Mavzu: intellektual o’lchash asboblari va tizimlarining kelajakdagi rivojlanish yo’nalishlari va istiqbollari reja


Download 70.01 Kb.
bet1/11
Sana30.01.2024
Hajmi70.01 Kb.
#1816950
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
intellekt 7




MAVZU: INTELLEKTUAL O’LCHASH ASBOBLARI VA TIZIMLARINING KELAJAKDAGI RIVOJLANISH YO’NALISHLARI VA ISTIQBOLLARI


Reja

1. Intellektual o‘lchash asboblari to‘g‘risida.


2. Fanning qisqacha rivojlanish tarixi va rivojlanish tendensiyalari,
uning fan va texnikaning rivojidagi ahamiyati va roli.
3. Intellektual o‘lchashlarning fan va texnikadagi ahamiyati.
4. Xulosa
5. Foydalanilgan adabiyotlar

1.Intellektual o’lchash asboblari to‘g‘risida.


Intellekt (lotincha: intellects — bilish, tushunish, idrok qilish) — insonning aqliy qobiliyati; hayotni, atrof muhitni ongda aynan aks ettirish va oʻzgartirish, fikrlash, oʻqish-oʻrganish, dunyoni bilish va ijtimoiy tajribani qabul qilish qobiliyati; turli masalalarni hal qilish, bir qarorga kelish, oqilona ish tutish, voqeahodi-salarni oldindan koʻra bilish layoqati. Intellekt tarkibiga idrok qilish, xotirlash, fikr yuritish, soʻzlash va h.k. psixik jarayonlar kiradi. Intellektning rivojlanishi tug'ma isteʼdod, miya imkoniyatlari, joʻshqin faoliyat, hayotiy tajriba kabi ijtimoiy omillarga bogʻliq. Intellekt saviyasi, darajasi inson faoliyatining natijalariga, shuningdek, psixologik testlarga qarab ham belgilanadi.
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va intellektual o‘lchash (IO‘) vositalari bilan ta’minlash texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ishlab chiqarish samaradorligini muttasil oshirish va mahsulot sifatini yuqori darajaga ko‘tarish uchun xizmat qiladigan asosiy omil hisoblanadi. Avtomatlashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarini intellektual o‘lchash vositalari bilan ta’minlash borasidagi eng mas’uliyatli ishlar esa, shubxasiz, injener-texnik kadrlar zimmasiga tushadi. O‘lchash texnikasining samarali ishlashini ta’minlash metrologlarning kundalik muammosi xisoblanadi.
Bugungi kun injenerlari yangi texnologiya va texnikadan foydalanishga, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishni keng joriy etishga, ishlab chiqarish rezervlarini aniqlash va uni jadallashtirishga kodir bo‘lishlari kerak. Xususan, injenerlar va metrologlar oldida fan-texnika taraqqiyotining yo‘l boshlovchisi bo‘lishdek mas’uliyatli vazifa turadi.
O‘lchash texnikasi xalq xo‘jaligining barcha sohalarida fan-texnika tarakkiyotining muhim omillaridan biridir. Keyingi yillarda texnologik jarayonlarning o‘tish tezligi o‘sdi, bir agregatda o‘lchanadigan parametrlar soni ko‘paydi. Shu boisdan o‘lchash vositalarining va axborot-o‘lchov sistemalarining ishonchliligi ko‘p hollarda agregatning umuman ishonchliligini belgilaydi. Parametrlarning to‘g‘ri kiymatlarini bilmasdan turib va bu qiymatlarni avtomatik nazorat qilmasdan turib, texnologik jarayonlarni yoki agregatlarni to‘g‘ri boshqarib bo‘lmaydi, o‘lchov vositalarisiz esa avtomatlashtirib bo‘lmaydi.
O‘lchash texnikasini ishlab chiqarishga keng joriy etish uchun har bir injener-texnik xodim, qaysi soha mutaxassisi bo‘lishidan qat’i nazar, metrologiya asoslaridan, texnologik Intellektual o‘lchash asboblaridan, hisoblash texnikasidan o‘lchash jarayonlarini avtomatlashtirishda foydalanish imkoniyatlaridan xabardor bo‘lishi zarur.Ilmiy-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri kattaliklarni yanada aniqroq o‘lchaydigan makammal nazorat-o‘lchash asboblarini, qurilmalarini va tizimlarini yaratishdir. Texnologik jarayon parametrlarini nazorat qilish usullari va tizimlari, ob’ektlar, rostlash qonunlari, rostlagichlar, jarayonga ta’sir etuvchi qurilmalar, avtomatik va intellektual o‘lchash vositalaridan iborat.
Avtomatika va intellektual o‘lchash vositalari umumiy tushunchalar.

Download 70.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling