Mavzu: inson resurslarini boshqarish jarayonida ish faoliyatining sifati va miqdorini baholash muammolari


Sifatni nazorat qilishga personalni jalb qilish. Sifatni har tomonlama boshqarish konsepsiyasi


Download 72.38 Kb.
bet2/3
Sana01.04.2023
Hajmi72.38 Kb.
#1316248
1   2   3
2.Sifatni nazorat qilishga personalni jalb qilish. Sifatni har tomonlama boshqarish konsepsiyasi
Sifatni nazorat qilish dasturi samaradorligini oshirish uchun personalni har bir bosqichda sifatni tekshirish, tuzatish va saqlashga jalb qilish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun uchta usul qo‘llaniladi. Sifatning samarali dasturi ularning bitta, ikkita yoki hammasini o‘z ichiga olishi mumkin. 1. Nazorat guruhlari. Bu guruh bo‘linma yoki ma’lum bir ishlab chiqarish jarayonida sifat nazorati borishini kuzatish va uni muntazam baholash maqsadida tuzilgan bo‘lib, u odatda nazoratchilar va liniyadagi ishchilardan tarkib topadi. Agar siz kishilarni bunday faoliyatga yaxshi jalb qila olsangiz, muammolar ertaroq aniqlanadi va tezroq hal qilinadi. Nazorat guruhi davriy majlislarda ishlab chiqarish faoliyatini yaxshilash va shu orqali sifatni oshirish bo‘yicha takliflar kiritishi mumkin. 2. Shaxsni tovar bilan bog‘lash. Yig‘uv liniyasidagi ayrim operatsiyalarni bajaruvchi operator tayyor mahsulot bilan konkret bajarilgan ishni solishtira olmaydi, o‘zi qilgan ishning natijasini baholay olmaydi. Shuning uchun ularda tayyor mahsulot uchun javobgarlik va o‘z ishidan gururlanish hissiyoti yo‘qoladi. Ular o‘z ishlarini ko‘ngildagidek bajarmasa va yuqori sifatli mahsulotni ta’minlamasa, ularning yomon yoki yaxshi ishlaganini hech kim aniqlay olmaydi. AQSH kasaba soyuzlari ishchilarni ish beruvchilar va o‘z ishidan uzoqlashtirish tendensiyasiga ega. Buning oqibati sifatida yirik fabrikaning ayrim ishchisi ish haqi olishdan tashqari nimaga erishganini his qilishi qiyin. Kichikroq korxonalarda bu muammo kamroq darajada namoyon bo‘ladi. Bu muammoni yechishda mahsulot sifati muammosini hisobga olgan holda xodim ish faoliyatini boshidan oxirigacha kuzatish imkonini beruvchi tizim eng muvafaqqiyatli usul bo‘lar edi. AQSHning bosma (pechat) presslar kompaniyasi bu muammoga boshqacha yondashdi. Yig‘uv liniyasida mashina yig‘ish o‘rniga barcha qismlar ish joyiga yetkazilar va bir kishi tomonidan yig‘ib chiqilar edi. Ish yakunida u shaxsiy yorlig‘ini mashinaga o‘rnatadi. Qanday usul qo‘llanishidan qat’iy nazar, u ishchining pirovard mahsulot bilan bog‘lanishi hissiyotini vujudga keltirsa, mahsulot sifati oshadi. 3. Xodimlarni yuqori sifat uchun mukofotlash usuli. Kompaniya ishlab chiqarish liniyasida yuqori sifat uchun xodimlarni rag‘batlantirish orqali qo‘shimcha foyda ko‘rishi mumkin.
Oxirgi yillarda g‘arbiy mamlakatlar kompaniyalarida sifatni har tomonlama boshqarish sifatni boshqarish konsepsiyasining rivojlantirildi. Bu konsepsiya tashkilotning barcha darajalarida eng yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini ifodalaydi. Bu konsepsiyaga muvofiq sifatni boshqarish tizimi, hatto, korxonadan tashqarida - mol xaridorga yetkazilgandan so‘ng unga xizmat ko‘rsatishni ham o‘z ichiga oladi.


Download 72.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling