Mavzu: Internet tarmoqlaridan to’g’ri foydalanish Darsning shiori: G’oyaga qarshi g’oya, fikrga qarshi fikr
Download 29.93 Kb.
|
tarbiyaviy soat
Elektron pochta xavfsizligi bo'yicha qo'shimcha tavsiyalar
Email manzilingizga kuchli parol o'rnating. Parol uchun sodda so'z yoki raqamlardan foydalanmang. "SplashData" firmasi ma'lumotiga ko'ra, o'tgan yili eng ko'p ishlatilgan parollar 12345, 12345678 va qwerty bo'lgan. Bunday parollarni buzish yoki qo'lga kiritish uchun esa xaker bo'lish shart emas. Iloji boricha, parolingizda bosh harflar, raqamlar va maxsus belgilar jamlanmasidan foydalaning. Masalan, "yaxshilik" degan oddiy so'z va harflardan iborat parolni "YaxshiliK1!" shaklida har xil belgilardan iborat murakkab parolga aylantirishingiz mumkin. Elektron pochta parolidan boshqa sayt yoki onlayn xizmatlarda foydalanmang. Har bir sayt uchun alohida parol tanlashingizni tavsiya qilamiz. Yodda tutish uchun parollarni kompyuteringizda yoki boshqa onlayn va elektron qurilmalarda saqlamang. Ularni qog'ozga yozib oling va hech kim bilmaydigan joyda saqlang. Jamoat komputerlaridan foydalanganda har doim ishlatib bo'lgandan so'ng saytdan yoki elektron pochtadan chiqishni unutmang. Buning uchun "Chiqish", Log out" yoki "Vixod" tugmalarini bosishingiz kerak. Tizimdan chiqmasdan turib oynani (brauzerni) yopsangiz, undagi barcha ma'lumotlaringiz saqlab qolinadi va sahifani kimdir qayta ochganda sizning ma'lumotlaringiz chiqib keladi. Jamoat komputerlari deganda kutubxona, internet kafelaridagi yoki birovga tegishli bo'lgan komputerlarni tushunish mumkin. Bir necha odamga bitta maktubni yuborishni istasangiz, e-mail manzillari hammaga ko'rinishi mumkinligini hisobga oling. Maktub olgan tomon bu maktub yuborilgan boshqa emaillarni ko'rmasligi istasangiz, pochta manzilllarini "Bcc" (Gmail va Yahoo kabi ingliz tilidagi pochta xizmatlarida) yoki "Скрытая копия" (Mail.ru kabi rus tilidagi pochta xizmatlarida) qatoriga kiriting. Shunda bitta maktubni olgan bir necha odam bir-birining elektron pochta manzilini ko'rmaydi. Bu muhim, chunki maktub yuborilgan tomonlar email manzilining o'zi bilmagan boshqa odamlarga ko'rinishini istamasligi mumkinIjtimoiy tarmoqlar bugun ko'pchilik uchun internetning asosiy qismiga aylanib ulgurdi. Ya'ni ko'plab foydalanuvchilar bugun internetga, asosan, ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o'tkazish uchun kiradi: yangiliklarni ham, video va boshqa ko'ngilochar ma'lumotlarni ham shu tarmoqlardan oladi; do'stlari bilan gaplashadi, suhbat quradi va hokazo. Ommaviy ijtimoiy tarmoqlarga misol sifatida Facebook, Twitter, Odnoklassniki, Vkontakte va Muloqot kabi saytlarni keltirish mumkin. Internet foydalanuvchilarining shaxsiy daxlsizligiga eng katta tahdid hozir ana shu tarmoqlardan kelishi mumkin. Chunki eng ko'p shaxsiy ma'lumotlaringiz, suratlaringiz va hatto kredit karta va bank ma'lumotlaringizni shu saytlarga kiritgan bo'lishingiz mumkin. Demak, bu ma'lumotlar pand bermasligi uchun ijtimoiy tarmoqlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak. Bu borada sizga bir necha maslahatlarimiz bor: Ijtimoiy tarmoqlarga, imkoni boricha, shaxsiy ma'lumotlaringizni kamroq joylashtiring. Shuni unutmaslik kerakki, ijtimoiy tarmoqlar xavfsizlik choralarini qanchalik kuchaytirmasin, u yerga joylashtirilgan ma'lumotlaringiz hech qachon to'la xavfsiz bo'la olmaydi. Eng yomon holatda sayt xakerlar hujumiga uchrab, undagi yashirin suratlaringiz, yashirin yozishmalaringiz bir kunda butun dunyoga oshkor bo'lib ketishi hech gap emas. Bu yerning ommaviy maydon ekanini unutmang. U yerga biror surat yoki gap yozib qoldirdingizmi, u endi internet serverlariga muhrlanib qoladi va bu gap-ma'lumotlarni sahifangizdan o'chirib yuborgan taqdiringizda ham, u server xotiralaridan o'chmasligi mumkin. Shuning uchun har qanday gap-so'zni yozishdan oldin yetti o'lchab bir kesing. Saytda ro'yxatdan o'tishdan oldin tarmoqdan foydalanish qoidalari bilan tanishib chiqing. Uzundan uzoq bu qoidalarni ko'pchilik o'qimaydi, ammo bunday saytlar, odatda, mas'uliyatni zimmalaridan soqit qilish uchun ko'p masalalarda to'liq mas'uliyatni foydalanuvchi zimmasiga yuklaydi. Masalan, tarmoqqa qo'yilgan har bir surat saytning mulkiga aylanadi, degan shart bo'lishi mumkin. Agar bu kabi shartlarga rozi bo'lmasangiz, saytga a'zo bo'lmang. Saytning sozlamalar panelidan (Settings) xavfsizlik bo'yicha mavjud imkoniyatlarni o'rganib chiqing. Yozayotganlaringiz yoki sahifangiz kimlarga ko'rinadi, kimlar sizga xat yoza oladi kabi masalalarda shu paneldan o'zingizga mos holatni tanlab olishingiz mumkin. Shubhali havolalarni ochmang. Ular tarmoqdagi profilingizga kirishni ko'zlovchi zararli dasturlar bo'lishi mumkin. Bu esa sizning nomingizdan do'stlaringizga istalmagan xat va havolalar ketishiga sabab bo'lishi mumkin. Do'slaringiz bilan qiladigan maxfiy chatlaringiz ham, aslida, kuzatuvdan xoli emas. Sayt ma'muriyati yoki hukumat idoralari, xohlasa, bu ma'lumotlarni ochib ko'ra olishlari mumkin. Xulosa Internetning insoniyat uchun foydasi va imkoniyatlari kundan kunga oshib bormoqda. Shu bilan birga xavfsizlik borasida ham muammolar kamaygani yo'q. Barcha kerakli avtiviris va boshqa axborot xavfsizligini ta'minlovchi dasturlarga ega bo'lsangiz ham, sizning internetdagi faoliyatingiz hech qachon 100 foiz xavfsiz bo'lmaydi. Parolni kuchli tanlash yoki zararli saytlarga kirmaslik orqali sizga bo'ladigan xavf darajasini minimumga tushirishingiz mumkin, ammo agar xakerlar shaxsan sizini hujumga olishni qasd qilsa, ular tahdididan omon chiqishingiz ehtimoli juda kam. Albatta, oddiy odamlarning qasddan qilingan xakerlar hujumiga duch kelishi deyarli uchramaydi. Shuning uchun xulosa sifatida sizga internetdan xavfsiz foydalanish bo'yicha so'nggi tavsiyalarimizni taqdim etamiz. Imkoni boricha shaxsiy ma'lumotlaringizni internet saytlariga va tarmoqlariga kamroq kiriting. Notanish odamlar bilan muloqot qilmang va ulardan kelgan elektron pochta maktublaridagi sayt manzillarini va ilova qilingan fayllarni aslo ochmang. So'nggi paytlarda hatto o'zbek tilida ham spam va zararli emaillar kelmoqda. Shaxsiy maktublaringiz va chatdagi muloqotlaringizni siz va siz aloqa qilayotgan odamdan boshqa hech kim bilmaydi, deb o'ylamang. Har bir yozgan gap-so'zingiz otilgan o'qdek qayergadir borib saqlanib qoladi yoki kimlardir zimdan kuzatayotgan bo'lishi mumkin. Internetni mas'uliyat bilan ishlating. O'z so'zingizning ortida tura olmasangiz, ya'ni internetda yozgan so'zingiz yoki amalga oshirgan xatti-harakatingiz uchun omma oldida ham uyalmasdan, qo'rqmasdan javob bera olishga ko'zingiz yetsagina, internetda shunday faoliyat bilan mashg'ul bo'ling. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarda boshqalar bilan bahslashganingizda, kimlarnidir yoki nimalarnidir tanqid qilganingizda, shunday holatlarga duch kelishingiz mumkin. Internetda noqonuniy faoliyat turlari bilan shug'ullanmang. Nimalar noqonuniy faoliyat turiga kirishi mumkin? Masalan, pornografiya tomosha qilish, zo'ravonlikka, diniy ekstremizga targ'ib etuvchi materiallarni o'qish yoki tarqatish jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaruvchi oqibatlarga olib borishi mumkin. Demak, internetda ham qonunga itoatkor fuqaro bo'ling Download 29.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling