Mavzu: investitsiyalar hisobi


Download 1.62 Mb.
bet1/4
Sana02.05.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1422292
  1   2   3   4
Bog'liq
xamzaeva investitsiya xisobi


Buxgalteriya hisobi va Audit fakulteti
Moliyaviy hisob fanidan
MUSTAQIL ISH
GURUH: MBR 85
Bajardi: Xamzaeva Shahzoda
Tekshirdi: Xakimov A

MAVZU: INVESTITSIYALAR HISOBI


REJA:
1. Moliyaviy investitsiyalarning mohiyati


2. Ularni hisobga olishning vazifalari
3.Moliyaviy investitsiyalarni turkumlash va baholash
4.Moliyaviy investitsiyalar harakatini hisobda aks ettirish



Bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan korxona, tashkilot va muassasalarda mavjud mablag’lardan samarali foydalanish, korxona ixtiyoridagi aktivlarning samaradorligini maksimal darajada ko’tarish asosiy vazifa bo’lib hisoblanadi. Chunki mablag’lardan samarali foydalanish korxona aktivlari unumdorligini oshirishda va bu orqali maksimal darajada foyda olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tkazish va tarmoqlar iqtisodini izchil rivojlantirish investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga bevosita bog’liqdir. Bugungi kunda investitsiyalarni bozor iqtisodiyotiga moslashtirish va investitsion faoliyatni boshqarish o’zgacha yondoshishlarni talab etmoqda. Chunki xo’jalik yuritishning zamonaviy yo’lini tanlash investitsion siyosatni ham tubdan o’zgartirishni talab qiladi.

2
Investitsion siyosatni amalga oshirishda bozor munosabatlariga mos dastaklardan foydalanish, ya’ni investitsion jarayon qatnashchilarining huquq va majburiyatlarini belgilab berish; mamlakatda investorlar uchun to’laqonli raqobatni ta’minlash; moliyaviy, moddiy va aqliy boyliklarni boshqarishda batamom erkin harakat qilish va shunga tenglashtirilgan tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi.



Investitsiya inglizcha investment so’zidan olingan bo’lib, sarmoya qo’yish degan ma’noni anglatadi. O’zbekiston Respublikasining «Investitsiya faoliyati to’g’risida»gi Qonunining 2- moddasiga binoan, investitsiyalar - iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar.


Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuniga ko’ra quyidagi turlari mavjud:
Real investitsiyalar;
Moliyaviy invstitsiyalar;
Intellektual investitsiyalar.



Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling