Mavzu: intellekt va kreativlik nazariyalari Reja


Download 1.17 Mb.
bet20/72
Sana10.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1187212
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   72
Bog'liq
intellekt va kreativlik nazariyalari

Amaliy uslublar o‘qituvchi tomonidan tashkil qilinadigan va 
yo‘naltiriladigan, o‘quvchilar fikrini rivojlantirishga moijallangan 
so‘z, ko‘rgazmalilik va amaliy ishning o‘zaro murakkab bog‘lanishida 
ko‘rsatadi.
Amaliy uslublar qo‘llanilishi o‘quvchilar retseptorlari va effektorla- 
rining faol faoliyati bilan bog‘liq. Amaliy uslublar o ‘rganilgan mate­
rialni tushuntirishga, ko‘nikma va malakalar hosil qilishga imkoniyat 
yaratadi. Amaliy uslublami qo‘llashga o‘quvchilar faoliyatining o‘zi 
bilim manbai hisoblanadi. Bunday usullar sirasiga og‘zaki, yozma 
mashqlar, laboratoriya ishlari, maktab yer maydoni, tirik tabiat bur­
chagida sinfdan tashqari bajariladigan mashg‘ulotlar kiradi. Amaliy 
uslublaming turlariga:

o‘quvchilaming tarqatma didaktik material bilan turli narsalar 

yasash;

rasm chizish;

tabiat obyektlarini tanib olish va aniqlash bo‘yicha ishlar;


hodisalami kuzatish va qayd qilish ishlari;


tajriba o ‘tkazishlari (tajriba vositasida masalalarni hal qilish) 


kiradi.

Amaliy ish boshlanishi oldidan qo‘yiladigan savol, muammo, ma- 


salaga o‘quvchilar uning natijalari bilan javob berishlari kerak. Tabi-


350

atshunoslik darslari tanib olish va aniqlash amaliy metodlarining bir 


turi bo‘lib, tarqalgan o ‘simliklami yoki ulaming qismlarini farqiga 
borib, tanib olish xususiyatlarini o ‘rgatadi.
Taqqoslashdagi farqqa borish o‘quvchining aniqlash qobiliyatini 
rivojlantiradi. Farq qilish va aniqlash bo‘yicha ishlar darslardagina 
olib borilmaydi, o‘qituvchi tabiatga uyushtiriladigan ekskursiyalarda 
ham o ‘simliklami topish va to‘plashni, namunalar yig‘ishni, ular- 
ning yoshi, vegetativ usullari, tuproq kesmalari, moslashishlarini
o‘zgamvchanlikni о‘quvchilaming o‘zlashtira olish qobiliyatlariga 
qarab tanlab berishi kerak. 0 ‘simliklar, ular qismlarining shaklini bilib 
olish bo‘yicha ishlami o‘quvchilar uy vazifasi sifatida bajaradilar.
Sinfda amaliy mashg‘ulotlar tarqatma material bilan olib boriladi, 
bu o‘quvchilarga o‘rganilayotgan narsani bir necha sezgi organlari bi­
lan qabul qilib olish imkoniyatini beradi, ya’ni ular narsani ko‘ribgina 
qolmasdan, ular ustida har xil tajribalar o ‘tkazadilar, uning xususiya- 
tini (masalan, timab ko‘rish, bolg‘acha bilan urib ko‘rish vositasida 
narsaning mo‘rtligini, egish bilan qayishqoqligi va egiluvchanligini 
va h.) sinaydilar. Tarqatma material sifatida tabiatshunoslik darslarida 
jonsiz va jonli tabiat jismlari (toshlar, foydali hasharotlar, o ‘simliklar 
va ulaming qismlari, may da hayvon va b.) dan foydalaniladi.
Amaliy ishlar quyidagi tartibda olib boriladi:
-

ish maqsadini e ’lon qilish;


-

o‘qituvchining yo‘l-yo‘riqlar berishi;


-

topshiriqni tushuntirish;


-

materiallami tarqatish;


-

kuzatish, o ‘tkazilgan ish natijalarini tushuntirish bilan suhbat;


-

xulosalami daftarga yozish;


-

rasmlar chizish.


Amaliy ish vaqtida o‘qituvchi topshiriq tushunarsiz yoki murak- 
kab bo‘lganda ayrim o ‘quvchilarga yordamlashadi. Agar qiyinchilik 
ko‘pchilik o‘quvchilarda sodir bo‘lsa, bunda ish mazmunini butun sinf- 
ga takroran tushuntirish kerak bo‘ladi. Amaliy ishning asosiy qiyin- 
chiligi kuzatilayotgan hodisalami anglab olish, eng muhimlarini ajrata 
bilish, xulosalami ifodalay olishdir.


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling