Mavzu: Investitsiyaning mohiyati manbalari va shakllari. Mundarija: kirish I bob. Investitsiyalarning maqsadlari va diversifikatsiyalanishi
Download 0.55 Mb.
|
Mavzu Investitsiyaning mohiyati manbalari va shakllari Mundari
bo`yicha taqsimlanishi
Bozor islohotlarini chuqurlashtirish, xususiy sektorni rivojlantirish va iqtisodiyot tarkibini modernizatsiyalashga qaratilgan hukumat siyosati, shuningdek, 2008 yil Investitsiya dasturi, iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar joriy yilning birinchi choragida investitsiyalar hajmining 41 foizga o‘sishini ta’minladi. Asosiy kapitalga investsiyalar hajmi yanvar-mart davomida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,6 punktga ortib, 1622,8 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish jarayoni nodavlat sektorga yo‘naltirilgan investitsiyalar ulushining 18,6 punktga o‘sishiga olib keldi va iqtisodiyotni rivojlantirishga yo‘naltirilgan jami investitsiyalarning 76,5 foizni tashkil qildi (4.1- jadval). Asosiy kapitalga investitsiyalarning mulkchilik shakllari bo‘yicha taqsimlanishi (%). 4.1-jadval.
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotning liberallashuvi investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tarkibining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatdi. Investitsiyalarning umumiy hajmida markazlashgan mablag‘larning ulushi 2017 yil I кварталдаги 34,2 foizdan joriy yilning birinchi choragida 22,6 foizgacha qisqardi. Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirilayotgan mablag‘larning ulushi 8,5 punktga, hukumat kafolati ostida olingan xorijiy kreditlar ulushi esa 0,6 punktga kamayib, hisobot davrida o‘zlashtirilgan investitsiyalar umumiy hajmiga nisbatan mos ravishda 8,9 % va 6,3 %ni tashkil etdi. Joriy yilning birinchi choragi davomida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning Asosiy moliyalashtirish manbasi bo‘lib korxonalarning o‘z mablag‘lari xizmat qildi. Ularning umumiy investitsiyalardagi ulushi 10,8 punktga ortib, 54,3 foizni tashkil etdi Korxonalarning moliyaviy barqarorligi oshishiga iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga, soliq-byudjet siyosatini takomillashtirishga doir qabul qilingan chora-tadbirlar, shuningdek, 2018 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kirgan yangi Soliq Kodeksining joriy etilishi ta’sir etdi. Moliyalashtirish manbalari tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmining ijobiy tendensiyalar bilan o‘sishi yangi qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar natijasida ro‘y berdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2007-2010 yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ularning o‘sishini tezlashtirdi. Joriy yilning birinchi choragida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar kapital qo‘yilmalarning umumiy hajmida 11,4 foizni tashkil etdi va 2007 yilning I чорагига nisbatan 1,4 punktga ortdi.2021- yilning yanvar-martida investitsiyalarning asosiy qismi iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini (sanoat, transport, aloqa) rivojlantirishga yo‘naltirildi, bu ishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirilgan investitsiyalarning 72,6 foizgacha o‘sishiga zamin yaratdi. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 61,0 foizni tashkil etgan edi (4.2-jadval). Mazkur tarmoqlarning rivojlanishi mamlakatning iqtisodiy mustaqilligi va xavfsizligini ta’minlash bilan birga ishlab chiqarish infrastrukturasining shakllanishini tezlashtirishga xizmat qiladi. Asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha taqsimlanishi (% hisobida). 4.2-jadval
Transport va aloqa sohasida asosiy kapitalga investitsiyalar 2,9 punktga ortdi. Ularning jami kapital qo‘yilmalardagi ulushi 30,5 foizga yetdi. Qishloq xo‘jaligining umumiy kapital qo‘yilmalardagi ulushi 0,6 punktga qisqarib, 1,9 foizni tashkil etdi. Raqobatbardosh tovar ishlab chiqarish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar sanoatdagi investitsion talabning ortishiga olib keldi. Yanvar-martda sanoatga jalb etilgan investitsiyalar ulushi 4,7 punktga ortdi va jami kapital qo‘yilmalarning 27,7 foizini tashkil qildi. Investitsiyalarning Asosiy qismi yoqilg‘i-energetika, metallurgiya, mashinasozlik majmuasi, qurilish mollari sanoatiga to‘g‘ri keldi. Yoqilg‘i sanoatiga kiritilgan investitsion resurslarning ulushi Sanoat rivojiga yo‘naltirilgan jami kapital mablag‘larning 59,6 foizini tashkil qildi. Qurilish materiallari sanoatiga yo‘naltirilgan investitsiyalar ulushining 2,4 punktga o‘sishi bilan uning hajmi sanoatga jalb etilgan jami investitsiyalar tarkibida 5,2 foizgacha yetdi (4.3- jadval). Asosiy kapitalga investitsiyalarning sanoat va qurilish tarmoqlari bo‘yicha tarkibi (% hisobida). 4.3-jadval
2021- yilning birinchi choragi davomida “Djeneral motors Uzbekistan” QKda “Neksiya-2” rusumidagi Yangi avtomobil modelini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, 105 ta ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi, shu jumladan, Pamuk konida siquv kompressor stansiyasi, “Tagus tekstil” QK, “Samo Sherteks”, “Bay-pak” XK kabi tekstil korxonalari, un ishlab chiqarish bo‘yicha “Qiziriq Zarafshon un” va shifer ishlab chiqarish bo‘yicha “Quvasoy qurilish” MCHJ kabi yirik ishlab chiqarish quvvatlari o‘z faoliyatini boshladi. Hisobot davrida 10 ta muhim tarmoq va sanoatning yirik korxonalarini modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish davom ettirildi. Birinchi chorak davomida asbob-uskunalar olib kelish va qurilish ishlariga jami 160,85 mln. doll. yoki davr prognozining 203,8 foizi miqdorida moliyalashtirish amalga oshirildi. Joriy yilning birinchi choragi davomida Asosiy kapitalga kiritilgan xorijiy investitsiyalarning iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha taqsimlanishida ham sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Jumladan, xorijiy investitsiyalarning 95,7 foizi ishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirildi. (4.3- jadval). Asosiy kapitalga xorijiy investitsiyalarning iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha taqsimlanishi (%). 4.4-jadval
Xorijiy investitsiyalar tarkibidagi o‘zgarishlar, o‘z navbatida, sanoat tarmoqlariga kiritilgan investitsiyalar tarkibining o‘zgarishiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. YO-qilg‘i sanoatiga yo‘naltirilgan xorijiy investitsilar 76,7 foizgacha, elektroenergetikaga jalb etilgan investitsiyalar 4,8 foizgacha o‘sdi (4.5- jadval). Асосий kapitalga xorijiy investitsiyalarning sanoat va qurilish tarmoqlari bo‘yicha tarkibi (% hisobida). 4.5- jadval.
Metallurgiya sanoatiga kiritilgan xorijiy investitsiyalar ulushi 3,4 punktga, qurilish materiallari sanoatiga jalb qilingan investitsiyalar hissasi 2,0 punktga ortdi. Ularning hajmi birinchi chorak davomida саноат rivojiga qaratilgan xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmida 3,5 foizga va 3,2 foizga ko‘paydi. Xorijiy investitsiya va kreditlarnining katta hajmda o’zlashtirilishini O’zbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlar hisobidan amalga oshirilgan Qarshi-Termiz, Pop-Qo’qon-Andijon temir yo’l liniyalarini elektrlashtirish, 450 MVt quvvatga ega ikkita bug’-gaz qurilmasidan iborat umumiy quvvati 900 MVt bo’lgan yangi issiqlik elektrostansiyasi qurilishi, polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish kompleksining qurilishi, A-373 “Toshkent-O’sh” magistralining “Qamchiq” dovoni orqali o’tadigan 116-190 kmda joylashgan tog’lik hududlarida 58 km uzunlikdagi avtomobil yo’lini rekonstruksiya qilish, yerustu raqamli uzatish tarmog’ini rivojlantirish kabi yirik investitsiya loyihalari bilan bog’lash mumkin. Shuningdek, to’g’ridan-to’g’ri va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan o’zlashtirilgan investitsiyalar hisobidan amalga oshirilgan yirik investitsiya “Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. 2018 йил 7 loyihalariga quyidagilarni keltirish mumkin: Kandim konlar guruhini ishlab chiqarishga tayyorlash va gazni qayta ishlash kompleksi qurilishi (1-bosqich), Hisor va Ustyurt investitsiya bloki hududida uglevodorod konlarida qazib chiqarishni yo’lga qo’yish, Qarshi tumanida tekstil kompleksini tashkil etish (2-bosqich), uyali aloqa tizimini kengaytirish, milliy uyali aloqa operatori tarmog’ini shakllantirish va boshqa investitsiya loyihalari. Iqtisodiyotga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalarning tarmoq tarkibida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha jalb etilishiga e’tibor beradigan bo’lsak, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida iqtisodiyotga yo’naltirilgan xorijiy investitsiyalar tarkibida tog’-kon sanoat ulushi yetakchi o’rinni saqlab turibdi va shu bilan birgalikda pasayish tendensiyasiga ega. 2016 yil tog’-kon sanoatining ulushi jami xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha 31,1 foizini tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2017 yilda 56,8 foizini tashkil etdi. Ammo ishlab chiqarish sanoati esa kapayish tendensiyasiga ega bo’lib, 2016 yilda 27,4 foizni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2017 yilda 14,8 foizni tashkil etdi. Bundan tashqari qishloq xo’jaligini rivojlantirishga qaratilgan hukumatning sa’y-harakatlariga qaramasdan qishloq xo’jaligiga yo’naltirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi tarmoq ehtiyojiga nisbatan past darajada saqlanib turibdi. 2017 yilda asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlarni xorijiy investorlar bo’yicha tarkibi Rossiya Federatsiyasi yetakchilik qilmoqda. Bu mamlakat investitsiyalari ishtirokida tabiiy gaz qazib chiqarishda – 9016,3 mlrd. so’m, axborot va aloqa – 467,4 mlrd. so’m, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarishda – 10,5 mlrd. so’m, metallurgiya sanoatida – 10,4 mlrd. so’m va boshqa ko’plab faoliyat turlari bo’yicha investitsiyalar o’zlashtirildi. Xitoy Xalq Respublikasi investitsiyalari ishtirokida rezina va plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarishda – 458,8 mlrd. so’m, tabiiy gaz chiqarish – 451,5 mlrd so’m, aloqa – 544,0 mlrd. so’m, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish – 149,7 mlrd. so’m va boshqa o’nlab faoliyat turlari bo’yicha o’zlashtirildi. Yaponiya davlati investitsiyalari hisobidan o’zlashtirilgan investitsiyalar loyihalari quyidagilardan iborat: quruqlikdagi va quvur transportida – 445,3 mlrd. so’m, elektr, gaz, va bug’ bilan ta’minlash, havoni konditsiyalashda – 387,9 mlrd. so’m, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishda – 209,5 mlrd. so’m hamda aloqa faoliyat turida – 90,0 mlrd. so’m. Uzoq yillar mobaynida Markaziy Osiyo mamlakatlari bo’yicha olingan natijalarga qaraganda, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy o’sishga hissa qo’shishi va bu mezbon mamlakatning avtoritar rejim sifatida tavsiflangan O’zbekistonga qaramasdan, demokratik rejimga ega bo’lishi muhimdir. Markaziy Osiyoning ko’pgina mamlakatlari qishloq xo’jaligi va ishlab chiqarish sohasida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni o’zlashtirishdi, O’zbekiston esa tog’-kon, qishloq xo’jaligi, energetika, xizmat ko’rsatish, to’qimachilik va sayyohlik sohalarida ko’plab to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni o’zlashtirdi. Shunga qaramay, har ikki holatda ham tabiiy resurslar ko’pligi sababli mamlakatlar to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdi. Nihoyat, Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun qonun ustuvorligini ta’minlash muhimdir, biroq O’zbekistonga nisbatan amalga oshirilgan huquqiy islohotlar ko’proq xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yetarli emas edi, biroq O’zbekiston hukumati mintaqaning boshqa mamlakatlariga nisbatan muvaffaqiyatli atrof-muhit siyosatini qo’lladi. XULOSA Real investitsiyalar milliy iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular ichki jamg’armalar darajasidan ko’proq miqdorda kapital jamg’arish, to’lov balansini qo’llab-quvvatlash va import qilish imkoniyatini kengaytirish orqali iqtisodiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar alohida korxonalarning faoliyati, ishlab chiqarish va kapital samaradorligini oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va menejment tizimini takomillashtirishda muhim o’rin tutadi. Ushbu jarayonlar mahsulot va xizmatlar etkazib beruvchilar, buyurtmachilar, raqobatchilarga bilvosita ta’sir ko’rsatish orqali ichki bozorni rivojlantirish, ishchilarning malakasi va amaliy tajribasini oshirishda yordam beradi. To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalashda investorlarning bevosita o’zlari investitsiya qo’yilmalarini u yoki bu investitsiya ob’ektlariga kiritadilar. Bu faoliyatni investitsiyalanayotgan ob’ekt haqida chuqur ma’lumotga ega bo’lgan va investitsiyalash mexanizmlarini bilgan ixtisoslashgan investorlar amalga oshiradilar. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiya-larning ahamiyati yuqorligi ularni keng ko’lamda jalb etishga, ayniqsa, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarga bo’lgan talabni oshiradi. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdan maqsad shartnoma ishtirokchilarini patentlar, savdo markazlariga ega bo’lishga, boshqarish tajribasini egallashga, sotish bozorlarini o’rganishga, tashkiliy bilimlarni egallash va boshqalarni o’zlashtirishga qaratiladi. Bunda eng muhimi jahon bozoriga o’z mahsulotlarini olib chiqish va ushbu bozor ishtirokchisi bo’lishdir. Tadqiqotlar ko’rsatishicha, milliy iqtisodiyotning to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish holati ichki bozor hamda eksportning hajmi, tabiiy va mineral resurslar, malakali ishchi kuchi mavjudligi, bozor islohotlarini amalga oshirish sur’atlari, iqtisodiy barqarorlik omillari bilan bog’likdir. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar xorij kapitalining uzoq muddatga joylashtirilishini, investor tashkil qilayotgan firma aktsiyalari yoki aktsiyadorlik kapitaliga to’la ega bo’lishi yoki kamida 10 foizi xo’jalik faoliyatining ta’sirchan nazorat qilinishini ta’minlashini anglatadi. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar: investorga investitsiya kiritilayotgan ob’ekt ustidan nazorat qilish huquqini beruvchi ishlab chiqarishga sarflangan uzoq muddatli xorijiy qo’yilmalarni; pirovard maqsadi foyda ko’rinishida daromad olishga qaratilgan tadbirkorlik kapitalining ustuvor shaklini; xususiy kapitalga asoslangan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni; xorijiy investorning investitsiya kiritilayotgan ob’ekt ustidan to’liq egalik qilishini; xorijiy investor tomonidan investitsiya kiritilayotgan ob’ekt ustav kapitalining 10 %dan kam bo’lmagan qismi ustidan nazorat o’rnatishini; xorijiy investorning investitsiya kiritayotgan ob’ektlarni boshqarishda samarali qatnashishini; mustahkam iqtisodiy munosabatlarni o’rnatish hamda korxona ustidan nazorat xuquqini qo’lga kiritish maqsadida kapital va resurslarning transchegaraviy harakatini qamrab oladi va namoyon etadi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling