadi. Turistlik firmalar litsenziya oladilar va mahsulotlarini sertifikatlaydilar. Xalqaro me’yorlar aviatashuchilar, suv transporti kompaniyalari, avtokorxonalardan avariya va favqulodda hodisalarni oldini olish maqsadida yagona va universal standartni bajarishni talab qiladi.
2. Makrodarajadagi tashkiliy mexanizmlar asosida. Bevosita va bilvosita turistlar xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq davlat va jamoa tarkiblari yordamida. Bular huquqiy, tartibni saqlash kuchlari (militsiya, razvedka xizmatlari) jinoyatchilik rivojini oldini oladi; bojxona tarkibi – bular, eksport – import, kontrabanda bilan kurashadilar; qutqaruv xizmatlari (tog‘ hududlarida, o‘rmonlarda, yong‘indan, tibbiy, FHV va boshqalar.) – odamlarni tabiiy ofatlar va texnogen xavflari mavjud joylardan qutqaradilar. Tashqi ishlar vazirligi – vaqtinchalik kelgan mamlakatda har xil holatlarga tushib qolgan fuqarolarga konsullik himoyasi xizmatini taqdim etadilar. Soliq qo‘mitasi – iqtisodiy jinoyatchilikga qarshi kurashadi, standartlashtirish xizmati – iste’molchilarga taklif etiladigan tovar va xizmatlar soni va sifatini nazorat qiladi, prokuratura – davlat va shaxsga qarshi harakatlarni oldini oladi, veterinariya va sanepidemialogiya xizmati – sanitariya talablarini tekshiradi va b.
3. Mikrodarajadagi tashkiliy mexanizm asosida. Bu sayohatchilarga bevosita xizmatlar taklif etuvchi turistlik korxonalardir. Masalan: turfirma marshrutni sertifikatlaydi, sug‘urta kompaniyasi – sayohatchini sug‘urtalaydi, mehmonxona-yong‘in va epidemiologik xavfsizlikni ta’minlaydi, avtoransport korxonalari mashinalarning texnik ahvolini tekshiradi. Mahalliy jamoa ham tashrif buyuruvchilarga xavfsizlikni ta’minlashlari shart. Buning uchun gidlar maxsus tayyorgarlikdan o‘tadilar, marshrutlar xavfsizligi (yo‘llar toshloq, zaharli o‘simliklar, yovvoyi hayvonlar) tekshiriladi, turistlarga maxsus moslamalar (palatka, qutqaruv jileti, dori-darmon) bilan ta’minlanadi, qutqaruvchilar va o‘rmon xizmatlari guruh kelgani va ularning bu yerda bo‘lish muddati haqida ogohlantiriladi va boshqalar. Turistning o‘zi ham xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi shart. Ya’ni, uning hayoti va sog‘lig‘iga nimlar xavf solishini anglashi, qabul qilingan talablarga rioya qilishi, hushyor bo‘lishi shart.
4. Iqtisodiy mexanizmlar asosida. Xavsizlik ta’minlanishining iqtisodiy mexanizmlari turist hayoti va mulkiga zarar yetkazilganda uni qoplashni nazarda tutadi. Masalan: sug‘urta kompaniyasining sug‘urta fondi zaruriy summani to‘lashga qurbi yetadigan bo‘lishi kerak. Davlat muhim organlar faoliyatini kerakli darajada moliyalashtirishi zarurkim, ular o‘z vazifalarini ya’ni, yo‘qolgan turistlarni izlash, jinoyatchilardan himoyalash, kasalliklardan davolashlarni bajarishsin.
5. Ijtimoiy – madaniy va siyosiy darajada xavfsizlik deganda jamiyatni boshqa ijtimoiy qarashlardan – diniy, g‘oyaviy, udumlarning buzulishi va boshqalar nazarda tutiladi. Afsuski turizm alkogolizm, narkomaniya va boshqa salbiy oqibatlarga ham sabab bo‘lmoqda. Bu yerda xalqaro terrorizmga qarshi kurash, diniy ekstremizmga qarshi davlatlararo koalitsiyalarni tuzish ham e’tiborga olinmoqda. Vazirlar Mahkamasining 23.11.2017 yildagi 939-son qarori bilan Buхoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida хavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasi tasdiqlandi. U toʻrtta asosiy yoʻnalishni oʻz ichiga oladi:
1. Xavfsiz turizmni ta’minlash boʻyicha ichki ishlar organlari tuzilmasini va faoliyatini tashkil etish uslublarini takomillashtirish. Shu tariqa, Buхoro, Samarqand, Xorazm va Qashqadaryo IIBda vaziyat markazlari faoliyat koʻrsatadi. Ularning vazifalari: хavfsiz turizm holatini monitoring qilish, sayyohlarni boʻlgʻusi хavf-хatarlar haqida real vaqt rejimida ogohlantirish hamda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda yordam berish. Yuqorida koʻrsatilgan viloyatlar IIBlarida хavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmalari tashkil etiladi. Ularning boshliqlari bir vaqtning oʻzida IIB boshliqlari oʻrinbosarlari hisoblanadi, shaхsiy tarkib esa tanlov asosida, birinchi navbatda, chet tillarini biladigan хodimlar jumlasidan shakllantiriladi.
2. Mamlakatimizda boʻlish, transportdan foydalanish va koʻchib yurish davrida sayyohlarning хavfsizligini ta’minlash. Xususan, sayyohlik sohasida хizmat koʻrsatadigan va kelgan sayyohlarni roʻyхatga olishni yuritadigan davlat va nodavlat ob’yektlar (tashkilotlar) yagona aхborot ma’lumotlar bazasini yaratish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, mamlakatda boʻlish qoidalari, viza va roʻyхatga olish taomillari, yaqin joylashgan diqqatga sazovor joylar toʻgʻrisidagi aхborot va boshqa foydali ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan mobil ilovalarni ishlab chiqish koʻzda tutilayotir.
3. Sayyohlarning yashash joylari, mehmonхonalarga joylashtirish va ularga хizmat koʻrsatish хavfsizligini ta’minlash. Buning uchun har bir mehmonхona faoliyatiga kelgan sayyohlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirishga yordam beradigan «Ye-mehmon» elektron aхborot tizimi joriy etiladi. Mehmonхonalarga kirishlarda kechayu kunduz videokuzatuv olib boriladi. Bundan tashqari, «Xavfsiz turizm» yagona apparat-dasturiy kompleksi joriy etiladi. Bu videokuzatuv, aхborotni tahlil qilish va avtomatlashtirilgan qayta ishlash, Buхoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlaridagi huquqbuzarliklar va boshqa hodisalar haqidagi ma’lumotlarni qabul qilish va roʻyхatga olish tizimidir.
4. Sayyohlik diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurishda va kechki dam olish vaqtini tashkil etishda sayyohlar, rasmiy хorijiy delegatsiyalarning хavfsizligini ta’minlash. Sayyohlarning yakka tartibdagi maхsus teхnik himoya vositalariga talablarni ishlab chiqish va oʻrnatish koʻzda tutilgan. Qaror bilan 2017-2020 yillarda Buхoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida хavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora tadbirlari dasturi ham tasdiqlangan.
Xavfsiz turizm – turizmni rivojlantirishning asosiy omili. Mamlakatimizda turistik salohiyatni yuksaltirish, turistlar oqimini ko‘paytirish, shuningdek, ularga qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish maqsadida 2017 yil 23 noyabrda Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq turistlar oqimi yuqori bo‘lgan Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida 2018 yil 1 yanvaridan boshlab xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmalari tashkil qilinib, tanlov asosida bir nechta xorijiy tillarda erkin so‘zlasha oladigan, kasbiy jihatdan yetuk hamda yuksak muomala madaniyatiga ega xodimlar jamlandi va moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi.
Ta’kidlanganidek, Buxoro, Samarqand, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari IIBlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan joriy yilning 5 oyi davomida 47 davlat va xalqaro tashkilotlardan tashrif buyurgan 313 delegatsiyani kutib olish, ularning xavfsizligini ta’minlash va kuzatish bilan bog‘liq tadbirlar tashkil etilgan. Bo‘linma xodimlari tomonidan turli masalalarda yordam so‘ragan 23 mingdan ortiq xorijiy va mahalliy turistlarning murojaatlari ko‘rib chiqilgan va ularga kerakli yordam ko‘rsatilgan. Shuningdek, turistlarga nisbatan sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda aholining madaniyati va mehmondo‘stlik fazilatlarini yuksaltirish maqsadida bo‘linmalar tomonidan 2 ming 709 profilaktik tadbir o‘tkazilgan.
Turistlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish va xavfsizlik choralarini kuchaytirish masalalari yuzasidan tegishli davlat organlari va tashkilotlarga 105 taklif va taqdimnomalar kiritilgan, ularning 18 tasi ichki ishlar organlarining boshqa sohaviy xizmatlariga, 42 tasi mahalliy hokimiyat organlariga, 45 tasi boshqa davlat organ va tashkilotlariga yuborilgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tashkil etilgan hududlarda turistlar tomonidan yoki ularga nisbatan birorta ham jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning joriy yil 6 martdagi “Transport va turizm ob’ektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra turistik salohiyati yuqori bo‘lgan Toshkent, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahrining ichki ishlar organlari tarkibida ham xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tashkil qilindi, – deydi Ichki ishlar vazirligi xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh inspektori, polkovnik Sarvarbek Usmonov. – Shuningdek, yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish uchun barcha boshqarmalar zamonaviy texnik vositalari bilan jihozlandi. Jumladan, alohida belgilari bilan ajralib turuvchi avtobus, yengil xizmat avtomashinalari, motosikl, skuter, segvey hamda planshetlar bilan ta’minlangan.
Mazkur reyting Fransiyaning Insurly portalida eʼlon qilingan. Reytingni tuzishda tabiiy ofat ehtimoli, sogʻliqni saqlash darajasi, jinoyatchilik boʻyicha ahvol, jumladan, terrorchilik va transport hodisalari ham hisobga olingan, deb yozmoqda. 2020-yilda sayyohlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha 1-oʻrin 100 ballik imkoniyatdan 93,4 ball olgan Shveysariyaga berildi. Ikkinchi oʻringa 92,7 ball bilan Singapur loyiq koʻrildi. Uchinchi oʻrinni egallagan Norvegiyaga 91,1 ballni toʻpladi. Sayyohlar uchun eng xavfsiz mamlakatlar oʻntaligiga shuningdek, Lyuksemburg, Kipr, Islandiya, Daniya, Portugaliya, Finlyandiya va Yaponiya ham kiritildi.
Oʻzbekiston ushbu reytingda 70,3 ball olib, 46-oʻrinni egallagan. Reyting tuzuvchilarning fikricha, turistlar uchun eng katta xavf, bu tabiiy ofatlardir. Bu yoʻnalishda Oʻzbekistonga atigi 25 ball berildi. Ammo Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash tizimi yuqori darajadaligi qayd etildi va 81 ball yozildi. Shuningdek, portalda taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonda kelgan sayyohlarga terrorchilik tahdidi umuman yoʻq. Reytingdagi 46-oʻrin Oʻzbekistonni MDH mamlakatlar orasida birinchi oʻringa olib chiqdi.
Roʻyxatda Oʻzbekistondan keyingi oʻrinlar quyidagicha boʻldi: Belarus (48-oʻrin), Ozarbayjon (52), Turkmaniston (60), Moldova (66), Gruziya (68), Qozogʻiston (71), Armaniston (72), Ukraina (83), Rossiya (86), Tojikiston (93), Qirgʻiziston (106) egalladi. 2020-yilda sayyohlar uchun eng xavfli mamlakatlar uchligiga Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo Demokratik Respublikasi va Janubiy Sudan kiritildi. 2020 yilda sayyohlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 1-o‘rin 100 ballik imkoniyatdan 93,4 ball olgan Shveysariyaga berildi. Ikkinchi o‘ringa 92,7 ball bilan Singapur loyiq ko‘rildi. Uchinchi o‘rinni Norvegiya 91,1 ball bilan egallagan. Sayyohlar uchun eng xavfsiz mamlakatlar o‘ntaligiga Lyuksemburg, Kipr, Islandiya, Daniya, Portugaliya, Finlyandiya va Yaponiya ham kiritildi.
O‘zbekiston ushbu reytingda 70,3 ball olib 46-o‘rinni egallagan. Reyting tuzuvchilarning fikricha, turistlar uchun eng katta xavf, bu tabiiy ofatlardir. Bu yo‘nalishda O‘zbekistonga atigi 25 ball berildi. Ammo O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimi yuqori darajadaligi qayd etildi va 81 ball berildi. Shuningdek, portalda ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda sayyohlarga terrorchilik tahdidi umuman yo‘q. Reytingdagi 46-o‘rin O‘zbekistonni MDH mamlakatlari orasida birinchi o‘ringa olib chiqdi.
Ro‘yxatda O‘zbekistondan keyingi o‘rinlar qo‘yidagicha bo‘ldi: Belarus (48-o‘rin), Ozarbayjon (52), Turkmaniston (60), Moldova (66), Gruziya (68), Qozog‘iston (71), Armaniston (72), Ukraina (83), Rossiya (86), Tojikiston (93), Qirg‘iziston (106) egalladi.

Download 70.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling