Mavzu. Investitsiya faoliyati va investitsiya siyosati Reja


d. Globallashuv va chet el kapital migratsiyasining kuchayishi. Zamonaviy investitsiya


Download 316.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana09.03.2023
Hajmi316.14 Kb.
#1254801
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Investitsiya faoliyati va investitsiya siyosati

d. Globallashuv va chet el kapital migratsiyasining kuchayishi. Zamonaviy investitsiya 
siyosatini amalga oshirishda chet el investitsiyalari ko’chishini hisobga olish. 
 
Mamlakatda investitsiya faoliyatining huquqiy bazasi yaratilgan, tashqi iqtisodiy, investitsiya 
faoliyatini tartibga soladigan, chet el investitsiyalari va investorlarining huquqlari va manfaatlari 
himoyasini 
kafolatlaydigan 
bir 
qator 
qonunlar 
qabul 
qilingan, 
investitsiya 
muhiti 
takomillashtirilmoqda va qo’shma korxonalar hamda firmalar tashkil qilish bo’yicha izchillik bilan 
faoliyat yuritilmoqda. Bu yo’nalishdagi g’oyat muhim vazifalardan biri kapital qo’yilmalarning 
samarali yo’nalishlarini belgilashdan iborat. Bunda o’zaro manfaatlar, sheriklarga davlat kafolatlari 
berish; valyutaning erkin almashtirilishiga erishish, bank, transport, telekommunikatsiya 
infratuzilmasini rivojlantirish va mamlakatdan eksportni valyuta bilan tartibga solishning qulay 
sharoitlari joriy qilinganligi hisobiga olinadi. 
Hozirgi bosqichda chet el kapitalini milliy 
iqtisodiyotga kiritishda mavjud ikki strategiyadan (import o’rnini bosuvchi, eksportni 
kengaytiruvchi) birini – to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni eksportni kengaytiruvchi 
mahsulotlar ishlab chiqarishga qo’yishni tanlash kerak. Mahsulotlar eksportini kengaytirish siyosati, 
bu siyosat bizda asosiy, mamlakatdan tashqarida raqobatni kuchaytirishga olib keladi, bu esa o’z 
navbatida jo’shqin iqtisodiy faoliyatga undaydi. 
Shunday qilib, globallashuv, jahon bozorida keskin raqobat va omon qolish uchun kurash 
sharoitlarida chet el kapitali va ishlab chiqarish (korxonalar)ning ko’chib yurishi, xalqaro raqobatning 
paydo bo’lishi va millatlararo korporatsiyalarning tashkil topishi tabiiy hol bo’lib, qaytmas jarayon 
hisoblanadi. Chet el investitsiyalari bir iqtisodiyot subyekti kapitalini o’zga iqtisodiyotga muayyan 
muddatga bog’lash bo’lib, ichki investitsiyalardan risklar kengligi bilan farqlangan holda, huquqiy 
sharoitlarning, investitsiya muhitining o’zgarishi bilan tavsiflanadi va natijada mamlakatlar va 
mintaqalar bo’ylab kapital ko’chishi yuz beradi. 
Kapitallarning mamlakatlar bo’ylab ko’chib yurishidagi asosiy xarakatlantiruvchi motiv - ularni 
safarbar etish hamda band qilishning nafliroq sharoitlaridir. Ishlab chiqarishni chet ellarga 
chiqarishning kuchayishi, chet el investitsiyalarining milliy iqtisodiyotga kirib kelishini iqtisodiyotlar 
rivojlanishini jadallashtiradigan jarayon tarzida baholash kerak. Chet 
el investitsiyalari 
rivojlanayotgan mamlakatlar uchun tashqi moliyalashtirishning zaruriy va muhim manbai bo’lgani 
holda, o’zi bilan birga, juda ko’p payqaladigan va sezilmaydigan aktivlar, turli- tuman texnologik, 
axborot, moliya oqimlarini, menejment malakalarini, jahon bozorlaridagi ish tajribalarini va 
boshqalarni olib kiradi. Ularga mamlakatlararo harakatlanish, ya’ni ko’chib yurish, faoliyat 
yuritishning huquqiy shart-sharoitlarini almashtirish, qo’shimcha risklar bilan to’qnashish va aniq 
maqsadlar xos. Demak, chet el investitsiyalari migratsiyasini milliy investitsiya siyosatini olib 
borishda va ularni amalga oshirishda albatta hisobga olishga to’g’ri keladi. Ularni jalb qilish 
importyor mamlakat byudjetiga soliq, ijara va boshqa tushumlarni ko’paytiradi. Ular yangi ish 
o’rinlarini tashkil qilishga, raqobatbardosh mahsulotlar chiqarish, jahon bozorlarida o’rnashib olishga 
yordam beradi. 
To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar oqib kelishini rag’batlantirish, mamlakat 
qonunchiligini takomillashtirish, investitsiyalarni jalb qilish va ulardan foydalanishning uzoq 
muddatli maqsadli dasturiga muvofiq amalga oshirilishini talab etadi. to’g’ridan-to’g’ri xorijiy 
investitsiyalarni yangi loyihalarga jalb etish va O’zbekiston mintaqalarida xususiy sektorni 
yuksaltirish, ayniqsa qishloq hududlarida qo’shma korxona tashkil qilish yo’nalishlarida amalga 


oshirilishi bugungi kunning eng muhim ustuvor vazifalaridan biridir. 
Ma’lumki, jahondagi biron-bir davlat xorijiy sarmoyalarni jalb qilmasdan turib 
taraqqiyotga hamda iqtisodiyot rivojiga erisholgan emas. Shuning uchun ham bu ish 
bizning iqtisodiy siyosatimiz ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylangan. Biz bu 
siyosatni quyidagi tamoyillar asosida qurmoqdamiz: 
- tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish; 
- Respublika iqtisodiyotiga kapital mablag’larni jalb etishni ta’minlovchi 
huquqiy asos, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni shakllantirish; 
- jahon andozalari talablariga javob beradigan texnologiyalarni etkazib beruvchi 
hamda xalq xo’jaligining zamonaviy tuzilmalarini barpo etishga ko’maklashuvchi 
xorijiy sarmoyadorlarga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini muntazam ravishda 
yuritish; 
- mablag’larni raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarishni o’zlashtirish bilan 
bog’liq eng muhim ustuvor yo’nalishlarga sarflash. 
2018 yilda 18 ta davlatlararo tashriflar amalga oshirildi va 50 milliard AQSH 
dollariga teng investitsiyaviy kelishuvlarga erishildi. Bugungi kunda yurtimizda chet 
el investitsiyalari hisobidan qiymati 23 milliard AQSH dollari miqdoridagi 456 ta 
loyiha amalga oshirilmoqda.
27
2021-yilda 23 mlrd dollar qiymatidagi investitsiyalarni o‘zlashtirish hamda 226 
ta yirik sanoat va infratuzilma obyektlarini ishga tushirish belgilandi.
28
Xorijiy sarmoyalarni jalb etish tadbirlarini amalga oshirishda oldindan belgilanib 
olingan tamoyillarga asoslangan holda investitsiyalarni jalb etish uchun imtiyozlarning 
keng tizimi vujudga keltirildi. Xorijiy sarmoyadorlar uchun imtiyozli soliq joriy etildi. 
Imtiyozlar va rag’batlantirish omillari belgilandi: 

ishlab chiqarish hajmida tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti kamida 30 foizni 
tashkil etadigan korxonalarga, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, foyda solig’ini 
amaldagi stavkalardan ikki barobar kamroq to’lash huquqi berildi; 

Respublika davlat investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo’yicha soliqlar 
to’lashdan besh yil muddatga ozod etildi; 

xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar daromadining ishlab chiqarishni 
kengaytirishga va texnologiyani yangilashga sarflanadigan qismi soliqdan ozod etildi; 

o’zi ishlab chiqargan mahsulotni ruxsatnomasiz chetga olib ketish imkoniyati berildi; 

O’zbekiston hududida qo’shma korxonalarning va faqat xorijiy sarmoya bilan 
ishlaydigan korxonalarning ustav fondiga hissa qo’shish uchun mol-mulkni chetdan 
boj to’lovlarisiz olib kirish ruxsati berildi; 

jismoniy va yuridik shaxslarning, jumladan, xorijliklarning davlat mulkini 
xususiylashtirish jarayonida, shu jumladan ko’chmas mulkning keng miqyosda 
sotilishida bemalol ishtirok etishlarini ta’minlash; 

investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalaridan foydalanish 
va ularni tasarruf etish huquqini tanlov asosida sotib olish belgilandi. Bular bilan 
birgalikda xorijiy investorlarga ularning mol-mulklarini davlat ixtiyoriga olish va 
musodara qilishdan xalos etish uchun kafolatlar berildi. Ularning o’z faoliyati 
natijasida olgan foydasini va boshqa pullarni chet ellarga o’tkazishlariga, olingan 
foydani respublika hududida qayta investitsiya tarzida ishlatish, respublika banklarida 
schyotga va unda har qanday valyutada cheklanmagan miqdorda mablag’ga ega 
bo’lish imkoniyati kafolatlandi. 

Download 316.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling