Mavzu: Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish orqali amalga oshirish Abdusamadov Iqboljon Ibrohimjon o’g’li 3


Ikkinchi bosqich - bu iqtisodiy va moliyaviy tahlil


Download 1.71 Mb.
bet3/3
Sana18.10.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1707392
1   2   3
Bog'liq
INVESTITSIYA..

Ikkinchi bosqich - bu iqtisodiy va moliyaviy tahlil.
Loyihaning iqtisodiy samaradorligini aniqlashning asosi bo’lib sof pul oqimini tahlili hisoblanadi. Sof pul oqimi o’z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi:
loyiha egalarining aktsioner kapitaliga dastlabki investitsiya qo’yilmalarini va kreditorlarning qarz mablag’larini;
olingan foydani;
sarf xarajatlarni.
Loyihalarni moliyalashtirishning uchinchi va to’rtinchi bosqichlarida homiylarni faoliyatini, risklarni va ularni taqsimlanishini tahlil etadi. Bu bosqichda kreditorlar rahbarlarning faoliyatini va ularning imidjini, loyiha ishtirokchilari uchun risklarning to’g’ri taqsimotini o’rganadi.
Sindikatlashmoq, sindikat tuzib birlashmoq ma’nosini bildirib, investitsiyalarni moliyalashtirish tizimida yirik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirishni tashkil etish usullaridan birini anglatadi. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda sindikatlashtirilgan kreditning asosiy xususiyati shunday iboratki, bunda bir necha kreditorlarning mavjudligi, moliyalashtirish uchun berilgan kredit summasi va u bilan bog’liq risklarning ishtiroki kreditorlar (banklar) o’rtasida taqsimlanishidadir.
Investitsiya loyihalarni moliyalashtirishda sindikatlashtirilishi mumkin bo’lgan kreditlar loyihaviy moliyalashtirishga kiradi. Loyihaviy moliyalashtirishda kreditni qaytarishning manbai bo’lib, loyihani amalga oshirish natijasida olingan foyda hisoblanadi.
3) Sindikatli kreditlash va uning yuzaga kelish tarixi. Sindikatli kreditlash xususiyatlari.
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda loyihaviy moliyalashtirishning turli shakl va sxemalari asosida amalaga oshirilgan yirik loyihalarga misol qilib, loyihaviy moliyalashtirishning “sof” namunasi bo’lgan Buyuk Britaniyani Evropa kontengenti bilan bilashtiruvchi “Evrotunnel” loyihasini keltirishimiz mumkin. Mazkur loyiha davlat organlari va xalqaro tashkilotlar ishtirokisiz xususiy sektor investitsiyalari asosida amalga oshirilgan. Loyihani moliyalashtirishning umumiy qiymati 7 mlrd. funt sterlingni tashkil etib, loyihada 15 davlatdan 198 ta bank ishtirok etgan.
Umuman olganda, sinditsiyalashtirilgan kredit deganda bir necha banklar tomonidan yirik investitsiya loyihalarini birgalikda kreditlash. Yirik investitsiya loyihasi - umumiy qiymati tijorat banklarining birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshadigan investitsiya loyihasidir. Bank sindikati - sinditsiyalashtirilgan kredit berish borasida ikki yoki undan ortiq banklar o’rtasida o’zaro kelishuv bo’lib, bunda etakchi bank - sinditsiyalashtirilgan kreditlash tashabbusi bilan chiqqan va zimmasiga ishtirokchi-banklar nomidan kredit hujjatlarini yuritish mas’uliyati yuklatilgan qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisob varag’iga xizmat ko’rsatuvchi bank hisoblanadi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling