Mavzu Innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish zaruriyati Korxonalarda innovatsion texnologiyalar salohiyatini oshirishga ta’sir etuvchi omillar Innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish modellari
Innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish modellari
Download 26.81 Kb.
|
Документ
3.Innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish modellariTexnologik parametrlarga bog‘liq ravishda innovatsiyalar mahsulotli va jarayonli innovatsiyalarga bo‘linadi. Mahsulotli innovatsiya deganda yangi xom - ashyo, materiallar va yarim fabrikatlarni qo‘llash va yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish tushuniladi. Jarayonli innovatsiya - ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi uslublari (texnologik jarayon o‘zgarishlari) hisoblanadi. Innovatsion bozor uchun yangiligi bo‘yicha innovatsiyalar quyidagilarga bo‘linadi: jahonda tarmoq uchun yangi; mamlakatda tarmoq uchun yangi; v) alohida korxona uchun yangi. 3. Tizimdagi o‘rni bo‘yicha innovatsiyalar bo‘linadi: ishlab chiqarishga kirish tomonidagi innovatsiyalar; ishlab chiqarishdan chiqish tomonidagi innovatsiyalar; v) korxona strukturasi innovatsiyalari. 4. Kiritiladigan o‘zgarishlarning chuqurligi jihatidan: radikal (tubdan o‘zgartiradigan); takomillashtiruvchi (yaxshilaydigan); v) Modifikatsion (zamonaviylashtiradigan). 5. Faoliyat sohasi bo‘yicha innovatsiyalar bo‘linadi: texnologik; ishlab chiqarish; v) iqtisodiy; g) savdo - sotiq; ijtimoiy; boshqarish. Innovatsion o‘zgarishlarni o‘ziga xos kuzatilishi 1920 yilda rus olimi N.D. Kondratev tomonidan o‘tkazilgan. N.D. Kondratev xo‘jalik kon’yunkturalarning katta sikli nazariyasining muallifi. U sikllar ko‘pligi g‘oyasini asoslagan va davriy to‘lqinlar tebranishi modelini ishlab chiqqan: qisqa davrlar (3 - 3,5 yil), savdo - sanoat davri (o‘rta davr - 7 - 11 yil), katta davrlar (48 - 55 yil). N.D. Kondratevning baholashi bo‘yicha XVIII asr oxiridan boshlab katta sikllar davri quyidagicha bo‘lgan: Ko‘tarilish to‘lqini: oldingi asrning 80 yillari oxiri 90 yillarining boshidan to 1810-1817 yillargacha. Pasayish to‘lqini: 1810-1817 yillardan to 1844-1851 yillargacha. Ko‘tarilish to‘lqini: 1844-51 yillardan to 1870 - 75 yillargacha. Pasayish to‘lqini: 1870 - 75 yillardan to 1890 - 96 yillargacha. Ko‘tarilish to‘lqini: 1890-96 yillardan to 1914 - 20 yillargacha. Ehtimolli pasayish to‘lqini: 1920 yillardan. N.D. Kondratev aytishicha, innovatsiyalar xo‘jalik kon’yukturasini pasayishdan ko‘tarilish tendensiyasiga to‘lqinli o‘zgarish bilan o‘tkazadi. U yangiliklar vaqt bo‘yicha notekis taqsimlanishini va guruhlar, klasterlar bilan namoyon bo‘lishini ko‘rsatdi (klaster - bir-biriga bog‘liq bo‘lgan guruhlar). Bu klasterli yondashish deb ataladi. N.D. Kondratevning tavsiyalari innovatsion strategiyalarni ishlab chiqishda qo‘llanilishi mumkin. Download 26.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling