Mavzu: ip adreslar. Sinfli adreslar. Maskalar yordamida adreslash ip adreslardan tejamkor foydalanish. Reja


Download 0.91 Mb.
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1468522
  1   2   3
Bog'liq
Kampyuter tarmoqlari



Mavzu: IP adreslar. Sinfli adreslar. Maskalar yordamida adreslash. IP adreslardan tejamkor foydalanish.
Reja:

  1. Kirish

  2. IP adreslar. Sinfli adreslar

  3. Maskalar yordamida adreslash

  4. IP adreslardan tejamkor foydalanish

  5. Xulosa

  6. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


KIRISH
Hozirgi zamon jamiyat xayotini informatsion texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin. Kompyuterlar nafaqat bank tizimida, atom reaktorini nazorat etishda, quvvatni taqsimlashda, samolyot va kosmik kemalarni boshqarishda emas, balki maktab o‘quvchilarida, kolledj, akademik litsey va O‘zbekistonimizdagi Oliy o‘quv yurtlaridagi talabalarda bemalol ishlatilmoqda. Hozirda kompyuter sistemalari va telekommunikatsiyalar mamlakat mudofaa sistemasining ishonchliligini va havfsizligini aniqlaydi, har hil ma’lumotlarni saqlash, ishlash, iste’molchiga yetkazish yo‘li bilan axborot texnologiyalarni amalga oshiradi.
Kompyuter tizimi va tarmoqlarida axborotlar almashinuvi darajasi oshib borayotganligi, ma’lumotlarni hilma hilligi, ularni telekommunikatsiya tarmoqlari orqali uzatilayotgan tezligi juda yuqori ekanligi, qabul qilayotgan foydalanuvchilarga o‘z vaqtida, aniq va to‘liq Etkazib berish jarayonida tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish vazifasi asosiy masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Ushbu mustaqil ishmda, IP adreslar haqida ma’lumot ya’ni IP-manzil ma’lumotlar ishlashi, IP-manzil toppish, IP-manzil kuzatish cheklovlari, sinf adresslari va boshqa haqida yoritilgan.

IP adreslar. Sinfli adreslar



Internet protokoli (IP) manzili — bu internetda kompyuter yoki telefon kabi qurilmalarni ifodalab, xuddi telefon raqamga o‘xshaydi. Agar telefoningiz IP-manzili bilsangiz, uning qayerda ekanligini aniqlashingiz mumkin. Ammo internet provayderidan olinadigan ma’lumotsiz aniq bir geografik joylashuvni IP-manzil orqali aniqlash imkonsiz.
IP-manzil ma’lumoti ishlashi. Kompyuterlar internet orqali bir-biri bilan bog‘langanda, ular raqamli kodlardan foydalangan holda raqamli xabarlarni jo‘natish va qabul qilish ammalarini bajaradi. Hozirda foydalanilayotgan IP-manzillarning eng ko‘p uchraydigan turlari, odatda, nuqtalar bilan ajratilgan to‘rtta raqam orqali ifodalanadi, masalan, 127.0.0.1 kabi. Bu maxsus IP-manzil bo‘lib, undan qurilmalarni test qilish va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
Internet provayderlardagi kompyuterlar va boshqa qurilmalar, masalan, uy, ofis routerlari kabi qurilmalar IP-manzilga ko‘ra xabarlar almashadi.
Odatda, IP-manzilni internet servis provayderi (ISP) taqdim etadi. ISP tarmoqdagi mobil qurilmalarni tarmoqqa ulovchi tashkilot hisoblanadi.
O‘xshash IP-adreslarni klasterlash axborot almashuvini soddalashtiradi, shuning uchun, tarmoqqa ulangan qurilma IP-manzilidan o‘sha qurilma qayerda joylashganini taxminan aniqlash mumkin bo‘ladi. Kompaniya tarmog‘ida IP-adres ma’lumoti bilan ma’lum bir kompyuter ofisning qayerida joylashganini bilib olishingiz mumkin. Xuddi shunday, internet provayder tarmog‘ida, bu ma’lumot kompyuterning geografik joylashuvini aniqlab bera oladi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling