Mavzu: Inson ehtiyojlari tizimini o`rganish. Muvafaqqiyatga erishish va muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivatsiyasini o`rganish
Download 0.82 Mb.
|
ehtiyoj eks amal SIRTQI (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddiy
- Ijtimoiy
- Ehtiyojlarga birma-bir tavsif Maslou ierarxiyasi ko’pincha piramida ko’rinishida tasvirlanadi. Piramidaning eng quyi
- QADRIYATLAR YO‘NALISHLARI SAVOLNOMASI (I.G.SENIN) Qadriyatlar to‘g‘risidagi mazkur nazariy qarash dastlab M.Rokich
- Metodikaning tuzilishi va uni o‘tkazish jarayoni Ushbu metodika jami 80 ta savoldan
Mavzu: Inson ehtiyojlari tizimini o`rganish.Muvafaqqiyatga erishish va muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivatsiyasini o`rganish.Ehtiyoj — insonning yashashi va kamol topishi uchun kerakli hayotiy vositalarga boʻlgan zaruriyat. Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga boʻlgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy koʻrinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi. Ehtiyojning faqat pul bilan taʼminlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab — bu pul bilan taʼminlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan taʼminlanmasa, u „xohish“, „istak“ boʻlib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud boʻladi, chunki narx oʻzgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham oʻzgaradi. Ehtiyojlar deb, kishilarning yashashi, mehnat qilishi va ma’lum ijtimoiy mavqega ega bo’lishi uchun iste’mol etilishi zarur bo’lgan mahsulotlar va xizmatlar yig’indisiga aytiladi. Tabiiyki, har bir insondan hoxish, istak turlicha bo’ladi va shu tariqa ehtiyojlar ham turlicha bo’ladi. Inson jamiyatda yashar ekan, u albatta o’z hayoti davomida vujudga kelgan ehtiyojlarni ta’minlashga harakat qiladi. Ehtiyojlarni birlamchi – qondirilishi juda zarur v ikkalamchi - qondirilishi unchalik shart bo’lmagan turlari mavjud. Kishilarning kiyim – kechakka, oziq – ovqatga, uy joyga bo’lgan ehtiyoji birlamchi ehtiyoj turiga kiradi. Ehtiyojning ikkilamchi turiga qimmatbaho taqinchoqlar taqih, katta bir shashar yoki kurortlarda dam olish, ikkita yoki undan ortiqroq avtomashinaning egasi bo’lish, dang’illama imorat qurish va hakozolar kiradi. Biz ehtiyojlarni shakllariga qarab ham ajratamiz. Ma’lumki, kishilarning ovqat iste’mol qilishi, kiyim kiyishi kabi ehtiyojlaridan tashqari, bilim olish, o’rganish, mehnat qilish kabi ehtiyojlari ham mavjud. Ehtiyojlarning turlari ko’p, ularni bir – biriga o’xshash tomonlarini e’tiborga olib, asosan uchta qismga bo’lamiz. 1. Moddiy ehtiyojlar insoniyat paydo bo’lishi bilan yuzaga keladi. Moddiy ehtoyojlar, kundalik birlamchi ehtiyojlar bo’lib, ular oziq – ovqat, kiyim kechak, uy – joy va boshqalardir. 2. Ma’naviy ehtiyojlar qismiga kiruvchi ehtiyojlar jamiyatning rivojlanib borishi natijasida yuzaga keladi. Bunday ehtiyojlarga bilim olish, malaka oshirish, dam olish, davolanish va boshqa har xil xizmatlar kiradi. 3. Ijtimoiy ehtiyojlar asosan mehnat qilishga bo’lgan ehtiyojlar bo’lib, kishilarning maqsadli faoliyatini bildiradi. Ibrohim Xarold Maslou kim? 1908 yil 1 aprelda Nyu-Yorkda tug’ilgan Maslou etti birodarning eng kattasi edi. Uning oilasi farzandlari yaxshi o’sishi uchun Rossiyadan AQShga ko’chib kelgan. Maslow ta’limga bo’lgan cheksiz ishtahasi bilan ularni xafa qilmadi. U ko’plab universitetlarda turli sohalarda ishlagan, oilaviy iltimosiga binoan Nyu-York shahridagi kollejda yuridik ta’limni boshlagan va keyinchalik Kornell va Viskonsin universitetlarida psixologiya bo’yicha o’qigan. Tibbiyot fakultetini bir muddat boshlagan bo’lsa-da, u o’qishni tashladi. Yahudiy oilasidan kelib chiqqan holda, u keyinchalik o’zi o’sgan muhitda o’zini chetda qoldirish hissi haqida gapirib, o’z muvaffaqiyatiga shu istisno tufayli qarzdor ekanligini tushuntiradi. Maslow 1970 yil 8 iyunda vafotigacha bergan o’nlab asarlari bilan gumanistik psixologiyaning ustasi bo’ldi. Maslouning ehtiyojlar piramidasi 5 bosqichdan iborat. Ehtiyojlarga birma-bir tavsif Maslou ierarxiyasi ko’pincha piramida ko’rinishida tasvirlanadi. Piramidaning eng quyi qismi bazis ehtiyojlarni tashkil etsa, eng murakkab turdagi ehtiyojlar piramidaning yuqori qismida joylashgan. Eng muhim fiziologik ehtiyojlar, ya’ni oziq-ovqatga, suvga, kiyim-kechakka, uy-joyga, uyquga bo’lgan ehtiyoj piramidaning quyi qismidan o’rin olgan. Birlamchi ehtiyojlar qondirilgach, boshqa zaruriyatlar kishilarni yuqori darajadagi ehtiyojlarga, xususan xavsizlik va himoyaga bo’lgan ehtiyojga qarab harakat qilishga majbur qiladi. QADRIYATLAR YO‘NALISHLARI SAVOLNOMASI (I.G.SENIN) Qadriyatlar to‘g‘risidagi mazkur nazariy qarash dastlab M.Rokich tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, keyinchalik barcha mutaxassislar tomonidan to‘la qo‘llab-quvvatlangan. Jumladan, Rossiyada I.G.Senin (1991) tomonidan ishlab chiqilgan va 200 yilda Respublika tashxis Markazida modifikatsiya qilinib, o‘zbek milliy muhitiga moslashtiriilgan Qadriyatlar yo‘nalishlari savolnomasining asosiy g‘oyasi ham ushbu nazarga tayanadi va asosiy e’tibor bilan maqsadli qadriyatlari tashxis etishga qaratilgan. Metodikaning tuzilishi va uni o‘tkazish jarayoni Ushbu metodika jami 80 ta savoldan iborat bo‘lib, savollar, bir tomondan, 8 ta qadriyat yo‘nalishlaridan biriga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, shu savollar 5 ta hayotiy sohaga ham taalluqli qilib tuzilgan. Aniqroq qilib aytilsa, beta hayotiy sohaning har biri sakkiz juft (16 ta)dan savol mavjud (16x5=80) bo‘lib, ayni paytda bu savollar sakkiz yo‘nalishdagi maqsadli qadriyat yo‘nalishi besh xil hayotiy sohaga qaratilgan besh juft (10 ta) savol orqali aniqlanadi Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling