Investitsiyalarning tashqi manbalari quyidagilar: - Investitsiyalarning tashqi manbalari quyidagilar:
- markaziy va mahalliy byudjetdan, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi turli xil fondlar tomonidan ajratiluvchi qaytarib bermaslik asosidagi mablag‘lar;
- korxonalar Nizom jamg‘armasida moliyaviy yoki boshqa moddiy va nomoddiy ishtirok shaklida, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va alohida shaxslarning to‘g‘ridanto‘g‘ri qo‘yilmalari shaklida kiritiluvchi xorijiy investitsiyalar;
- davlat va turli xil fondlar tomonidan qaytarib berish sharti bilan beriluvchi kreditlar, jumladan imtiyozli kreditlar.
- Investitsiyalardan (kapital qo‘yilmalardan) foydalanishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
- yangi qurilish;
- korxonani kengaytirish va qayta tiklash;
- ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish;
- harakatdagi quvvatlarni takomillashtirish.
Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash. - Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish davlat, tashkilotlar va korxonalarning muhim vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Investitsiyalar iqtisodiy samaradorligini oshirish muammosining mohiyati – har bir birlikda moddiy, mehnat va moliyaviy xarajat evaziga ko‘proq hajmdagi mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlar, foyda va milliy daromadga erishishdan iborat.
- Eng avvalo “samaradorlik” va “samara” tushunchalarining mohiyati ustida to‘xtalib o‘tishimiz lozim. Iqtisodiy samara deyilganida, ishlab chiqarish hajmini, mehnat unumdorligini oshirish, milliy daromadni ko‘paytirish yoki boshlang‘ich va joriy xarajatlarni kamaytirish tushuniladi. Ijtimoiy samara xalq farovonligini oshirish, ta’lim darajasini o‘stirish, bo‘sh vaqtni ko‘paytirish va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Samaradorlik (iqtisodiy va ijtimoiy) iqtisodiy yoki ijtimoiy samaraning unga erishishga sarflangan xarajatlarga nisbatidir.
- Buni quyidagi tarzda ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |