1.2.Investitsiyalarning maqsadlari va diversifikatsiyalanishi. Investitsiyalarning tasniflanishi.
Investitsiyalar turli shakllarda amalga oshiriladi va ularni tahlil qilish, rejalashtirish uchun alohida xususiyatlaridan kelib chiqqan holda guruhlashtiriladi.
Birinchidan, qoyilish obektiga qarab investitsiyalar real va moliyaviy shakllarga ajratiladi.
Real investitsiyalar (kapital qoyilmalar) pul mablaglarini korxonaning moddiy va nomoddiy aktivlariga sarflanishidan iborat.
Moddiy investitsiyalar asosiy kapitalning elementlarini sotib olish bilan bogliq bolib, kopchilik hollarda investitsion loyihalar doirasida amalga oshiriladi. Shuning uchun oz mablaglari bilan birga qarzga olingan mablaglar ham foydalanilishi mumkin. Qarzga mablag olingan holda investor rolini aniq loyihalarga kredit mablaglari ajratayotgan bank bajaradi. Nomoddiy (potentsial) investitsiyalar nomoddiy boyliklar yaratilayotganda amalga oshirilib, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini (NIOKR) amalga oshirish, yangi mahsulotlarning namunalarini yaratishga sarflarni mujassamlashtiradi. Mutaxassislarni tayyorlash, tajriba, ilmiy tekshirish, lizentsiya va nou xou berish, avtorlik xuquqi va umuman olganda nomoddiy aktivlarga yonaltirilgan investitsiyalarni kopgina iqtisodchi olimlar intellektual investitsiyalar deb atamoqdalar.
Xorijiy adabiyotlarda portfel investitsiyalar investor tomonidan sotib olingan aktsiyalarning firma ustidan nazorat va tasir doirasi belgilariga kora tasniflanadi. Investitsiyalarning bir muncha ilmiy asoslangan tasnifi rus olimi N.Blank ishlarida keltirilgan. Bunda investitsiyalar quyidagi belgilariga kora tasniflangan: qoyilma obektlariga kora; investitsiyalashda ishtirok etishiga qarab; investitsiyalash davri boyicha; mulkchilik shakllari boyicha; hududiy belgisi boyicha
1-rasm. Investitsiyalarning alohida belgilari boyicha tasniflanishi
Rus iqtisodiy adabiyotlarida portfel (aktsiya, obligatsiya va boshqa turdagi qimmatli qogozlarga, shuningdek, boshqa korxonalarning aktivlariga yonaltirilgan investitsiyalar) va real (faoliyat korsatayotgan korxonalarni tamirlash va texnik qayta qurollantirish, kengaytirish, yangi korxonalar barpo etishga yonaltirilgan investitsiyalar) investitsiyalar farqlanadi. Bunday sharoitda investor-korxona mablag kirita turib, ozining ishlab chiqarish kapitalini, yani asosiy ishlab chiqarish fondlari va uning faoliyati uchun zarur bolgan aylanma mablaglarni kopaytiradi (oshiradi). Portfel investitsiyalar amalga oshirilganda investor ozining moliyaviy kapitalini, yani qimmatli qogozlardan olinadigan daromad-dividendini kopaytiradi.
Investitsiyalarni korxona miqyosida quyidagicha tasniflash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |