Mavzu: Investitsion loyihalarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish Reja: Kirish


Download 114.86 Kb.
bet1/9
Sana14.03.2023
Hajmi114.86 Kb.
#1266597
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi 1


MAVZU: Investitsion loyihalarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish


Reja:
Kirish

  1. Investitsiya loyihalari va ularning tasnifi

  2. Investitsion loyihalarning o‘ziga xos xususiyatlari

  3. O‘zbekiston Respublikasida investitsion loyihalarni tadbiq qilishning o‘ziga xos xsusiyatlari tahlili

  4. Investitsion loyihalarning o‘ziga xos muammolarini baholash

Xulosa va takliflar
Adabiyotlar ro'yxati

Kirish
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida O’zbekiston Respublikasining moliya-bank tizimi o’zining barqaror va ishonchliligini namoyon qildi. Shu bilan birga, moliya-bank tizimini yanada rivojlantirish va mustahkamlanishi xususuy banklar hamda xususiy mulkchilikka asoslangan lizing tashkilotlari, sug’urta kompaniyalari. Mikromoliyalash tashkilotlari kabi moliya institutlarining tashkil etishning qonunchilik asoslarini shakllantirish orqali tizimga xususiy kapitalni jalb qilish bilan bog’liq ekanligini alohida ta’kidlash lozim. Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda milliy mustaqil moliya-bank tizimini yaratish bo’yicha bir nechta bosqichdan iborat juda muhim islohatlar amalga oshirildi va xalqoro andozalarga mos keladigan moliya – bank tizimi shakllandi hamda uni rivojlantirish va takomillashtirish ishlari ettirilmoqda.
Investitsion kreditlarni ustuvor ravishda iqtisodiyotning real sektori korxonalari bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalashga, texnik va texnologik yangilashga yo’naltirilishi mamlakatimiz makroiqtisodiy barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsiya va lizing faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir mamlakatning rivojlanish darajasi, ya’ni iqtisodiyotning rivojlanishi va iqtisodiy o'sishi ko‘p jihatdan mamlakatdagi investitsion jarayonlarga bog'liq. Bizga ma’lumki, mamlakatdagi investitsion jarayonlar investitsion siyosat orqali amalga oshiriladi va tartibga solinadi. Investitsion siyosat mamlakatning investitsion salohiyatini oshirishga hamda investitsiya va lizing faoliyatini kengayishiga yordam beradi. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, O'zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq investitsiya va lizing asoslarini yaratishga, investitsiya faoliyatini rivojlantirishga katta e’tibor berildi. Chunki bizning mamalakatda ham iqtisodiy rivojlanishga samarali investitsiya faoliyatisiz erishib bo'lmaydi. Bugungi kunda rivojlangan investitsion faoliyatning yo‘lga qo'yilishi hukumatimizning yuritayotgan oqilona investitsiya siyosatining mahsuli ekanligini ta’kidlash lozim. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. M. Mirziyoyev shunday ta´kidlaydi: “Eng muhimi, investitsiya loyihalarini to’g’ri joylashtirish kerak. Bu borada investorlarning yagona talabi loyiha mo’ljallangan joy zarur infratuzilma tarmoqlariga ega bo’lishdir. Bundan asosiy maqsad infratuzilmasi mavjud va rivojlanishi qulay bo’lgan joylarga investorlar jalb qilish orqali sanoatni tizimli rivojlantirishga erishamiz. Sanoat bor joyda ish o’rinlari va daromad bo’ladi, uy-joylar va ijtimoiy ob´ektlar, kichik shaharchalar barpo etiladi”1 Mamlakatimizda investitsiya jarayonlarini rivojlantirish kapital mablag’ larni jamg’arish, bu mablag’larni iqtisodiyotning strategik jihatdan muhim bo’lgan sohalarga yo’naltirish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini yaratish orqali milliy investitsiya bozorlarining shakllanishiga ko’maklashadi hamda tovar va xizmat ko’rsatish bozorlari rivojlanishining boshqa omillariga ham ko’pgina ta´sir ko’rsatadi.



  1. Download 114.86 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling