Mavzu: ios buyruqlar satri interfeysi yordamida marshrutizatorlarning asosiy parametrlarini sozlash


Download 445.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana05.01.2022
Hajmi445.68 Kb.
#203814
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-amaliy mashgulot

Asosiy konfiguratsiya  

Boshlang‘ich konfiguratsiya fayli NVRAM qurilmalarida saqlanadi. Mazkur 

fayl operativ xotiraga yuklanadi va qurilma ishga tushishi bilan ishlay boshlaydi.  

Boshlang‘ich konfiguratsiya faylining tarkibini ko‘rish uchun quyidagi buyruqdan 

foydalaniladi:  

Router# show startup-config  

Joriy konfiguratsiya – bu qurilmaning OXQ (operatsion xotira qurilmasi) da 

joylashgan  buyruqlar  to‘plamidir.  Qurilma  ishga  tushganida  joriy  konfiguratsiya 

saqlangani  bilan  mos  tushadi.  Joriy  konfiguratsiyani  ko‘rish  uchun  quyidagi 

buyruqdan foydalaniladi:  

Router# show running-config  

Yodda  tuting,  CLI  yordamida  konfiguratsiya  o‘zgarganida  ma’lumotlarni 

boshlang‘ich konfiguratsiya fayliga nusxa olish kerak bo‘ladi. Aks holda qurilma 

ishga  tushgandan  so‘ng  ular  yo‘qotiladi.  Joriy  konfiguratsiyani  boshlang‘ich 

konfiguratsiya fayliga nusxa ko‘chirish uchun quyidagi buyruqdan foydalaniladi:  

Router# copy run start  

IOS  qurilmasining  boshlang‘ich  konfiguratsiyasi  qurilmaning  turli 

funktsiyalariga kirishni nazorat qiluvchi nom va parolni sozlashni ko‘zda tutadi.  



 

 



 

 

 



Konfiguratsiyaning  birinchi  vazifalardan  biri  –  qurilmaga  yagona  nom 

berishdan iboratdir. Buning uchun quyidagi buyruq yordamida global konfiguratsiya 

rejimiga kirish kerak bo‘ladi:  

Router(config)# hostname [name]   

KIRISH  tugmasini  bosgandan so‘ng  buyruq satrida  tanlangan Router nomi 

tugunning yangi nomiga o‘zgaradi.  

Keyingi  qadam  –  begonalar  qurilmaga  kirmasligi  uchun  parolni  sozlash. 

enable  password  va  enable  secret  buyruqlari  imtiyozli  rejimga  kirishni  cheklaydi, 

hamda  begonalarga  marshrutizator  sozlanishlariga  o‘zgartirishlar  kiritishni  man 

qiladi. Parol quyidagi buyruqlar yordamida o‘rnatiladi:  

Router(config)# enable password [parol] Router(config)# 

enable secret [parol]  

enable password va enable secret buyruqlari o‘rtasidagi farq shundan iborat- 

ki, enable password buyrug‘i shifrlangan bo‘ladi. Agar enable password buyrug‘idan 

so‘ng enable secret buyrug‘i kiritilsa, oxirgi kiritilgan buyruq ustunlikga ega bo‘ladi.  



  

Qurilmaga ulanish va konfiguratsiyani sozlashning bir nechta usuli mavjud. 

Ulardan  biri  –  kompyuterni  qurilmaning  konsol  portiga  ulanishidir.  Bu  usulda 

ko’pincha boshlang‘ich sozlashda foydalaniladi.  

Konsolga kirish parolini kiritish uchun avval global konfiguratsiya rejimiga 

o‘tib oling. So‘ng quyidagi buyruqni kiriting:  



Router(config)# line console 0  


 

 



 

 

 



Router(config-line)# password [parol]  

Router(config-line)# login  

Bu  begonalarga  konsol  portidan  foydalanuvchi  rejimiga  kiririshga  xalaqit 

beradi.  

K podklyuchennomu k seti ustroystvu mojno poluchit dostup cherez setevoye 

soyedineniye.  Bunday  usul  virtual  terminal  orqali  ulanish  deyiladi.  Virtual  port 

uchun parolni sozlash kerak bo‘ladi.  



Router(config)# line vty 0 4  

Router(config-line)# password [parol]  

Router(config-line)# login  

Parolning  to‘g‘riligini  show  running-config  buyrug‘i  yordamida  tekshiring. 

Parollar  shifrlanmagan  matn  shaklida  joriy  konfiguratsiya  faylida  saqlanadi. 

marshrutizator  xotirasida  saqlanayotgan  barcha  parollarning  shifrlanishini  yoqish 

mumkin.  Bunda  begonalarga  ularni  ochish  qiyin  bo‘ladi.  Service  password 

encryption buyrug‘i parollarni shifrlashni yoqadi.   




Download 445.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling