300-150= 800-20=
900-100= 900-400=
Singari misollar doskaga yozib qo`yiladi. Bu o`yinda hamma o`quvchilar qatnashadilar. O`quvchilar daftarlariga misollarni faqat javobini yozadilar. Kim xatosiz bajargan bo`lsa, o`sha o`quvchilar qatnashadilar va rag`batlantiriladi, 1,2,3-o`rinni olgan o`quvchilar g`olib deb topiladi. O`qituvchi ishlash yo`llarini ko`rsatadi. O`quvchilar ovoz chiqarmay daftarga ishlaydilar, so`ng qo`l ko`taradilar.
“Misol ishlash” o`yini
O`yin mazmuni: doskaga ushbu misollar yozib qo`yiladi:
24-6 16+14 32-21
7+8 5+4 44+6
6+6 8+9 7+9
O`quvchilar bular orasidan bir xonali sonlarni qo`shish jadvaliga tegishli misollarni topishlari, ularni o`qishlari va javobini aytishlari kerak.
“Kim tezroq” o`yini
O`yin mazmuni: doskaga uchta misol yozilgan bo`ladi
8 5 9
6 8 3 + 9 + 7 + 9
7 6 6
Har qaysi qatordan bittadan o`quvchi chiqariladi, ular o`qituvchining ishorasi bilan yig`indilarni hisoblashga kirishadilar va ularni doskaga yozadilar. Qolgan o`quvchilar esa kuzatib turishadi. Birinchi bo`lib to`g`ri yozgan o`quvchi g`olib hisoblanadi.
“Sonning tarkibini toping”
O`yin mazmuni: magnit doskasida 9 raqami ko`rsatiladi va u qanday sonlardan tuzilganligi so`raladi. O`quvchilar magnit doskasida ko`rsatadilar.
8+1=9 6+3=9
7+2=9 5+4=9
Bu o`yin orqali o`quvchilar soninig tarkibini aniqlashadi. Albatta, birinchi bo`lib yechgan o`quvchi g`olib hisoblanadi.
“Javobi 4 chiqishi kerak”
To`rt bola to`rt xil amal bo`yicha misol yechyapti. Ular bir shartga rioya etishlari-ya’ni, shunday sonlarni topishlari kerakki, ularni 2 ga bo`lganda, ko`paytirganda, qo`shganda va 2 ni ayirganda javobi bir xil, albatta 4 chiqsin.
X:3= X+2=
X*2= X-2=
Bundan tashqari turli matematik topshiriqlar, qiziqarli masalalardan ham foydalanilsa bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |