Mavzu: Internet tarmog`i xizmatlari
Internetning dasturiy ta`minoti
Download 33.64 Kb.
|
Mavzu Internet tarmogi xizmatlari va ulardan foydalanish
Internetning dasturiy ta`minotiInternet axborotni etkazib berishda klient-server (client-server yoki mijoz- xodim) modeli asosida ishlaydi. Bu model’ yana mehmon-mezbon (guest-host) deb ham ataladi. Klient-server modelida klient komp’yuteri axborot saqlanadigan server komp’yuteriga ulanadi, klient axborotni olish uchun server unga xizmat ko`rsatishini kutadi. Buning uchun klient serverga unga xizmat ko`rsatishlari haqida talab jo`natadi. Bu xizmatlar axborotni qidirib topish va uni jo`natish bo`lishi mumkin. Bu narsa tarmoqda ma`lumotlar ombori bilan ishlashga o`xshab ketadi. elektron pochta xabarlarini etkazib berish, kirib kelgan va jo`natilgan xabarlarni saqlash xizmatlarning boshqa turlariga misol bo`la oladi. Har gal internetga kirganingizda siz server komp’yuterlariga ulanasiz va uning resurslaridan foydalanasiz. Odatda, klient sifatida mahalliy tarmoqqa ulangan komp’yuterlar va ularning dasturiy ta`minotidan foydalaniladi. Server komp’yuterlar, ko`pincha, ancha kuchli komp’yuterlar bo`lib, ularda ma`lumotlar va xizmat ko`rsatuvchi dasturlar joylashgan bo`ladi. Klient-server modeli yordamida juda ko`p ishlarni qilish mumkin va shu sababli ishlab chiqaruvchilar bu modelni qo`llab- quvvatlovchi bir qator operatsion tizimlarni ishlab chiqarganlar. Serverga ulanish turli usullarda bo`lishi mumkin. Bitta serverga ko`plab klient komp’yuterlari bir vaqtda ulana oladilar. Bu klientlarning komp’yuterlari turli rusumda bo`lishi mumkinligini alohida ta`kidlab o`tish kerak. Butun olam axborot to`ri – WWWda brauzerlar (veb sahifalarni ko`rish darchasi) klient dasturi, qaerdadir Internet tarmog’ida veb sahifalar saqlanadigan komp’yuter esa server bo`ladi.Brauzer kerakli veb sahifani yuklash haqida serverga talab yuboradi, server bu talabni ko`rib chiqib, so`ralayotgan sahifani klientga jo`natadi. Klient va server o`rtasidagi aloqa faqat ma`lumotlarni almashish paytida vujudga keladi. Veb sahifa klient komp’yuteriga kelib tushgach, ular orasida http (Hypertext Transfer Protocol –gipermatnni uzatish protokoli WWW da keng ishlatiladi) bog’lanish ham uziladi. http bog’lanish uzilsa ham, internetga, to`g’rirog’i, internet servis provayderga TCP/IP bog’lanish davom etadi. Butun olam to`rida klient-server modelining ko`plab funktsiyalari umumiy shlyuz interfeysi (Common Gateway Interface yoki qisqacha CGI) orqali amalga oshiriladi. Bu texnologiya bilan keyinroq bir qadar batafsil tanishib chiqamiz. Download 33.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling