2.Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish sxemalari.
Loyihaviy moliyalashtirishni amalga oshirish o’ziga xos tamoyillarga asoslanadi va ular quyidagilardan iborat:
- investitsion loyihada loyihani amalga oshirishga tayyor ishonchli sheriklarni ishtirok etishi; - loyiha texnik-iqtisodiy asoslanishi va loyiha smeta xujjatlarni yuqori talab darajasida ishlab chiqilishi; - loyihani etarli darajada kapitalizatsiyasi; - loyihaning qurilish-montaj va ekspluatatsiya mezonlarini batafsil o’rganib chiqish (transport, maxsulotni ishlab chiqarish, marketing va boshqalar); - loyiha riskini baholash va uni loyiha ishtirokchilari o’rtasida taqsimlash; - garov yoki boshqa ta’minotning maqsadga muvofiq mavjudligi.
Loyihaviy moliyalashtirishning yuqorida keltirilgan tamoyillari uni amalga oshirishning quyidagi ikki turdagi moliyaviy sxemalarida o’z ta’siriga ega bo’ladi:
1. Parallel moliyalashtirish;
2. Bosqichma - bosqich moliyalashtirish;
Birinchi tur moliyalashtirish amaliyotda “Hamkorlikda (qo’shma) moliyalashtirish” deb ham ataladi, bunda yuqori ahamiyatga ega bo’lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun bir nechta kredit muassasalari qarz mablag’lari ajratadi.
Bosqichma - bosqich moliyalashtirishda esa yuqori nufuzga ega bo’lgan bankning qatnashishi zarurligini talab qiladi. Parallel moliyalashtirishning quyidagi afzalliklari mavjud, ya’ni loyihaviy moliyalashtirishning parallel moliyalashtirish shakli banklarga bir tomondan me’yorlarga amal qilgan holda kredit berish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan kredit risklarini pasaytiradi.
Loyihaviy moliyalashtirishning bosqichlari quyidagicha:
Birinchi bosqich - loyihaning texnik tahlili.
Loyihaviy moliyalashtirishda qarzdorlar tajribali ekspert-injenerlarning (bu ko’p hollarda maxsus savollarda tavsiyalar beruvchi mustaqil maslahatchilar) tavsiyasiga amal qiladi. Bunday ekspertlarning xulosasi texnik hisobot shaklida tavsiya etilishi va quyidagi holatlarni o’zida qamrab olishi mumkin: zarur investitsiya miqdorini; kelgusidagi zarur investitsiyalarni (ko’zda tutilmagan xarajatlarni va favqulotdagi zararlarni qo’shgan holda); loyihaning qaytimi uchun zarur vaqt; zararsizlik nuqtasi; elektr energiya, suv va boshqa xarajatlar qiymati; loyihada ishlash uchun xodimlarni o’qitish imkoniyati; loyiha mahsulotini sotish bozorining mavjudligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |