Mavzu: Investitsiya – korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish vositasi sifatida Reja: Kirish - Korxonalarda investitsiyalashning asosiy manbalari va yo‘nalishlari.
- Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash.
- Investitsiyalar korxona ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash vositasi sifati-da
Xulosa Kirish - Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya muhitini rivojlantirish borasida tegishli huquqiy asoslar yaratilgan boʻlib, kafolat va imtiyozlarni oʻzida aks ettiruvchi bir qancha meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi. Ularda xususiy mulkning davlat tomonidan himoyalanishi va raqobat muhitiga sharoit hamda zarur investitsiyaviy infratuzilmaning yaratilishini nazarda tutuvchi normalar belgilab qoʻyilgan. Shuningdek, mamlakatimizda hukm surayotgan siyosiy barqarorlik hamda boy tabiiy mineral resurslarning mavjudligi investitsiya muhitini rivojlantirish uchun imkoniyatlar eshigini keng ochadi. Biroq zamon bilan hamnafas ravishda taraqqiy etish uchun bularning oʻzi kifoya qilmaydi. Chunki shiddat bilan rivojlanayotgan dunyo hamjamiyati reytinglarida munosib oʻrinlarni egallash uchun yangi zamonaviy gʻoyalarni oʻylab topish zarurati yuzaga kelmoqda. Xorij investitsiyalarini keng miqyosda jalb qilish — iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish, mamlakatning eksport salohiyatini mustahkamlash, yuqori texnologik raqobatdosh tarmoqlarni yaratish, ilgʻor xorij texnologiyalari, nou-xau va boshqaruv tajribalarini tatbiq etish imkonini beradi.
Korxonalarda investitsiyalashning asosiy manbalari va yo‘nalishlari. investitsiya manbalari ichki va tashqi turlarga bo‘linadi Investitsiyalarning ichki manabalari quyidagilar: - ishlab turgan asosiy kapitalga hisoblanuvchi amortizatsiya ajratmalari natijasida shakllanuvchi, korxonaning o‘z moliyaviy vositalari;
- foydaning investitsiya ehtiyojlariga ajratiluvchi qismi;
- sug‘urta kompaniyalari va muassasalari tomonidan tabiiy ofat va boshqa hodisalarda to‘lanuvchi mablag‘lar;
- korxonaning aksiyalar chiqarishi va sotishi natijasida olinuvchi mablag‘lar;
- yuqori turuvchi va boshqa organlar tomonidan qaytarib bermaslik asosida ajratiluvchi mablag‘lar;
- xayriya va shu kabi boshqa mablag‘lar.
Do'stlaringiz bilan baham: |