Mavzu: Internet tarmoqlaridan to’g’ri foydalanish
Darsning shiori: G’oyaga qarshi g’oya , fikrga qarshi fikr
Tarbiyaviy soat mavzusining maqsadlari:
Tarbiyaviy maqsad: O'quvchilarda odob-axloq va g’oyaviy immunitetni shakllantirish
Rivojlantiruvchi maqsad: Internetdagi tahdidlardan himoyalanish.
Dars turi: Ochiq tarbiyaviy soat.
Darsda qo'llaniladigan asosiy metodlar:
"Auksion", aqliy hujum, hikoya-suhbat.
Darsning jihozi:
1. Do‘ska, bo‘r.
2. Videoproyektor, kompyuter.
3. Mavzuga oid plakatlar, rasmlar
Tarqatma materiallar.
Savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar, tarqatma materiallar.
Tarbiyaviy soat mavzusining tayanch tushunchalari:
Axborot, kibermakon, tahdidlar, ma’lumotlar iste’moli, profil, elektron pochta
I. Tashkiliy qism:
1. Sinf xonasi va o'quvchilar xolatini aniqlash.
2. O'quvchilarni yo'qlama qilish.
3. O'quvchilarning diqqatini jamlab, sinfda ishchi muhitini yaratish
II. Axborot texnologiyalaridan foydalanish:
Darsning bu qismida manitor yoki kampyuterda o’quvchilarga internetdan noto’g’ri foydalanish oqibatida tahdidlarga uchragan va yot g’oyalar ta’siriga tushib qolgan bolalar haqida videorolik qo’yib beriladi. Videorolik tomosha qilib bo’linganidan so’ng o’quvchilar ikki guruhga bo’linib ularga mavzuga oid muammoli savollar beriladi.
.
Savollar va javoblar.
1-guruhga savollar.
1. Inson internetda tahdidlarga uchramasligi uchun internetdan foydalanmasligi kerakmi?
2. Inson internetda o’qiyotgan yoki ko’rayotgan videosini to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini qanday biladi ?
Do'stlaringiz bilan baham: |