Mavzu: Inson ongida abstrakt tasavvurlarning yuzaga kelishi. Reja Ishlab chiqarish kuchlarining rivoji Fikr va nutqning vujudga kelishi
Download 17.35 Kb.
|
1-ma\'ruza (2)
2. Fikr va nutqning vujudga kelishi
Fikr va nutqning vujudga kelishi ibtidoiy jamiyat tarixidagi eng murakkab muammoviy masalalardan biridir. Masalaning murakkabligi shundaki, biz bu masala haqida to’g’ridan to’g’ri ma’lumotga ega emasmiz va ko’pincha bu hodisaning tashkil topishini yordamchi qiyosiy solishtirish manbalar asosida idrok etishimiz mumkin. Bu haqda bir necha manbalarga tayanish mumkin. Avvalo, bu masalada qiyosiy psixologik taqqoslash, fiziologiya, tilshunoslik, etnografiya, shuningdek, arxeologiya muayyan manba bo’lib xizmat qilishi mumkin. Bu masalani oydinlashtirishda antropologiyaning ahamiyati katta. Binobarin, bu fanning ixtiyorida antropogenez va uning taraqqiyoti jarayonini belgilab beruvchi manbalar mavjud. Masalan, fikr va nutqning kelib chiqishini o’rganishda odamning jag’ suyagi va miya rivojini o’rganish ahamiyatlidir. Fikr va nutq bir jarayonning ikki tomoni bo’lib, ular odamning o’zining ham shakllanishida mehnat faoliyati, ishlab chiqarish rivoji va odamning tabiat kuchini bo’ysindirishi bilan bog’liqdir. Shuning uchun ham bularning qaysi biri avval paydo bo’lgan degan masalani ro’kach qilib qo’yib bo’lmaydi. Fikr va nutq aslida bir vaqtda vujudga kelgan. Odamzodning ilk tarixi bosqichlarida mehnat qurollarini yaratish murakkab kechgan. Uning uchun, avvalo, fikrlashni taqozo qilgan. Mehnat qurollarini ishlab chiqarishdan olingan tajribalarni imo-ishora bilan emas, balki tovush chiqarib tushuntirish zaruriyatini keltirib chiqargan va bu hodisa odamzodning hayoti bilan bog’liq zaruriyati edi. Masalan, maymunlarda ham har xil tovush bo’lgan. Shu o’rinda shimpanzelarda 20 xildan oshiq tovush bor. Bunday emosiya bilan bog’liq tovush «hayot tovushi» deb atalgan. Taniqli arxeolog V.V.Bunakning ta’limoti bo’yicha ana shu hayot tovushi tovushli nutqning kelib chiqishida muhim baza bo’lib xizmat qilgan. Demak, nutqning kelib chiqishi odamzodning mehnat faoliyati bilan bog’liq bo’lib, bu hodisa ibtidoiy to’da taraqqiyot bosqichida oddiy shaklda vujudga kelgan. Mehnat jarayoni, ishlab chiqarish kuchlarining tobora rivojlanishi natijasida nutq bilan bog’liq so’zlashuv boyligi ham oshib borgan. Ma’noli va muayyan chuqur fikrga ega so’zlashuvni hozirgi zamon odamlarining shakllanishi bilan muvoziy jarayon, desak xato emas. Antropologlarning xulosasiga ko’ra aytish lozimki, neandertal odamlarida abstrakt tushuncha vujudga keladi. Bunga asos shuki, bu turdagi maymunsimon odamlarning miya hajmi hozirgi zamon odamlarining miya hajmidan qolishmas edi. Shunday qilib, dadil aytish mumkinki, odam nutqi va fikri ilk paleolitdan so’nggi paleolit davriga o’tish jarayonida sodir bo’lib, bu hodisa muhim sakrash edi. Shu bilan birga tovushli nutq ham rivoj topib borgan. Fikr va nutqning muvoziy evolyusiyasi natijasida so’nggi paleolit davri boshlariga kelib, hozirgi zamon odamlarining nutqi va tili tashkil topadi. Download 17.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling