Mavzu: internetda tarqalayotgan jinoyatlar va ularning turlari
Internet erkinligi - inson erkinligi
Download 32.36 Kb.
|
INTERNETDA TARQALAYOTGAN JINOYATLAR VA ULARNING TURLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eng mustahkam qulflar ham buziladi
Internet erkinligi - inson erkinligi
Har bir shaxs undan axborot olish huquqiga ega. Oqni qoradan ajratish xalqning o'ziga havola, ammo hamma uchun internetga kirish imkoniyati yaratib berilishi kerak, degan siyosat olg'a surilmoqda. Axborot chegara tanlamaydi, virtual to’siqlarni tan olmaydi. O’tgan yili Eronda hukumatga qarshi namoyishlarda yosh ayolning otib o’ldirilishi butun dunyoni larzaga soldi. Qo’l telefoniga yozilgan fojia bir zumda internetga yo’l topgan. Birmada 2007 yilgi ommaviy qo’zg’olon … uni bostirishga safarbar etilgan harbiylar namoyishchilarga qarata o’t ochgani hech kimga sir emas. Tasvirlar internetda fosh etildi. Bugungi kun axborot tizimlari, deydi Amerika Davlat kotibasi Xillari Klinton, kurrai zaminni bamisoli nerv sistemasi harakatlantirib turadi. “Hatto avtoritar jamiyatlarda ma’lumotni xalqdan yashirishga qanchalik harakat qilishmasin, kerakli axborotni baribir topib olishyapti”, - deydi Xillari Klinton. Global miqyosda so’z erkinligi uchun kurashib kelayotgan xalqaro tashkilotlar Barak Obama ma’muriyati masalaga shunchalik ahamiyat qaratayotganini olqishlaydi. “Tarixda bunaqasi hali bo’lmagan. Internetga kirib, ma’lumot olish har bir shaxsning uzviy huquqi deb tan olinyapti. Amerika tashqi siyosatida belgilab qo’ygan qator vazifalarni, huquq himoyasi bo’ladimi yoki iqtisodiy taraqqiyot, internet erkinligisiz ularni amalga oshirish qiyin”, - deydi Demokratiya va Texnologiya markazi tadqiqotchisi Sintiya Vong. Eng mustahkam qulflar ham buziladi Amerikaning yirik internet kompaniyasi Google va Xitoy hukumati o’rtasida kechayotgan bahslar mavzusi ham shu. Kompaniya senzura va kiber-xurujlardan shikoyat qilib, Xitoydagi idorasini yopishga qaror qilgan. Har bir kompaniya, deydi Xitoy rasmiylari, mahalliy qonunlarga bo’ysunishi shart.Rasmiy Pekin nazarida Amerika hukumati ham butun dunyoga erkinlik haqida jar solib, o’z qarashlarini boshqalarga o’tkazish harakatida. Lekin osiyoshunos olima Rebekka Makkinnon tahlil qilishicha: “Internetda xitoyliklar orasida bo’layotgan suhbatlarni kuzatsangiz, aniq bir xulosaga kelasiz: Internetdan foydalanuvchilar Google bilan juda yaxshi tanish. Kompaniya AQShda joylashganini hamma biladi. Xitoyda Amerika tashqi siyosatini tanqid qiladiganlar ko’p, lekin internetga kirib-chiqib yurganlar Google-dan har kuni foydalanadi, kompaniyaning hurmati bor”. Google Xitoy bozorida yuzlashayotgan muammolar sabab, deydi tahlilchi Stiven Yeyts, internet erkinlikligi yuzasidan bahs-munozara qizimoqda. “Xitoyda huquq oyoq osti bo’layotgani, hukumat fuqarolar hayotini to’la nazorat qilishga urinishi yangilik emas. Masala boshqa bir jihati bilan muhim. Hukumat buni tushunib, bila turib, qilayotgani yanada ayonlashdi. Rasmiy Pekin buni istamagan edi”, - deydi Yeyts. Tahlilchilar fikricha, Amerika bosimi ostida avtoritar rejimlar internet eshiklarini qattiqroq yopsa ajabmas. Lekin, deydi Rebekka Makkinon, har narsaning chegarasi bor. Eng mustahkam qulflar ham buziladi. “Qator boshqa jamiyatlar qatorida Xitoy ham internetga filtr qo’yib, undagi ma’lumotni cheklab, ichki iste’mol uchun moslashtirib olgan. Lekin, to’g’risi, global sahnada yetakchi bo’laman degan davlatga bu yarashmaydigan ish”. Internet qanchalik bosim ostiga olinmasin, yopiq jamiyatlar uchun dunyoga darvoza. To’siqlarni yorib o’tish kuchiga ega. Shu bois Amerika internet kompaniyalariga Kuba, Sudan va Eronga internet orqali xizmat ko’rsatishga ruxsat berilgan. Bu davlatlar bilan savdoning boshqa turlari cheklov ostida. Amerika Davlat kotibasi Xillari Klinton nazarida, iqtisod nuqtai nazaridan siyosiy va tijoriy senzura jamiyatga birdek ziyon. Mahalliy bizneslar global muhitdan xabardor bo’lsagina chet el kompaniyalari bilan raqobatlasha oladi. Kompyuter jinoyatchiligi mazmunan ko`plab jinoyatlarni qamrab oladi. Ular orasida o`zgalar mulkini kompyuter vositalaridan foydalanib talon-taroj qilish alohida o`rin egallaydi. Ushbu jinoyatlarning kompyuter jinoyatchiligi tizimidagi ulushi ulkan bo`lib, ularni tadqiq etishni kompyuter jinoyatchiligi tasnifidan boshlash ma`qul. Bu mazkur jinoyatlarning kompyuter jinoyatchiligi tizimidagi o`rnini aniq-ravshan anglash uchun muhimdir. Kiberjinoyatchilik deb ataladigan kompyuter jinoyatchiligi bugungi jamiyatimiz uchun yirik muammo. Rivojlangan mamlakatlarda huquqni muhofaza qilish organlari to`qnashayotgan eng katta muammo kompyuter texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlardur. Kompyuter jinoyatchiligini ikki toifaga ajratishimiz mumkin: a) kompyuterdan jinoiy faoliyatni amalga oshirishda yordamchi vosita sifatida foydalaniladigan jinoyatlar (masalan, soxta guvohnoma yasash, mualliflik hujjatlarini ishlab chiqarish va h.k.z.); b) kompyuterdan ma`lumotni o`g`irlash yoki buzish, bankka hujum qilish, qonunga xilof pul operasiyalarini amalga oshirish, kredit kartochkalari raqamlarini o`g`irlash maqsadlarida hamda jinoyat quroli sifatida foydalaniladigan jinoyatlar. Kompyuter jinoyatchiligida kompyuterni jinoyat ob`ekti hamda jinoyat vositasi, deb ikki turga ajratsak bo`ladi. Birinchi holatga kompyuter va uning qurilmalarini o`g`irlash, xakerlar hujumi va turli virus va zararli dasturlarni tarqatish; ikkinchi holatga esa, pornografik mahsulotlar va noqonuniy kompyuter dasturlari realizasiyasi, internetda o`zgalar mulkini o`zlashtirish maqsadida firibgarlik qilish, shuningdek, noqonuniy olingan daromadni legallashtirish kabilardir. Download 32.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling