Mavzu: Interferometrlar. Ko`p nurli interferensiya


Yorugʻlik interferensiyasi


Download 362.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana13.05.2023
Hajmi362.64 Kb.
#1456012
1   2
Bog'liq
Interferometrlar 01

Yorugʻlik interferensiyasi - ikkita yoki bir nechta 
yorugʻlik toʻlqinlarining qoʻshilishi natijasida yorugʻlik 
nurlanishi energiyasining fazoda qayta taqsimlanishi 
(qarang 
Interferensiya
); toʻlqin interferensiyasining xususiy 
holi. Yo. i. ekran yoki b. sirtda yorugʻ yoki qorongʻi yoʻllar 
yoki dogʻlar (monoxromatik yorugʻlik uchun) yoxud rangdor 
qismlar (oq yorugʻlik uchun) yonmayon joylashgan holda 
koʻrinadi. Yo. i. 17-asrdaI. Nyuton tomonidan tadqiq qilingan 
boʻlsada, uning korpuskulyar nazariyasi ushbu xrdisani 
tushuntira olmadi. Uni 19-asr boshida T. Yung va O. 
Frene.tar toʻlqin hodisa sifatida nazariy talqin qilib berdilar. 
Doimiy faza farqi sharoitida, yaʼni kogerent yorugʻlik 
dastalarining qoʻshilishi natijasida vujudga keluvchi, fazoda 
kuchaygan va susaygan intensivliklarning muntazam 
almashinuvidan iborat boʻlgan Yo. i. eng kengtarqalgan — 
statsionar interfere n siya dir. Yo. i. turlari asosan 
yorugʻlikning kogerent dastalarini hosil qilish usullari bilan 
bogʻliq. Yorugʻlikning kogerent dastalarini hosil qilishning 
ikki usuli: toʻlqin frontini boʻlish usuli va amplitudani boʻlish 
usulidan keng foydalaniladi. Toʻlqin frontini amplitudaviy 
boʻlish tuzilmalarida birlamchi manbaning nurlanishi optik 
muxitlarning yarim shaffof boʻlinish chegaralari bilan 
boʻlinadi. 



Download 362.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling