Mavzu: investistiyalarning iqtisodiy mazmuni, turlari va ularning hajmiga tasir etuvchi omillar. Reja: I bob investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va makroiqtisodiyotda tutgan o`rni
II BOB MAMLAKATIMIZDA INVESTITSIYALARNI KENG JALB QILISH ISTIQBOLLARI. O`ZBEKISTON RESPUBLIKAASI INVESTITSIYA FAOLIYATI TAHLILI
Download 170.5 Kb.
|
INVESTISTIYALARNING IQTISODIY MAZMUNI, TURLARI VA ULARNING HAJMIGA
II BOB MAMLAKATIMIZDA INVESTITSIYALARNI KENG JALB QILISH ISTIQBOLLARI. O`ZBEKISTON RESPUBLIKAASI INVESTITSIYA FAOLIYATI TAHLILI
2.1.Asosiy fondlarning shakllanishida kapital qoyilmalarning roli. Moliyaviy va real investitsiyalarning ozaro bogliqligi. Malumki, milliy boylikning muhim tarkibiy qismini korxona va tashkilotlardagi, xalq xojaligi tarmoqlaridagi asosiy fondlar tashkil qiladi. Uzoq muddat (bir yildan ortiq vaqt) mobaynida moddiy ishlab chiqarish sohasida, noishlab chiqarish sohasida ham amal qiladigan, shuningdek, ijaraga berish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar asosiy vositalar hisoblanadi. Asosiy vositalarga imoratlar, inshootlar, otkazuvchi moslamalar, mashina va uskunalar, transport vositalari, olchov asboblari, hisoblash texnikasi, ishlab chiqarish va xojalik inventarlari, ishchi va mahsuldor hayvonlar, kop yillik daraxtlar, erning meliorativ holatini yaxshilash uchun sarf qilingan kapital qoyilmalar va boshqalar kiradi. Oz navbatida, kop yillik daraxtlar, (mevali va manzarali), mahsuldor hayvonlar, kutubxona fondlari, oddiy qishloq xojaligi texnikalari xizmat muddati va qiymatidan qatiy nazar, asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi. Shu bilan birga, yer ham asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadi. Mamlakatimizda amaldagi meyoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq asosiy vositalar korxona tomonidan uzoq muddat davomida xojalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar korsatish jarayonida yohud mamuriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlarni ifodalaydi. Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi: bir yildan ortiq xizmat qilish muddati; bir birlik (toplam) uchun qiymati eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bolgan buyumlar. Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati shundaki, moddiy-mulkiy qiymatlik korinishidagi asosiy fondlar korxona ishlab chiqarish jarayonida mehnat vositasi sifatida kop marotaba ishlatiladi (foydalaniladi) va ularning qiymati asta-sekin qismlarga bolingan holda tovar (mahsulot) bahosiga otib boradi. Asosiy fondlarning muhim xususiyati mehnat vositasi sifatida amal qilishi, ishlab chiqarish tsiklida kop marotaba ishlatilishi va ular qiymatining mahsulot bahosiga kochib otishi bilan tavsiflanadi. Yuqorida takidlaganimizdek, asosiy fondlarni shakllantirishda kapital qoyilmalar muhim orin egallab, bu muhimlik kapital qoyilmalarning tarkibiy tuzilishidan kelib chiqadi. Kapital qoyilmalarning tarkibiy tuzilishi quyidagilarni qamrab oladi: kapital qoyilmalarning texnologik tuzilishi; kapital qoyilmalarning takror ishlab chiqarish tuzilishi; kapital qoyilmalarning tarmoq va hududiy tuzilishi. Real investitsiyalarni iqtisodiyot tarmoqlari boyicha taqsimlash va ozlashtirish mamlakat iqtisodiyotida muhim orin tutadi. Kapital qoyilmalarning iqtisodiy samaradorligi ularning tarmoqlar va hududlar boyicha tarkibiy tuzilishiga bogliq boladi. Kapital qoyilmalarning tarmoq tuzilishi (tarkibi) deganda kapital qoyilmalarning butunlay iqtisodiyot va sanoat tarmoqlariga nisbati va taqsimlanishi tushuniladi. Uni takomillashtirish, eng avvalo, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini proportsional ravishda rivojlantirish bilan bogliq boladi. Songgi yillarda iqtisodiyotga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalarning tarmoq tarkibida jiddiy ozgarishlar sodir bolmoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida iqtisodiyotga yonaltirilgan xorijiy investitsiyalar tarkibida sanoat ulushi etakchi orinni saqlab qolgani holda pasayish tendentsiyasiga ega. Qishloq xojaligi tarmogini rivojlantirishga qaratilgan hukumatning sayi-harakatlariga qaramasdan qishloq xojaligiga yonaltirilgan investitsiyalar ulushi tarmoq ehtiyojiga nisbatan pastroq darajada saqlanib turibdi. Aytish mumkinki, investitsiyalarning tarmoq tuzilishini rejalashtirish mamlakat iqtisodiyotining kelgusi holatini rejalashtirish bilan tenglashtiriladi va buni hech qachon esdan chiqarmasligimiz lozim. Davlat byudjet mablaglari va boshqa dastaklar yordamida investitsiyalarning tarmoq tuzilishining ozgarish tendentsiyasiga sezilarli darajada tasir korsatish mumkin. Iqtisodiyotda kapital qoyilmalarning roli, asosan, quyidagilar bilan xususiyatlanadi: kapital qoyilmalar asosiy fondlarni barpo etish, amaldagi korxonalarni tamirlash va kengaytirish, korxonalarni texnik qayta qurollantirishning muhim va bosh omilidir; kapital qoyilmalar yordamida iqtisodiyot tarmoqlari va alohida ishlab chiqarishdagi asosiy fondlarning rivojlanish suratlarini tartibga solish amalga oshiriladi; kapital qoyilmalar yordamida ijtimoiy xarakterdagi muammolar (uy-joy, talim muassasalari, sogliqni saqlash, madaniyat obektlari qurilishi) bartaraf etiladi; kapital qoyilmalar yordamida mamlakatning barcha iqtisodiy hududlarining rivojlanishi tartibga solinadi va boshq. Download 170.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling