TIAning mohiyati va mazmuni bo’yicha yuqorida bildirilgan fikrlarni umumlashtirib, unga quyidagicha ta’rif berish maqsadga muvofiqdir: loyihani amalga oshirishga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish asosida loyihaning maqsadiga erishishning samarali yo’llarini aniqlovchi moliyaviy, iqtisodiy, texnik va unga oid hujjatlar to’plamiga texnik-iqtisodiy asoslash deyiladi. - TIAning mohiyati va mazmuni bo’yicha yuqorida bildirilgan fikrlarni umumlashtirib, unga quyidagicha ta’rif berish maqsadga muvofiqdir: loyihani amalga oshirishga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish asosida loyihaning maqsadiga erishishning samarali yo’llarini aniqlovchi moliyaviy, iqtisodiy, texnik va unga oid hujjatlar to’plamiga texnik-iqtisodiy asoslash deyiladi.
- TIA loyihani amalga oshirishning imkoniyatlarini asoslaydi va bir muncha optimal bo’lgan qarorni tanlashga imkon beradi. U loyihaning barcha jihatlarini ochib berishini hisobga oladigan bo’lsak, uni ishlab chiqishdan oldin, loyiha tashabbuskori yoki loyihani ishlab chiquvchi u bo’yicha barcha ma’lumotlarni to’plashi lozim. Ma’lumotlar manbai bo’lib, qarz oluvchining faoliyatiga bevosita taaluqli hujjatlar, shuningdek, turli iqtisodiy adabiyotlar hamda shaxsan o’zining tajribasi xizmat qiladi.
TIA – bu loyihaning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini ko’rishga imkon beruvchi boshlang’ich ma’lumotlar, shuningdek, asosiy texnik va tashkiliy qarorlar, hisob-smeta, baholash va boshqa ko’rsatkichlarni o’zida mujassamlashtiruvchi hisob-analitik hujjatlar to’plamidir. TIAni loyihaning maqsadliligi yuzasidan olib boriladigan texnik-iqtisodiy tadqiqotlar sifatida ifodalash mumkin. - TIA – bu loyihaning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini ko’rishga imkon beruvchi boshlang’ich ma’lumotlar, shuningdek, asosiy texnik va tashkiliy qarorlar, hisob-smeta, baholash va boshqa ko’rsatkichlarni o’zida mujassamlashtiruvchi hisob-analitik hujjatlar to’plamidir. TIAni loyihaning maqsadliligi yuzasidan olib boriladigan texnik-iqtisodiy tadqiqotlar sifatida ifodalash mumkin.
- Yakuniy texnik-iqtisodiy asoslash yoki texnik-iqtisodiy hisoblash (keyingi o’rinlarda TIA (TIH) deb ataladi) - investitsiya loyihasini amalga oshirishning tanlov savdolari asosida va loyihani moliyalashtirish shartlarini hisobga olgan holda aniqlangan yakuniy, eng samarali texnik, tashqiliy va moliyaviy-iqtisodiy echimlarini belgilovchi loyihaoldi hujjati.
Do'stlaringiz bilan baham: |