Mavzu: intellekt va kreativlik nazariyalari Reja
Download 1.17 Mb.
|
intellekt va kreativlik nazariyalari
20
II-BOB. UZLUKSIZ TA`LIM TIZIMIDA PEDAGOGIK KREATIVLIKNING TUTGAN O`RNI 2.1. KREATIVLIKNING PEDAGOGIK TAHLILI Bugungi kunga kelib kreativlik nafaqat psixologlarning, balki pedagoglarning diqqat e`tiborini tortmoqda. Bu tushuncha ilmiy adabiyotlarda keng qo`llailmayotgan bo`lsa ham bu tushunchani ma`lum darajada pedagogik iste`molga kiritishga doir harakatlar ko`zga tashlanmoqda. Pedagogika oid manbalarda kreativlik ijod bilan bog`liq holda o`rganiladi va tushuniladi. Ijodkorlikning psixologik jihatlari haqida fikrlar bildirilib, bilim asosan fikr yuritish va tasavvur qilish bilan bog`liq holda tahlil etiladi. Ijodning psixologik asoslari sifatida qo`yidagi elementlar qabul qilangan. Bular: 1. Qabul qilish. 2. Xohish va istak. 3. Tasavvur qilish. 4. O`z-o`zini kuzatish. Shu bilan bir qatorda bilimning asosini tashkil qilishda asosiy o`rinni egallaydigan fikr yuritish bilan tasavvur qilish qo`yidagi elementlar belgilanishi e`tirof etilgan. Bular: 1. Aqliy mehnat. 2.
3.
Pedagogika fanida kreativlik masalasiga bevosita murojaat etgan pedagog olim pedagogika fanlari doktori, professor R.A.Mavlonova o`zining ilmiy ishlarida kreativlik haqida baholi qudrat fikrlar bildirgan. Uning «Boshlang`ich ta`limda innovatsiya», «Boshlang`ich ta`lim pedagogikasi, integratsiyasi, innovatsiyasi» nomli o`quv qo`llanma va darsliklarida kreativlikka alohida to`xtab o`tgan. Buyuk olim V.A.Slastyonin pedagogning innovatsion faoliyatiga bo`lgan qobiliyatlarining asosiy xislatlarini qo`yidagicha belgilagan: • shaxsning ijodiy motivatsiyani qo`llaganligi. 21
Bu qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish, ijodiy yutuqlar, peshqadamlikka va o`z kamolotiga intilish; • kreativlik, bu - xayoliy qarash; baho bera olish qobiliyati va o`z ka - molotiga intilish; • kasbiy faoliyatni baholash, bu - ijodiy faoliyat metodologiyasi va pedagogik tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik kontseptsiyasi va ziddiyatni ijodiy bartaraf qilish qobiliyatlari; ijodiy faoliyatiga hamkorlik va o`zaro yordam berish qobiliyati; • o`qituvchining individual qobiliyati, bu - ijodiy faoliyat sur`ati va ish qobiliyati; qat`iyatlik, mas`uliyatlik va xalollik, o`zini tuta bilish. Pedagog olima R.A.Mavlanova an`anaviy psixologiya va pedagogikada kreativlikka shaxs kategoriyasi sifatida qaralishini, uni talqin qilish, aniqlash borasida bahslar yuritilganligi haqida quyidagicha fikr bildirganlar: Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling