Mavzu: internet va elektron pochta xizmatlaridan
Internet haqida qiziqarli ma’lumotlar
Download 1.59 Mb.
|
Mavzu internet va elektron pochta xizmatlaridan foydalanish
Internet haqida qiziqarli ma’lumotlarDeyarli har kuni internetdan foydalanamiz, kinofilmlar tomosha qilamiz, musiqa tinglaymiz, turli ma’lumotlar qidiramiz. Bugungi kunda global tarmoq hayotimizga tobora chuqur kirib kelmoqda. Internet haqida qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz. Internet tarmog‘ida 130 trilliondan ortiq sahifa mavjud. Instagramm messenjeriga har kuni 95 milliondan ortiq fotosur’at yuklanadi. Internetga bir vaqtning o‘zida 8.7 milliarddan ortiq uskuna ulangan bo‘ladi (siz ushbu ma’lumotni o‘qiyotgan vaqtda ham). Kunning istalgan daqiqasida YouTube tarmog‘iga taxminan 72 soatdan 300 soatgacha bo‘lgan videoroliklar yuklanadi. Internet to‘rining 5 million terabaytining real massa og‘irligi, qum zarrasidan ham yengil hajmni tashkil etadi. Xakkerlar tomonidan, har kuni 85 000 saytga hujum uyushtiriladi. Sayyoramizning taxminan 30 foiz aholisi Facebook tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan. Xitoyda internet-narkomanlar uchun maxsus kasalxonalar mavjud. Ilk elektron xat 1971 yilda amerikalik dasturchi Rey Tomlinson tomonidan yuborilgan. Dunyodagi eng birinchi veb-sayt hozirgi kunda ham faoliyatini davom ettirmoqda. Tekshirib kurishingiz mumkin: WWW (World Wide Web). Yer yuzida har kuni 247 milliarddan ortiq elektron xatlar yuboriladi. Biroq ularning 90 foizini SPAM va virusli xatlar tashkil etadi. Internetdan foydalanuvchi davlatlar orasida Islandiya eng yuqori ko‘rsatgichga ega. Eng past ko‘rsatkich – Shimoliy Koreyada qayd etilgan. Shimoliy Koreyada ichki internet mavjud. U yerda global internetdan foydalanish taqiqlangan. Dunyodagi birinchi “smaylik” 1982 yilda amerikalik informatik Skott Falman tomonidan o‘ylab topilgan. U do‘sti bilan yozishayotgan vaqtda ilk bora “smaylik” yuborgan. Yer yuzining eng yuqori nuqtasi – Everest cho‘qqisida, yuqori tezlikka ega intenet mavjud. Global to‘rda eng ko‘p foydalaniladigan til – ingliz tili. Barcha veb-saytlarning 50 foizi, ma’lumotlarni ingliz tilida taqdim etadi. Shunisi e’tiborga loyiqki, ingliz tilidan keyingi o‘rinda rus tili turadi. Texnik qurilmalar o‘rtasida o‘zaro yozishmalar uchun mo‘ljallangan dastlabki aloqa 1960 yilda kashf etilgan. Lekin mazkur aloqa (global internetning “otasi”) faqatgina AQSh xavfsizlik xizmati tomonidan qo‘llanilgan. YouTube tarmog‘iga yuklangan barcha videoroliklarni umr davomida ko‘rib chiqishning iloji yo‘q. Qiziqarli ma’lumot: Yer yuzidagi insonlar orasidan “Internet kalitini” saqlash uchun 7 kishi tanlab olingan. “Internet kaliti” – bu internetni qayta ishga tushirish uchun mo‘ljallangan, maxsus shifr kiritilgan elektron kartalar. Mabodo, internet tarmog‘iga global xakkerlar hujumi uyushtirilsa yoki boshqa bir kutilmagan ko‘ngilsizliklar sodir bo‘lsa, “Internet qo‘riqchilari” zudlik bilan AQSh xarbiy bazasiga olib kelinadi va qo‘riqchilar o‘z kalitlarini faollashtiradilar. Natijada internet o‘chirib qo‘yiladi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling