Loyihalarni texnik-iqtisodiy asoslash (TIA) – bu investitsiya loyihasi bo’yicha uni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi va samara berishga qaratilgan kompleks hisob-tahlil xujjatlar, ya’ni asosiy texnik va tashkiliy qarorlar, smeta-hisob, baholash va boshqa bir qancha ko’rsatkilarni qamrab olgan xujjatlar to’plamidir. - Loyihalarni texnik-iqtisodiy asoslash (TIA) – bu investitsiya loyihasi bo’yicha uni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi va samara berishga qaratilgan kompleks hisob-tahlil xujjatlar, ya’ni asosiy texnik va tashkiliy qarorlar, smeta-hisob, baholash va boshqa bir qancha ko’rsatkilarni qamrab olgan xujjatlar to’plamidir.
Loyihaviy moliyalashtirishning dastlabki bosqichida bajariladigan ishlarni quyidagicha ifodalash mumkin. 1.Loyihani amalga oshirish imkoniyatlari tahlil qilinadi: - -investitsiyalash uchun kerak bo’ladigan mablag’lar hajmi va salohiyatli investorlar;
- -loyihani amalga oshirishning ichki va tashqi shart-sharoitlarini baholash;
- -loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini makro va mikroiqtisodiy darajada tahlil qilish.
2.Loyihani asoslashning tayyorgarlik bosqichi: - -loyihani mavjud muqobillar bilan solishtirgandagi dastlabki asoslash;
- -qo’shimcha funksional tadqiqotlar;
- -loyihani texnik-iqtisodiy asoslash;
- -loyihani amalga oshirishga kelishish va tasdiqlash ishchi hujjatlar:
3.Loyihani baholash va investitsiya qilish to’g’risidagi qaror qabul qilish: - -yakuniy qaror sifatida loyihani ijtimoiy-iqtisodiy baholash;
- -investitsiyalashning salohiyatli manbalarini aniqlash;
- -investitsiyalashning tadbirlarini ishlab chiqish
Texnik-iqtisodiy asosni tuzishda quyidagi tematik qismlar ketma-ketligiga yo'l qo'yiladi: - - dastlabki ma'lumotlar, bozor sektori to'g'risidagi ma'lumotlar,
- - korxonaning mavjud biznesining mavjud imkoniyatlari,
- - xomashyo manbalari, biznesni rivojlantirish uchun moddiy omillar,
- - maqsadga erishish uchun kutilgan kapital xarajatlar,
- - loyihani amalga oshirish jarayonida ekspluatatsiya xarajatlari,
- - ishlab chiqarish rejasi,
- - loyihaning moliyaviy siyosati va moliyaviy komponenti,
- - kelajakdagi loyiha haqida umumiy ma'lumot.
Do'stlaringiz bilan baham: |