Mavzu: internet va elektron pochta xizmatlaridan


Download 1.59 Mb.
bet1/4
Sana24.04.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1395088
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu internet va elektron pochta xizmatlaridan foydalanish

1-AMALIY MASHG’ULOT.


MAVZU: INTERNET VA ELEKTRON POCHTA XIZMATLARIDAN FOYDALANISH.
Maqsad: Internet va elektron pochta xizmatlaridan foydalanishni o’rganish.
Kerakli texnik vositalar: Shaxsiy kompyuter yoki telefon.

Amaliy mashg`ulot rejasi:





  1. Internetning yaratilish tarixi.
  2. Internetdagi xizmat turlari.


  3. Elektron pochta haqida ma’lumot.
  4. Elektron pochta xizmatidan foydalanish asoslari.


Internet - bu jahon kompyuter tarmoqlari majmuidir. Internet kupgina imkoniyatlarga ega.


Internet imkoniyatlari bilan to`laroq tanishish maqsadida uning tarixiga sayoxat qilamiz.
1960 - yillari Karib mojarosidan so`ng, AQSHning ilmiy markazlaridan biri bo`lgan RAND CORPORATION korxonasi, birinchi marta butun mamlakatni qamrab oladigan markazlashmagan kompyuter tarmog`ini yaratishni taklif qildi. Bu loyixani amalga oshirishdan maqsad xarbiy muassasalar, ilmiy va o`quv markazlari kompyuterlarini bir tarmoqqa birlashtirishni markazlashtirish edi. Maqsad yadro quroli hujumida ham, tarmoqning bir necha qismi ishdan chiqqan xolda ham ishlash faoliyatini saqlab qoladigan sistemani yaratish edi. Bunday sistemani tarmoqlar soni ko`p bo`lgandagina amalga oshirsa bo`lar edi. Shunday qilib, Internet asos solindi.
1964 - yili 4 tarmoqdan iborat AQSHning eng nufuzli tekshirish institutlarida joylashgan ARPANET tarmog`i yaratildi. Boshida olimlarnnig tadqiqot ishlarida foydalanilgan tarmoq, keyinchalik ularning safsata sotishning kompyuterlashgan zanjiriga aylandi. Ammo shunday tarmoq yaratishning o`zi katta muvaffiqiyat edi. 70 - yillarda tarmoq ancha o`sdi. Endi tarmoqning tuzilishi unga xoxlagan kompyuterni ulash imkoniyatini beradi. Keyinchalik 1974 - yilda tarmoqlarni birlashtiruvchi TCP / IP protokoli tuzildi va tarmoqning rivojlanishiga turtki bo`ldi. Chunki tarmoqqa ixtiyoriy kompyuterni ulash imkoniyati paydo bo`ldi. 1983 - yilda ARPANET INTERNET deb atala boshlandi va u juda kuchli, bir - biri bilan bog`langan kompyuterlar va tarmoqlar to`plamidan iborat sistemaga aylandi. 1980 - yillar INTERNET ning keskin usish davri bo`ldi. Kompyuterlarning markazlashmagan boshqarish tarmog`i bilan bog`lanish sxemasi butun dunyoga tarqaldi va chet el tarmoqlari tashkilotchilari AQSH tarmog`iga ulanishga rozi bo`lishdi. INTERNET ning butun dunyoni qamrab olishi quyidagi tarmoqlarning qo`shilishi xisobiga bo`ldi:

  • EUNet - Evropadagi UNIX mashinalari tarmog`i (1982 yil)

  • EARN - O`quv va ilmiy - tekshirish muassasalarining tarmog`i (1983 yil)

  • JUNET - Yaponiyadagi UNIX mashinalarining tarmog`i (1984 yil)

  • JANET - Buyuk Britaniyaning birlashgan akademik tarmog`i (1984 yil)

1980 yillar davomida AQSH ning eng tanilgan korxonalari NSFNET Prinston, Pittsburg, Kaliforniyaning Santa - Barbara unversiteti va Kornell universitetida beshta superkompyuter markazlarini tashkil etishdi. Bu besh markazni AQSHda "Internet Backbone" (Internet asosi) deb atashadi. NSFNET 56 kbayt/s oshishiga sababchi bo`ldi. 1987 - yili Internetga ulangan kompyuterlar soni 10000 ta bo`lsa, 1989 - yili 100000 taga etdi.
90 - yillar Internetda xizmat tarmoqlari tashkil qilingan davr bo`ldi. 1990 yili Bill Xilan, Elan Emtij va Piter Deych Archie programmasini ishlab chiqishdi. 1991 - yili NSFNET tarmog`i takomillashtirildi va uzatish tezligi 44.736 mbayt/s ga etdi. Shu yili Bryuster Kaale WAIS programmasini tuzdi, Minnesota unversitetida Pol Lindner va Mark Mak - Kayl tomonidan Gopher programmasi tuzildi. Bu voqealardan keyin 1992 yili Nevada shtati universitetida yaratilgan Veronica sistemasi ishga tushirildi. Shu sababli 1992 yili tarmoqdagi kompyuterlar soni milliondan oshib ketdi.
Internetning 1990 - yillardagi rivojlanishiga asosiy World Wide Webning (Butun Dunyo Tarmoqg`i) tuzlishi bo`ldi. 1990 - yil noyabrda Evropa atomni tekshirish markazi (CERN) xodimi Tim Berns - Li WWW tarmog`ining birinchi nusxasini yaratdi, lekin u 1992 - yilgacha ishga tushirilmadi. 1993 - fevralida NCSA (Nationol Center for Supercomputer Applications, Super kompyuterli Xisoblash Markazi) Mosaic programmasining alfa - versiyani tuzdi. 1993 - yil sentyabrida birinchi ishlovchi Mosaic versiyasi ishlab chiqildi va axborot okimi WWW bo`yicha 1% ni tashkil qildi. 1993 -yil oktiyabrida 200 ta WWW - servir ishga tushirildi. Keyingi yillar Internet va WWW ning rivojlanishi yanada tezroq suratda bo`ldi. WWW serveri va tarmoqdagi kompyuterlarning aksariyati AQSHda joylashgan.

Internetning keskin rivojlanishi va WWW bo`ylab sayoxatlarning ommaviylashishi shunga olib keldiki, ularni bir xil deb tushuna boshlashdi. Kelinglar, avvalo shuni xal qilib olaylik Internet va Butun Dunyo Tarmog`i bir xil emas. Internet butun dunyo kompyuterlar tarmoqlarining to`plamini belgilaydi. Internet turli xil kompyuter xizmatlarni ko`rsatadi. Bu - elektron pochta, Usenet telekonferensiyalari, FTP ma`lumotlar fayllarini uzatish sistemasi, Telnet uzoqdan terminalga kirish sistemasi, Gopher sestemasi va Butun Dunyo Tarmog`i - WWW.Demak WWW Internetning faqatgina bir qismidir. Lekin U Juda tez rivojlanmoqda.
Web ning asosiy rivojlanish pog`onalaridan biri 1993 - yilda chiqarilgan Mosaic for Windows brauzer programmasiga to`g`ri keladi. 2 - avlod programmasi Netscape brauzeri bozorda Mosaic for Windows dan keyin darxol paydo bo`ldi. Mosaic for Windows World Wide Web dunyosi eshigini foydalanuvchilarga biroz ochib bergan bo`lsa, Netscape o`zining funksional imkoniyatlari bilan bu eshikni millionlab foydalnuvchilarga keng ochib yubordi.
WWW - Internetning eng ommabop xizmat turidir. Unga ulanish uchun kopyuter bilan modem etarlidir. Shuning uchun Butun dunyo tarmog`i butun olamni axborotlar ombori - kutubxonaga aylanib qoldi va u dunyoga yoyildi.
WWWda ma`lumotlar sahifalarda joylanadi. WWW sahifalari soni oxirgi 3 yilda yuz milliondan oshib ketdi. Bu sahifalar Egasi kim? Ular yirik korporasiyalar yoki kichik korxonalar, universitet va maktablar, tashkilotlar, jurnal va ro`znomalar yoki oddiy shaxslardir. Bu sahifalarda turli - tuman ma`lumotlar joylanadi. Hozirgi kunda WWW axborot olishning va tarqatishning eng qulay usulidir.
Demak Internet bu kompyuter tarmoqlari majmui bo`lib, uning qo`yidagi imkoniyatlari mavjud: Axborotni o`qish va tarqatish.

  • Ma`lumotni nomiga qarab tezda topish.

  • Ma`lumot nusxasini ko`chirib olish.

  • Xat almashish.

  • Telekonferensiyalarda ishtirok etish.

  • Muzokaralar olib borish.

  • Muloqat qilish


Bugungi kundagi internetning asosida yotuvchi texnologiya uzoq 1960 yillarda Massachusets texnologiya institutida tug’ila boshlangan. Jo’natilgan dastlabki xabar – “LOG” so’zi bo’lgan. Nima uchun? Foydalanuvchi “LOGIN” so’zini yozmoqchi bo’lgan, ammo “G” harfi tarmoq uchun o’ta og’irlik qilgan va tarmoq o’chib qolgan.
Dunyodagi birinchi internetsayt 1990 yilda yaratilgan. Aniqrog’i, brauzer nima va uni qanday o’rnatish kerakligi hammda shunga o’xshash boshqa foydali ma’lumotlarni o’zichiga oluvchi oddiy bir sahifa bo’lgan xolos. Uning manzili quyidagicha
bo’lgan: http://info.cern.ch/hypertext/WWW/TheProject.html
Afsuski, Internet tarixidagi ilk sahifa saqlab qolinmagan. Dunyo tarmog’i paydo bo’lganidan oradan atigi 4 yil o’tib foydalanuvchilar soni 50 millionga yetgan. Bunday auditoriya to’plash uchun telefon foydalanuvchilari orasida 70 yildan ortiqroq, radioda deyarli 40 yil, televidenieda 13 yil vaqt kerak bo’lgan. Hozirgi kunda esa, masalan Angry Birds o’yini yaratilganidan 35 kundan keyin bu o’yinning dunyo bo’ylab ellik milliondan ortiqroq odam o’ynagan.

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda va messennjerlarda kundalik muloqotda foydalaniladigan smayllar 30 yillar avval paydo bo’lgan. Dastlabki smaylning tarixi juda oddiy. 1979 yilda elektron tarzda uzatilgan hissiyotni aks ettiruvchi belgi Kevin Makkenziga tegishli. U quyidagi ko’rinishda bo’lgan: “ -) “. U odam qiyofasiga kam o’xshagani uchun uchun, oradan uch yil o’tib Skott Falman yaratgani mana bu ko’rinishda bo’lgan- “ : – ) ”Shu smayl me’yor bo’lib qolgan. Demak, Smaylning muallifi dasturchi Skott Falman hisoblanadi.

Yaponlar ham internetda kompyuter hissiyotlarini izhor etishgan. Ko’pchilikning hisoblashlaricha ularning smayliklari odatdagisidan ancha chiroyliroq ko’rinishga ega. ~~~?(???) - xayrli tong, (^ _ ^)/~~ - ko’rishguncha hayr.
Video materiallar soni bo’yicha eng jadal rivojlanayotgan servislardan biri – YouTube. Ushbu servisga har kuni tahminan 100 soatga teng video ahborot yuklanadi. Bir kunda joylashtirilgan barcha roliklarni ko’rib chiqish uchun bir kishi tahminan16 yil vaqt sarflashi kerak.

Veb-kamera birinchi marta Kembridj universitetida sinovdan o’tkazilgan. Qanchalar g’alati bo’lsa ham u oddiy qahva qaytnatgichga qaratilgan. Olimlar shu tarzda o’rnidan turmay qahva tayyor bo’lishini monitorda kuzatish uchun foydalangan. Oradan sakkiz yil o’tibshu qahva qaynatgich kim oshdi savdosida tahminan 200 ming Rossiya rubliga sotib olingan.

Internet tarmog’idagi birinchi reklama e’loni 1994 yilda paydo bo’ldi va u bugungi kundagilardan hech qolishadigan joyi yo’q. Reklama kampaniyasi “you will” deb nomlangan va reklama beruvchining bosh sahifasiga yo’naltirgan.
Har kuni jo’natiladigan 247 milliard elektron xatlarning ichidagi 81 foizi sof spam. Internetga kirishni tarqatish bo’yicha dunyodagi birinchi o’rinda Bermud orollari turadi.
Shunisiga e’tibor beringki, Yaponiyadek juda rivojlangan mamlakat bu borada 22 o’rinda turadi.

Google bosh sahifasi hozirgi taqchil ko’rinishga ega bo’lishining asosiy sababi shundaki, Google yaratuvchilari ... HTML belgilar tilidan bexabar bo’lgan va oddiy interfeysni tez yaratish istagida bo’lishgan. Aslida ular xatto “Submit” tugmachasini ham uzoq vaqt shakllantira olmaganlar. Izlashga buyruqni klaviaturadagi Ente rtugmachasini bosib jo’natilgan. Bosh sahifa birgina izlash misrasidan iborat bo’lgan.

Juda g’alati eshitilsa ham shuni aytish kerakki, dunyo tarmog’i maxsus “kalit”ga ega bo’lgan yetti kishining himoyasi ostida. Bu maxsus shifr qismlarini saqlaydigan elektron kartalardir. Xakerlar tomonidan global tajovuz uyushtirlgan taqdirda ismlari sir saqlanib kelayotgan shu yetti kishi tarmoqni o’chirib qayta yoqish uchun darhol Amerika harbiy bazasiga yetkaziladi.

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling