Mavzu. Investitsiya faoliyati va investitsiya siyosati Reja


Emitent – qimmatli qog’ozlarni muammalaga bosib chiqaruvchi yuridik jismoniy shaxslar.  Reinvestitsiyalar


Download 316.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana09.03.2023
Hajmi316.14 Kb.
#1254801
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Investitsiya faoliyati va investitsiya siyosati

Emitent – qimmatli qog’ozlarni muammalaga bosib chiqaruvchi yuridik jismoniy shaxslar. 
Reinvestitsiyalar – investorlar tomonidan korxonalar faoliyatidan olingan foydani ishlab 
chiqarishni rivojlantirish maqsadida uni shu korxonaga qayta kiritishdir. 
Investitsiya resurslari – bu investitsion faoliyati amalga oshirishda ishtirok etadigan har xil 
ko’rinishdagi mablag’lardir. Bular jumlasiga quyidagilar kiradi: 
Respublikada investitsiya faoliyatini yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi bilan birga 
uni davlat tomonidan muvofiqlashtirish uchun ham hukumatimiz tomonidan bir qancha qonun va 
qoidalar qabul qilingan. Ushbu qonunlar investitsion faoliyatning tartibga solinishi va 
muvofiqlashtirilishi bo’yicha huquqiy tizimning shakllanishiga asos bo’lib xizmat qiladi. Bundan 
tashqari davlatning investitsion faoliyatga qanday vositalar va richaglar orqali ta’sir ko’rsatishi ham 
muhim masaladir. Har qanday jamiyatdagi investitsion faoliyat o’z-o’zidan rivojlana olmaydi, unga 
albatta, muayyan ta’sir ko’rsatuvchi subyektlarning aralashuvi talab qiladi. Bunday aralashuvning 
samarali natijasini faqat davlat qo’li bilangina ta’minlash mumkin bo’ladi. Biroq bunday vaziyatda 
davlat investitsion faoliyatining rivojlanishini bo’g’ib qo’ymasligi kerakki, aks holda uning amal 
qilishi subyektivlik ta’sir kuchiga bo’ysundirilib qoladi. 


Odatda, investitsion faoliyatni muvofiqlashtirish uning muhim yo’nalishlarida qulay sharoitlar 
yaratishga qaratilgan, avvalom bor, ijtimoiy rivojlantirish, ishlab chiqarishni texnik jihatdan 
takomillashtirish, yangilik va ixtirolarni tadbiq etish asosida ijtimoiy talablarni qondirishga qaratiladi. 
Har bir davlat investitsion faoliyatni quyidagi maqsadlarda muvofiqlashtirib turadi: bozor 
iqtisodiyoti sharoitiga kirib berish jarayonida davlatning iqtisodiy siyosati amalga oshirilishi; 
davlatning fan-texnika siyosatini o’tkazish va buning asosida xo’jalik tabaqalarini mustahkamlash 
hamda jahon bozoriga chiqish. 
Mamlakat ijtimoiy siyosatini yuritish. 
Davlat tomonidan investitsion faoliyatini boshqarish bir qator chora-tadbirlarni qo’llash, ularni 
hayotga tadbiq etish asosida amalga oshiriladi. Bu chora-tadbirlar qo’yidagilardan iborat. 
1. Soliq tizimini qulaylashtirish, ya’ni soliq subyektlarini, obyektlari va stavkalarini 
tabaqalashtirish va soliq imtiyozlarini berish. 
2. Amortizatsiya siyosatini amalga oshirish, shu jumladan tezlashtirilgan amortizatsiya 
siyosatini qo’llash hamda amortizatsiya imtiyozlarini berish. 
3. Ayrim hududlarni, tarmoqlarni rivojlantirish maqsadga dotatsiyalar, subsidiyalar
subventsiyalar orqali yordam ko’rsatish. 
4. Kredit siyosatini, davlatning norma va standartlarining antimonopol tadbirlarini ishlab 
chiqarish, davlat mulkini xususiylashtirish va narx-navo siyosatini o’tkazish. 
5. Yer hamda boshqa tabiiy boyliklardan foydalanish shart-sharoitlarini aniqlash. 
6. Investitsiya loyihalarini ekspertizadan o’tkazish davlat dasturlariga kiritish. 
7. Investitsiya loyihalarining monitoringini o’tkazish va mexanizmini ishlab chiqish. 
8. Zarur hollarda yoki qonunga muvofiq investitsiya faoliyatini to’xtatib turish, cheklash 
yoki tugatish. 
Shuni ta’kidlash joizki, investitsiya faoliyatining amalga oshirilishi zaruriy barcha shart- 
sharoitlarning, qulayliklarning yaratilishiga bog’liqdir. Bu investitsion iqlim iqtisodiy, ijtimoiy va 
siyosiy omillarga bog’liq bo’lgan muhit sifatida qaraladi. Bunda investitsion muhitning ahvoli 
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy shart-sharoitlarning mavjud xolatidan kelib chiqadi. Shuning 
uchun iqtisodiy siyosatni olib borish, davlat boshqarish organlarining investitson jarayonlarni tartibga 
solish, iqtisodiyotda davlatning aralashuvi, xalqaro bitimlarda ishtirok etishi va chet el investitsilarini 
jalb qilishi investitsion muhitga katta ta’sir ko’rsatadi. 


Download 316.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling